Bilim soxasi: Ta`lim soxasi


Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni


Download 1.47 Mb.
bet9/77
Sana25.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1720410
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   77
Bog'liq
8398 мутахассисликка кириш

Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni

Oliy o’quv yurti, turli sohalar bo’yicha ijodiy fikrlashga qodir, mustaqil ishlay oladigan, yuqori tabaqali mutaxassislarni tayyorlashni o’z oldiga maksad qilib qo’ydi. Bunda bir muncha ilg’or usul va ta'lim vositalarini ishlab chiqish va tadbiq qilish asosiy o’rinni egallaydi.


Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligining keyingi bir qator hujjatlarida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish masalasiga alohida ahamiyat berilmoqda.
Defektologiya asoslari kursi boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tayyorlash tizimida muhim o’rinni egallaydi.
Talabalarning mustaqil ishini tashkil etish defektologiya asoslari fanini yaxshi, muvaffaqiyatli o’zlashtirishlarida muhim hisoblanadiki, bunda ta'lim jarayonida olib boriladigan mustaqil ishning turli ko’rinishlari (konspekt olish, referat yozish, ilmiy-metodik adabiyotlar tahlili, ma'ruzalar tayyorlash, mavzu yuzasidan internet ma'lumotlarini to’plash) talabalarning ilmiy ma'lumotlarni tahlil qilishni, umumlashtirish, xulosalar chiqarishni nazarda tutadi.
Talabalarning olib borayotgan mustaqil ishlarini turli usullar: mavzuli ro’yxatlar, konspektlar, maxsus adabiyot analizlari, og’zaki bayon etishlarini tekshirish orqali nazorat qilish mumkin.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari:

  1. Alohida yordamga muhtoj bolalar ta'lim-tarbiyasining huquqiy asoslari.

  2. O’zbekiston Respublikasining ta'lim hamma uchun milliy dasturi.

  3. Defektologiya fanining mustaqil fan sifatidagi ahamiyati.

  4. Maxsus muassasalarda ta'lim-tarbiya jarayonining o’ziga xosligi.

  5. Bolaning jismoniy yoki ruhiy rivojlanishidagi nuqsonlarni to’liq bartaraf etish, korrektsiya, kompensatsiya ishlari.

  6. Alohida yordamga muxtoj bolalar integratsiyasi.

  7. Maxsus pedagogika fanida differentsial va integratsiyalashgan ta'lim.

  8. Bolaning jismoniy yoki ruhiy rivojlanishidagi nuqsonlarning kelib chiqish sabablari.

  9. Zaif ko’ruvchi bolalar maktab-internatida ta'lim-tarbiya jarayoni.

  10. Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun tashkil etilgan muassasalarda ta'lim-tarbiya jarayoni, uning o’ziga xosligi.

  11. Harakat-tayanch a'zolari jarohatlangan bolalar uchun tashkil etilgan muassasalar va ulardagi ishlarning olib borilishi.

  12. Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun tashkil etilgan muassasalarda ta'lim-tarbiya jarayoni.

  13. Aqlida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun tashkil etilgan muassasalarda ta'lim- tarbiya jarayoni.

  14. Psixik rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun tashkil etilgan muassasalarda ta'lim-tarbiya jarayonining o’ziga xosligi.

  15. Tibbiy-pedagogik komissiya faoliyati. Alohida yordamga muxtoj bolalar diagnostikasi, tashxisi.

  16. O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazi faoliyati.


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling