Bilim soxasi: Ta`lim soxasi
Kafedra mudiri: ___________ Nurkeldiyeva D.A
Download 2.69 Mb.
|
8398 мутахассисликка кириш
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1.O’quv fanining maqsadi va vazifalari Fanni o’qitishdan maqsad
Kafedra mudiri: ___________ Nurkeldiyeva D.A.
Fanning ishchi o‘quv dasturi “Defektologiya” fakultet kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2013 yil 27 iyundagi 10-sonli bayonnoma). Fakultet kengashi raisi: __________ Nurmuxamedova L.SH. Ishchi o‘quv fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining kengashida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan. 2013- yil «___» _____________ dagi ___ - sonli majlis bayoni. Kirish Ushbu dastur ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalarning ta`lim-tarbiya jarayoni nazariyasi va amaliyoti, rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalarning xususiyatlari, ularni rivojlantirish, korrektsiya vositalarini yaratish, qo’llash, o’rganish masalalarini qamrab oladi. 1.1.O’quv fanining maqsadi va vazifalari Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar uchun korrektsion ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari hamda usullari boyicha bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdir. Fanning vazifasi – talabalarga mutaxassislik boyicha asosiy tushunchalar berishdan iborat. 1.2. Fanni o’zlashtirishga qoyiladigan talablar “Mutaxassislikka kirish” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: - rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalarni rivojlantirish va korrektsiyalash jarayonida maxsus ta`lim-tarbiyaning roli; rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar uchun maxsus muassasalar tizimi, korrektsion-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish, taxlil etish va baholash, rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar kamchiliklarini to’gri ta`riflab berish, ularga psixologik-pedagogik tavsif berish usullarini bilishi kerak; - talaba rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar maxsus korrektsion ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari va usullarini ilmiy asoslagan holda to’g’ri tanlay olish, rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar nuqsonlarini tasniflash, maxsus adabiyotlarni taxlil etish, bolalarni o’qitish va tarbiyalash uchun didaktik materiallarni tanlash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak; - talaba korrektsion pedagogik jarayonni nazariy-amaliy taxlil etish, ta`limni tashkil etish shakllari, usullarini amalda samarali qo’llash, ota-onalar bilan ishlash, rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar ta`lim-tarbiya nazariyasini amalda qo’llash malakalariga ega bo’lishi kerak Download 2.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling