Bilim soxasi: Ta`lim soxasi


Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar


Download 1.47 Mb.
bet6/77
Sana25.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1720410
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
8398 мутахассисликка кириш

Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar
«Defektologiya asoslari» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:

  • ulgurmaslikning ayrim sabablari, uni oldini olish yo’llari, boshlang’ich maktab sharoitida jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar bilan korrektsion, kompensator ishlarni amalga oshirish, tibbiy-pedagogik komissiyalarning faoliyati;

  • zaruriyat holatlarida bolani tegishli maxsus muassasaga yuborish yoki integratsiyalashgan ta'limga jalb etish yo’l-yo’riqlari, ta'limiy-tarbiyaviy, rivojlantiruvchi-korrektsion ishlarni tashkil etish shakllari, usullarini bilishi kerak;

  • umuta'lim maktablari sharoitida, inklyuziv sinflarda alohida yordamga muhtoj bolalarga ta'lim berish, ularning o’ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olgan holda yondoshish, rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar nuqsonlarini tasniflash, didaktik materiallarni tanlash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;

  • ta'limni tashkil etish shakllari, usullarini amalda samarali qo’llash, ota-onalar bilan ishlash, rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar ta'lim-tarbiyasini amalga oshirishda defektolog mutaxassislar, resurs pedagoglar bilan hamkorlik qilish malakalariga ega bo’lishi kerak.



Fanning ta'limdagi o’rni
Talabalar nazariyada olgan bilim, malaka va ko’nikmalarini amaliyotda takomillashtiradilar. Nazariy bilimlarini ilk bor hayotga tadbiq etish ko’nikmalari hosil qilinadi. Shuning uchun ushbu fan integratsiyalashgan ta'limni joriy etuvchi kadrlarni tayyorlash jarayonida muhim ahamiyatga egadir.


Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarni defektologiya asoslari fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish muhim ahamiyatga egadir. Ma'ruza hamda amaliy mashg’ulotlarga mos ravishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan qo’llaniladi. Mazkur fanni o’qitish jarayonida zamonaviy metodlar, pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarini qo’llanilishi nazarda tutilgan:

  • defektologiya asoslari fani bo’yicha ma'ruzalar darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektoron texnologiyalar;

  • rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari, usullari, tamoyillari bo’yicha mavzularda o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotlarda «Aqliy hujum», «BBB» abi pedagogik texnologiyalardan;

  • rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar maxsus korrektsion mashg’ulotlar tashkil etish usullarini aniqlash, tahlil etish bo’yicha amaliy mashg’ulotlarda kichik guruh munosabatlari, «PMK», «FSMU», «Yelkan», «3 bosqichli intervyu», «Gamburger» texnologiyalarini qo’llash nazarda tutiladi.


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling