Bilim sohasi
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
1-bosqich namunaviy Oquv dasturi UMUMIY 2022 yil sirtqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. Hisob-grafik ishlarini tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar
III-semestr
Amaliy mashgʻulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi (6 soat) 1. Ikki va uch oʻlchovli integralni hisoblash, geometrik va mexanik ma‟nosi. Birinchi tur egri chiziqli integralni hisoblashga doir mashqlar. Egri chiziqli integral yordamida yuzani hisoblash. Ikkinchi tur egri chiziqli integralni hisoblashga doir mashqlar. Grin formulasi. Egri chiziqli integralni tadbiqiga doir mashqlar. (2 soat) 8 2. Kompleks oʻzgaruvchili funksiyalar. Kompleks oʻzgaruvchili funksiyaning limiti, uzluksizligi. Kompleks oʻzgaruvchili funksiyaning hosilasi. Analitik funksiyalar. Garmonik funksiyalar. Kompleks oʻzgaruvchili funksiyaning integrali. Yopiq kontur boʻyicha olingan integral. Koshining integral formulasi. Yuqori tartibli hosila (2 soat). 3. Ehtimollar nazariyasining predmeti. Asosiy tushunchalar. Ehtimolning klassik ta‟rifi. Nisbiy chastota. Ehtimolning geometrik ta‟rifi. Ehtimollarni qoʻshish. Hodisalarning toʻla guruhi. Ehtimollarni koʻpaytirish. Diskret tasodifiy miqdorlarning sonli xarakteristikalari: matematik kutilma, dispertsiya va oʻrta kvadratik chetlanish.Uzluksiz tasodifiy miqdor. Zichlik funksiyasi. Uzluksiz tasodifiy miqdorning taqsimot funksiyasi.Matematika statistika elementlari (2 soat) Amaliy mashgʻulotlarda talabalar “Oliy matematika” fanidan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlaydilar. Amaliy mashgʻulotlarda yechiladigan misol va masalalar quyidagi prinsiplarga asosan tanlanadi: tipik misol va masalalarni yechishga hamda matematik apparatlarni ta‟lim yoʻnalishiga oid masalalarni bajarishga tadbiq eta olish malakalarini hosil qildiruvchi, fanning mohiyatini anglatuvchi va mavzular orasidagi bogʻliqlikni ifodalovchi ma‟lum miqdordagi misol va masalalar tanlanadi. IV. Hisob-grafik ishlarini tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar Hisob-grafik ishlarini bajarish talabada oliy matematika fanini mustaqil oʻrganish va tadbiq etish malakalarini shakllantiradi va shuningdek unda matematika va boshqa fanlarning oʻquv adabiyotlaridan foydalanish koʻnikmalarini yaratadi. Hisob-grafik ishlarni bajarish jarayonida matematikaning muhim jihatlari va uning texnikadagi oʻrnining dolzarbligini tushunib borishini ta‟minlaydi. Hisob-grafik ishlarida tasdiqlangan variantlar asosida talabaga semestr davomida oʻtilgan mavzular boʻyicha misol va masalalar toʻplami beriladi. Har bir hisob-grafik ish barcha mavzular boʻyicha matematikaning tadbiqiy jihatlarini ochib berishi kerak. Har bir semestr davomida talabalar 2 ta hisob-grafik ishlari bajaradilar. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling