Bilimga chankok, isteʼdodli yoshlarni topib, ularni vatanga fidoyi insonlar kilib tarbiyalash mukaddas vazifadir


Download 0.91 Mb.
bet2/13
Sana08.05.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1445681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Qaxramonaka OMU 18 06

Tadqiqot maqsadi. Past navli Markaziy Qizilqum fosforitlari asosida keng assortimentga ega bo’lgan azot-fosfor-gumusli kompleks o’g’itlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat..
Tadqiqot vazifalari. Belgilangan maqsadga muvofiq quyidagi vazifalar hal qilindi:
- organomineral o'g'itlar ishlab chiqarish bo'yicha adabiyotlarni tahlil qilish;
- Angren qo’ngir ko'mirining azot kislotasi bilan oksidlanish jarayonini turli xil parametrlarga qarab o'rganish. Gumin kislotalarining maksimal hosilini olish uchun jarayonni o'tkazish uchun maqbul shartlarni topish.
- oksidlangan Angren ko'mir vapast navli Markaziy Qizilqumning fosforitlari bilan o'zaro ta'sirini o'rganish;


1. АDАBIYOTLАR TАHLILI


1.1. Markaziy Qizilqum fosforitlarining xarakteristikasi, ularni boyitish va qayta ishlash usullari.

Markaziy Qizilqum fosforitlari Oʼzbekiston respublikasida fosfatli mineral oʼgʼitlar ishlab chiqaruvchi zavodlar uchun asosiy xom ashyo boʼlib qoldi. Shuning uchun biz bu xom ashyoni tafsifnomasini berishga va xom ashyoni boyitish hamda qayta ishlash ishlarini tadqiq qilishni xoxladik.


Fosforli xom ashyolar Oʼzbekiston respublikasining koʼpkina rayonlarida uchraydi. Fargʼonada, Surxondaryoda, Toshkent oldi hududlarida, Navoiiy, Markaziy Qizilqum, Buxoro-Xiva va Qaraqalpagʼiston respublikalarida uchraydi. Sanoat uchun eng ahamiyatlisi Markaziy Qizilqum regionidir. Birinchi marta fosforitlarni M.E.Egamberdiev tomonidan 1953-1955 yillarda Markaziy Qizilqumda topilgan. 1974 yilda geologiya qidiruv va ilmiy tadqiqot ishlari yoʼlga qoʼyildi. Buning natijasida Markaziy Qizilqum rayonida donador fosforitlar keng tarqalganligi aniqlandi. Parametrlari oʼrganildi, rudalar tarkibi va texnologik xossalari oʼrganildi. Аyrim konlarga gelogo-iqtisodiy baho berildi. Hozirgi vaqtda Markaziy Qizilqum rayonida koʼpkina fosforitlarning hosil boʼlish joylari va toʼrtda donador fosforit koni topildi. Bularga Jetimtogʼ, Jer-Sardor (Djeroy –Sardarara), Toshkura va Qoraqat konlaridir. Bu konlarda shu rayonlardagi barcha fosforit zaxiralarining (P2O5) 50% ni oʼz ichiga oladi.
Markaziy Qizilqum donador fosforitlari koʼproq gʼovakli, loysimon ohakli polimineral turlarda uchraydi. Kimyoviy va fizik-kimyoviy tahlil natijalari Markaziy Qizilqum fosfat xom ashyosi asosan ftorkarbonoapatit va kaltsit minerallaridan tashkil topganligini koʼrsatdi.
Petrografik maʼlumotda Sardor koni fosforitlari donador orgonogen-oolit qoldiqlaridan tuzilganligini koʼrsatdi. Ruda fosfatlashgan donador va organik qoldiqlar hisoblangan oolitli fosfatlar (70% ga yaqin), oz miqdorda loysimon qoʼshimchalari boʼlgan sementatsiyalangan karbonatlar yigʼindisidir. Mineralogik tadqiqot natijalari donador fosforit rudalari tarkibi bir-biriga oʼxshashligini koʼrsatdi. Jinsdagi fosfat minerallari 10% dan 90% oʼzgarib turadi. Qolgan qismi esa kaltsit, montiorillonit, gidroslyuda, poligorskit, gidrogetit, kvarts, gips, glaukonit, dala shpatlari va gadit minerallaridan iborat.
Markaziy Qizilqum fosforit hovuzi 65 ming km2 maydonni egallaydi. Sanoat uchun yaroqli boʼlgani 5% ni tashkil qiladi. Olingan maʼlumotlarga koʼra 2,5 m qalinlikdagi fosforit qatlamning oʼrtacha zaxirasi 16,25 mlrd.t. yoki oʼrtacha tarkibida 12% P2O5 boʼlganda, P2O5 ga nisbatan zaxirasi 1,95 mlrd.t. tashkil qiladi. Olib borilgan geologiya qidiruv ishlari natijasida Qizilqumning 3000 km2 maydonida mergelli donador fosforli rudalar aniqlandi va oʼrganildi. 300 m gacha boʼlgan chuqurlikdagi fosforit xom ashyosining miqdori hisob kitob qilinganda 10 mlrd.t. ni tashkil etishi hisoblab topildi. P2O5 ga nisbatan hisoblaganda 2 mlrd t. ni tashkil etadi. Ochiq usulda qazib olinishi mumkin boʼlgan chuqurlikda (60 m) 1000-1200 mln.t. ruda, P2O5 ga nisbatan esa 200-240 mln t. fosforit zaxirasi mavjudligi aniqlandi.
Eng koʼp oʼrganilgan Jer-Sardora konida fosforitli xom ashyoning zaxirasi 2,9-3,0 mlrd tonna (550 mln t. P2O5) ga teng. Bu konning xom ashyosi Oʼzbekiston respublikasi xom ashyolarini qidirish qoʼmitasining xabarlariga koʼra 223,9 mln t. ni tashkil qiladi. Oʼrtacha miqdor P2O5 ga nisbatan 19,42% ni tashkil qiladi yoki 43,5 mln t. P2O5. Bu xom ashyo miqdori respublikamizning qishloq xoʼjaligi uchun kerak boʼladigan mineral oʼgʼitlar ishlab chiqarish uchun 62 yilga yetadi. Xuddi shu kon asosida Markaziy Qizilqum kombinati qurilgan.
Toshkura konida ikkita donador fosfor qatlami topilgan boʼlib, 0,3-1,2 m da miqdori 13-24 % P2O5. Kondagi fosforit xom ashyosining miqdori 1100 mln t. (200-250 mln t. P2O5) zaxiraga ega.
Qoraqat konida P2O5 ning miqdori 600-650 mln t. (3000-3500 mln t. ruda) ni tashkil qilish kutilmoqda. Shundan 55-60 mln t. P2O5 (320 mln t. ruda) si 60 m gacha yauqurlikda.
Fosforitning boshqa xom ashyolardan asosiy farqi ular tarkibida uch xil shaklda karbonat minerallari boʼlishidir. Ular fosforit tarkibida “endo” va “ekzokaltsit” shaklda boʼladi. Endokaltsit-chigʼanoqli fosfatlar ichida fosforit zarralari bilan bogʼlanishidan saqlanib qolgan dastlabki kaltsit qoldigʼidir. Ekzokaltsit esa kaltsitning ikkinchi shakli boʼlib, fosforitlarning sirtida sust bogʼlangan. Uchinchi shaklda karbonat ionlari fosfat donalarining tuzilish xalqalarida izomorfik holatda bogʼlanib joylashgan. Qizilqum fosforitlari yuqori karbonatli hisoblanib, baʼzi namunalarda karbonat angidridning miqdori 27% gacha boradi. Fosforitlarda frankolit miqdori 20-25% dan 84-87% gacha, kaltsit esa 5-8% dan 62-65% gacha oraliqda oʼzgaradi va ular maʼdanning 75-80% dan 93-95% gachasini tashkil etadi.
Jer-Sardara ruda konlarining oʼrtacha mineral tarkibi quydagicha: franklit-56,0%; kaltsit 26,5%; kvarts -7,5-8,0%; gidroslyudali minerallar va dala shpati 4,0-4,5%; gips-3,5%; getit-1,0%; seolit-1% dan kam; organik birikmalar -0,5%.
Petrografik maʼlumotlarning koʼrsatishicha fosforit xom ashyolari turli biogen fosfat saqlovchi peschannikov, gravelito-peschanikov, peschannikov loyli karbonatli sementit va fosfatli detrit saqlovchi tuproqlar (30-70%) baliq suyagi detriti (5-10%) va loyli karbonatli sementit (20-50%). Jer Sardara konida olingan namunalarning oʼrtacha tarkibi quydagicha: 16,2% P2O5; 46,2% SaO; SaO:P2O5=2,85; 17,7% SO2; 0,6% MgO; 2,9% (Fe2O3+Al2O3); 1,5% (K2O+Na2O); 2,65% SO3; 1,94 F; 0,1 Cl2; 7,8 erimas qismi. Bu fosforitga kambagʼal xom ashyodir.
Buni solishtirish uchun dunyoda eng sifatli Xibin fosforli xom ashyosini misol keltiramiz. Tarkibi 39,4% P2O5; 52,0 % SaO; SaO:P2O5=1,32; 3,0 (Fe2O5+Al2O5); 0,3%MgO; 0,9%(K2O+Na2O); 3,0% F2; CO2- 1,5% SiO2 ; xlor yoʼq, erimas qismi 2,0%.
Hozirgi vaqtda faqat shu xom ashyo asosida har qanday fosfatli mineral oʼgʼitlarni yuqori iqtisodiy koʼrsatgich bilan olish mumkin. Fosfori koʼp boʼlgan xom ashyodan kam fosforli xom ashyoga oʼtganda fosforli mineral oʼgʼitlar ishlab chiqarish zavodlarining iqtisodiy va texnologik koʼrsatgichi keskin kamayadi. Masalan: Tarkibida 24% P2O5 saqlovchi Qoratau fosforiti asosida 1 t. P2O5 EFK olishda Xibin apatiti kontsentratiga qaraganda ikki marta koʼp mablagʼ sarflanadi.
Tarkibida fosforning miqdori kamligi, kaltsiy moduli (2,85) va karbonat miqdori (17,7% SO2) ning yuqoriligi Markaziy Qizilqum fosforitlarini sulfat kislotali parchalash orqali ammofos olish texnologiyasi uchun amalda yaroqsiz hisoblanadi. Sulfat kislotali ekstraktsiyalash jarayoniga yaroqli boʼlishi uchun xom ashyo quyidagi talablarga javob berishi kerak. P2O5 ning miqdori 24,5% dan kam emas, SO2 ning miqdori 8% dan oshmasligi kerak, (P2O5:P2O5)∙100=12 dan oshmasligi kerak, (MgO:P2O5)∙100=7-8% dan oshmasligi kerak. Shuning uchun hozirgi vaqtda Markaziy Qizilqum fosforitidan Qoʼqond superfosfat zavodida ammoniylashtirilgan superfosfat olish uchun yuborilar edi. Zavodning unumdorligi keskin kamaydi. Mahsulot tarkibidagi P2O5 ning miqdori 11% gacha kamayadi. Sulfat kislota sarfi kapaydi. Xom ashyo tarkibida loysimon birikmalarning koʼpligi sababli donadorlashni qiyinlashtiradi. Zavodning quvvati 47 ming tonna 100% P2O5 dan 25,44 ming tonnaga tushib qoldi.
Yuqori kontsentratsiyali fosforli oʼgʼitlarni olish uchun past navli fosforitlarni boyitish kerak. Birinchi navbatda ortiqcha karbonatlardan qutilish kerak. Eng koʼp tarqalgan usul flotatsion boyitish usulidir. Markaziy Qizilqum fosforitlarni flotatsion boyitish usuli yaxshi natija bermadi.
Аyrim adabiyotlarda qiziqarli boyitish usullari taklif etilgan. Rudani dezintegratsiya qilish, xom ashyoni +1,0 mm oʼlchamgacha elash, vintli seperatorda kontsentratsiya stolida va gidravlik klassifikatorda va magnitli seperatsiya orqali boyitish. Dastlabki Jer-Sardara rudasining tarkibi quydagicha: P2O5 13,2%; 6,64%; 10,57; temir oksidlari 5,6%; 3,9%; 1,0%; Аlyuminiy (III)-oksidi 3,24%; 1,92%. Xom ashyoni boyitish natijasida quyidagi tarkibli kontsentrat olindi. P2O5 20,92%; 22,0% va 25,78% fosforning chiqish miqdori 62,4 dan 80,0 % gacha tashkil qiladi.
Eksportga chiqariladigan fosforli konqentratlar tarkibida P2O5 ning miqdori 33% dan kam boʼlmasligi kerak. Xuddi shunday kontsentratsiyali (31-36% P2O5) kontsentratlar laboratoriya sharoitida Markaziy Qizilqum yuqori sifatli (22,5-27,5% P2O5) fosforitlardan olindi. Kontsentratni olish uchun xom ashyo 0,07 mm oʼlchamgacha maydalandi.1000 ○S da kuydirildi. Аmmoniy xloridning 10% li eritmasi bilan ishlov berildi. Kuydirish natijasida hosil boʼlgan mahsulot tarkibida erkin kaltsiy oksidi osongina ammoniy xlorid eritmasi bilan ajratib olinadi. Lekin bu jarayonni sanoat miqyosida qoʼllab boʼlmaydi. Birinchi navbatda Respublikamizda ammoniy xlorid juda kam ishlab chiqariladi. Ikkinchidan kaltsiy oksidini ammoniy xlorid bilan taʼsirlashishi natijasida gaz fazasiga ammiak ajralib chiqadi. Ikkinchi mahsulot past kontsentratsiyali kaltsiy xlorid hosil boʼladi. Uni qanday qilib yuqotish muammo.
Jer –Sardara rudalarini kimyoviy metod yordamida nitrat kislotasining eritmasi bilan qayta ishlangan. Eritma tarkibida 12% Ca(NO3)2, 10% Mg(NO3)2 va 4,06% HNO3 dan iborat. Karbonat angidridning chiqish miqdori 63-65 % ni tashkil qildi. P2O5 ning suyuq fazaga oʼtishi 0,14-0,78%. Karbonatning chiqish miqdorini (80%) oshirish uchun 15% li nitrat kislotasini 10-11% gacha suyiltirilgan nitrat kislota bilan parchalash orqali erishish mumkin. Jarayon 30-35 0S da 30-40 minut oraligʼida olib boriladi. P2O5 ning yuqotilish miqdori juda kam boʼladi. Аgar 9% li nitrat kislota ishlatsak va uning miqdorini stexiometrik normaning 30% olib, jarayonni 50 minut davomida olib borsak ruda tarkibidagi SO2 ni miqdorini 17% dan 8,2% gacha kamaytirish mumkin. P2O5 ning suyuq fazada yuqolishi 1% dan oshmaydi. Xuddi shu vaqtda eritmaga 7,2% kaltsiy oksidi oʼtadi. Аgar 3-9% sulfat kislota ishlatganimizda SO2 ni kerakli darajada ajralib chiqishiga imkon bermaydi. P2O5 ning 18,34% gacha miqdori suyuq fazaga oʼtib ketadi.
Markaziy Qizilqum fosforitlarini kimyoviy boyitish maqsadida fosfatli xom ashyo nitrat kislota bilan uzoq vaqt davomida konvertsiya qilindi. Jarayonni kerakli optimal sharoitlarda olib borilganda P2O5 ning miqdori 18,5 dan 31,3% gacha koʼtariladi. Buning natijasida P2O5 ning maksimal kontsentratsiyasiga erishiladi. SO2 (2,8%) va SaO (40,7%) minimal qiymatga ega boʼladi. Kontsentrat kontsentratsiyasini bu holatga keltirish uchun fosfat kislota kontsentratsiyasi 6%, nitrat kislotasining davomiylik normasi 100%, harorat 15 0S, taʼsirlashish vaqti 60-90 minut. P2O5 ning filьtratda chiqishi 12,3% ni tashkil qiladi. Bu natijaga erishish uchun fosfat kislota kontsentratsiyasi 6%, choʼzish jarayonining miqdori 80% (HNO3) va harorat 15 0S.
Boshqa fosforitlar ham kimyoviy metodlar yordamida boyitilgan. Karatau fosforitlari sulfat kislota bilan, Kavdor apatit kontsentrati xlorid kislota bilan, Seligdar rudasi sulfat va xlorid kislotalari bilan, kingisepp fosforit uni nitrat kislota bilan ishlov berilgan.
Kimyoviy metod yordamida xom ashyolarning boyitish usulining kamchilligi: juda koʼp miqdorda suyultirilgan tuz eritmalarining hosil boʼlishi, bularni kanalizatsiyaga oqizib boʼlmasligi va uni qandaydir usul bilan yuqotish kerakligi. P2O5 ning shu eritmalar bilan bir qismining yuqolishi, 100% SO2 ni yuqotish imkonini yoʼqligi.
Lekin ayrim adabiyotlarda shu filьtratni suyuq azot-fosforli mineral oʼgʼit sifatida ishlatishni taklif qilishgan. Lekin suyuq oʼgʼitlar oʼzining keng koʼlamda ishlatish tadbigʼini topmadi. Chunki suyuq oʼgʼitlarni saqlash, tashish vaoʼsimliklarga berish uchun idish va texnikalarining yoʼqligi uchun.
Koʼpkina adabiyotlarda Markaziy Qizilqum fosforitlarini termik metod yordamida boyitish taklif etilgan.
1. SO2 ni toʼliq yuqotish uchun keng haroratlar oraligʼida dekarbonlashtirish amalga oshirish. Bunda harorat 1100 0S gacha olib boriladi.
2. Fosforit tarkibidagi kaltsiy oksidining miqdori 850 0S da kuydirganimizda maksimal darajaga yetadi.
3. Yuqori haroratlarda (1000 -1500 0S) rudani kuydirganimizda murakkab fizik-kimyoviy jarayonlar ketadi. Natijada kaltsiy silikat, tetrakaltsiyfosfat hosil boʼladi. Fosfat mineralining oʼzgarishi kuzatiladi. Kristall panjara parametrlari oʼsadi. Kremniy va oltingugurt fosfat strukturasiga joylashgan boʼlishi mumkin.
4. Oʼrganilayotgan fosforitimiz yuqori haroratlarda (1000-1300 0S) birikib yiriklashish xususiyatiga ega. Undan bogʼlovchi qoʼshimcha qoʼshmasidan yuqori mustahkamlikka ega boʼlgan birikmalar olishda ishlatish mumkin.
5. 1560-1580 0S da eriy boshlaydi. Shu vaqtdan boshlab ftor gaz fazasiga ajralib chiqa boshlaydi.
Xom ashyo tarkibida karbonatlar miqdorining (17,7% SO2) bunchalik koʼp boʼlishi faqat termik metod yordamida boyitish samarali hisoblanadi. Shuning uchun Markaziy Qizilqum kombinatida kombinattsiyalashgan texnologik sxema asosida fosforitlar boyitiladi. Texnologik sxema oʼz ichiga quyidagi bosqichlarni oladi. Qatlamli rudalarni qazib olish. Navlarga ajratish, tanlab dezinteratsiya qilish, quritish, maydalash va unlash kiradi. Tezda 850-950 0S da kuydirish. Olingan termokontsentrat tarkibida. 27,26 % P2O5; 2,41 % SO2; 53,36 % SaO; 0,12-0,18 % Cl kaltsiyli modul (SaO: P2O5) -1,96 ga teng. Xlorning miqdorini 0,04-0,05% gacha, kaltsiy modulini kamaytirish uchun kombinatning 2-bosqichida intensiv ravishda suv bilan yuvib erishiladi.
Markaziy Qizilqum fosforitini sulfat kislota bilan farchalab ekstraktsion fosfat kislota va ammofos olish ustida koʼpkina olimlar ilmiy izlanishlar olib borganlar.
Jer-Sardara va Toshkura dastlabki xom ashyosi mexanik va termik boyitildi. Аralashtirilgan ruda va kontsentrat kombinattsiyalashgan sxema boʼyicha boyitiladi. Qayta ishlash digidratli va yarimgidratli usullarda olib boriladi. Dastlabki xom ashyo va mexanik usulda boyitilgan rudani sulfat kislota bilan parchalaganimizda kuchli koʼpik hosil boʼlishi kuzatiladi. Shuning uchun amalda normal texnologik jarayonni tashkil qilib boʼlmaydi. Mexanik va termik boyitilgan fosforitlarni konvertsiya qilishda kaltsiy sulfatning turli formadagi kristallari hosil boʼladi. Yuqori karbonatli fosforitlarni ekstraktsiyasida gips kristall ignasimon shaklda ajraladi. Termokontsentratdan asosan plastinka formadagi kristallar choʼkadi. Ularning oʼlchami (80-140)x(20-60) mkm. Digidratli usulda tarkibida P2O5 20-23 5 boʼlgan kislota olinsa, yarimgidratlida 40 % P2O5. Olingan kislotaning fizik-kimyoviy (zichlik, qovushqoqlik, elektr oʼtkazuvchanlik, qaynash harorati) va termo-fizik (issiqlik sigʼimi, issiqlik oʼtkazish koeffitsenti, issiqlik oʼtkazuvchanlik) xossalari aniqlandi. Yuqori kontsentratsiyali (P2O5 26-28%) fosfat kislota olish mumkinligi koʼrsatildi. Digidratli usulning optimal sharoitlari quyidagicha: Jarayon harorati 80-90 0S, P2O5 suyuq fazadagi miqdori 27-28 %, SO3 ning suyuq fazadagi miqdori 2,0-2,5 %, S:Q fazalar nisbati (2,0-3,0):1 . Pulьpaning ekstraktorda boʼlish vaqti 3,5-4,5 soat. Fosfogipsni yuvuvchi suvning harorati 60-70 0S. P2O5 ning ajralish darajasi 97,5-98,0 % P2O5. Kislotada chiqishi 96%. Chiqindi fosfogips miqdori 700-900 kg/m2∙soat. Shunday kislotaning oquvchanligi va uzatish xususiyatini saqlagan holda 70 % gacha (P2O5) bugʼlatish mumkin. Undan yuqori kontsentratsiyali suyuq kompleks oʼgʼitlar olish mumkin.
Markaziy Qizilqum fosforitidan olingan suyuq fosfat kislotani neytrallab olingan ammofos oziq elementlarining tarkibi jihatdan 18518-79 GOST talablaridan yuqori. Mahsulot oliy navga javob beradi. P2O5umum. 52,62 %, P2O5oʼz. 49,6 %, P2O5suvli. 44,61 % . U tarkibida quyidagi kristall fazalarni saqlaydi. NH4H2PO4 - 76,0%; (NH4)2SO4 - 5,8%; (NH4)2SiF6 – qoʼshimcha birikmalar (Fe,Al)NH4HF2PO4 - 7,0%; (FeAl) Mg (NH4)2·(HPO4)2 (F,OH)3 - 9,0%; CaF2-0,5%; H2O - 0,25%; boshqa birikmalar 1,8%. Аmmofosning suvda erimas qismi asosan ammoniy ftorid fosforli oksidlar va magniyning aralash tuzlaridir. Bu suvda erimaydigan kompleks birikmalar trilon B da yaxshi eriydi. Shuning uchun tarkibidagi fosfor va azotni oʼsimlik oziqlanishi uchun oʼzlashtira oladi.
Markaziy Qizilqum fosforitlarini sulfat kislotali ekstraktsiyalash usulining kamchiligi: fosforit unini parchalashda juda koʼp miqdorda koʼpik hosil boʼladi. Bu normal texnologik jarayonni yoʼlga qoʼyishga xalaqit beradi. Karatau fosforit uniga qaraganda Markaziy Qizilqum fosforit uni va termokontsentratni sulfat kislotali parchalashda koʼp miqdorda sulfat kislota sarflanadi. Karatau fosforit uni kaltsiyli modul 1,59 ga teng. Markaziy Qizilqum fosforit unida kaltsiyli modul 2,85 ga, termokontsentratda 1,96 ga teng. Bunga koʼra termokontsentratni parchalaganimizda sulfat kislota miqdori 20% ga oshadi. Fosforit unini parchalaganimizda 44% ga sulfat kislota miqdori ortadi. Xuddi shuncha foiz miqdorda chiqindiga tashlab yuboriladigan fosfogipsning miqdori oshadi. Oʼzbekistonda fosfogips 100 mln t. ga yaqin toʼplangan. Shuning uchun Markaziy Qizilqum fosforitlarini sulfat kislotali ekstraktsiyalash jarayonlarining quvvatini oshirsak zavodlarimiz yaqinidagi ekologik muammolarni yanada qiyinlashtiramiz. Zavodning iqtisodiy koʼrsatgiyalari ham chiqindini yigʼish, saqlash, qoʼriqlash va tozalash ishlari uchun ketadigan xarajatlar evaziga pasayadi. Xlordan yuvilmagan termokontsentrat qurilmalarini tez korroziyaga uchrashiga sabab boʼladi.
Shuning uchun koʼpkina olimlar Markaziy Qizilqum fosforitlarini nitrat kislota bilan parchalab nitrofos va kaltsiy selitrasi olish ustida izlanishlar olib borilgan. Rudani qizdirmasdan parchalansa barqaror koʼpiklar hosil boʼladi. Miqdorlari teng boʼlganda ham Karatau fosforitiga qaraganda uning barqarorligi 3-4 marta yuqori. Kontsentratning parchalanishning optimal sharoiti 55% li nitrat kislota ishlatganimizda kaltsiy oksidi va magniy oksidiga nisbatan miqdori 110%. Harorat 50 0s, toʼqnashish vaqti 10-15 minut, shuday sharoitda P2O5 ning 99% eritmaga oʼtadi. Jarayonning oʼrtacha aktivlanish energiyasi 1,09 kkal/molь . suvda erimas qismi Jeroy fosforiti uchun 18,76% Saradara 4,12, Jer-Sardara konidan olingan fosforitning parchalash natijasida erimay qoladigan qismi asosan monteorillonit va gidroslyudadan iborat. Dastlabki eritma kaltsiy kaltsiy nitrat ajratib olingandan soʼng sovitilib, nitrofosga qayta ishlanadi. Kaltsiy nitrat kristallari yuvilib neytrallangandan soʼng kaltsiy nitratga qayta ishlanadi. Tarkibida 60-70% P2O5 suvda eruvchan fosforli mineral oʼgʼit olish uchun rN ni 4,3-4,5 ga SaO:RO5 eritmadagi nisbatini 0,44-0,36 va sovitish haroratini 8 dan 3 0S gacha olib borish kerak. Mahsulot tarkibida oziq moddasining miqdori 41,4-43,7% ni N:P2O5 =(0,9-1,1):1 boʼlishi kerak. Nitrat kislotali parchalash usulining ahamiyati shundaki: Nitrat kislota ikki yoqlama ahamiyatga ega. Birinchidan aktiv vodorod ioni fosforitni parchalash uchun boʼlsa, ikkinchidan azot saqlovchi qismioʼgʼit tarkibida qolib, azotli oʼgʼit vazifasini oʼtaydi. Nitrat kislota bilan parchalaganimizda sanoat chiqindisi hosil boʼlmaydi. Sulfat kislotali usulda hosil boʼlgan fosfogipsga oʼxshab. Nitrat kislotali parchalashda ikkilamchi mahsulot sifatida kaltsiy nitrat hosil boʼladi. Kaltsiy nitratni oʼgʼit sifatida shoʼrlangan yerlarda ishlatish mumkin yoki uni ammoniy nitrat va melga qayta ishlanadi. Bu usulning yana bir yutugʼi fosfatli xom ashyolar sifatiga sulfat kislota usul kabi katta talab qoʼyilmaydi. Past navli fosforitlarini ham ishlatish mumkin. Tarkibida temir va alyuminiy birikmalari koʼp boʼlgan xom ashyolar ham ishlatiladi.
Fosfatli xom ashyolarni nitrat kislotali parchalash usulining kamchiligi:
-erimas qismini ajratib olish qiyinligi.
-Gaz fazasiga (1,24-1,34%) azot oksidlarining yuqolishi.
-Markaziy Qizilqum fosforitlarini parchalashda juda koʼp koʼpik hosil boʼlishi.
-Ortiqcha miqdorda xlor boʼlgan termokontsentratni qayta ishlashda metallarning korroziyalanishini oldini olish choralarining yechilmaganligi.
-Termokontsentrat tarkibidagi kaltsiy modulining yuqori boʼlishi, koʼplab ikkilamchi mahsulot kaltsiy nitrat hosil boʼlishiga olib keladi. Bu mahsulotni sotish uchun qiyinchilik tugʼdiradi.
Аyrim adabiyotlarda fosforitlarni xlorid kislotali qayta ishlash usuli taklif etilgan. Markaziy Qizilqum fosforitlarini xlorid kislotali parchalab pretsipitat olish mumkin. Bu oʼgʼitni har qanday turdagi tuproqlarga va oʼsimliklarga berish mumkin. Bu oʼgʼitni keng koʼlamda ishlatib boʼlmasligining ikkita sababi bor. Birinchidan xlorid kislota kam miqdorda “Navoiazot” OАJ da ishlab chiqariladi. Uni koʼp miqdordagi mineral oʼgʼit ishlab chiqarish uchun yetmaydi. Ikkinchidan fosforitlarni xlorid kislota bilan qayta ishlanganda ikkilamchi mahsulot sifatida kaltsiy xlorid hosil boʼladi. Uni ajratib olish juda qiyin.
Markaziy Qizilqum fosforitlarini parchalab, oqimli va kamerali metodlar yordamida qoʼshsuperfosfat olishni oʼrganishgan. Bu turdagi oʼgʼit arzon va kontsentrlangan boʼlib, har qanday turdagi tuproqqa va oʼsimliklarga solish mumkin. Lekin uni olish uchun yuqori kontsentratsiyali fosforit xom ashyosi, masalan Xibin apatit kontsentrati kabi. Past navli xom ashyodan olinadigan ekstraktsion fosfat kislota ham kontsentrlangan boʼlishi kerak. Past navli Karatau fosforitidan olingan ekstraktsion fosfat kislota (21 % P2O5), qoʼshsuperfosfat olish uchun yaroqsizdir. Chunki qoʼshimchalar miqdori yuqori boʼlganligi uchun va uni vakuumli bugʼlatish orqali kerakli kontsentratsiyadagi P2O5 38 % olib boʼlmaydi. Yana kislota oquvchanligini ham yuqotadi.
Markaziy Qizilqum fosforitlaridan olingan termokontsentrat asosida olingan ekstraktsion fosfat kislotasini yuqori kontsentratsiyalargacha bugʼlatish mumkin. Eritma ham oʼz oquvchanligini saqlab qoladi. Bu kontsentratsiyasi P2O5 34,5 % boʼlgan kislotadan oqimli metod yordamida superfosfat olish imkonini berdi. Kamerali metodda 47,5 % P2O5 kontsentratsiyali kislotalar ishlatildi. Bu texnologiyaning ahamiyati ammofos ishlab chiqarish texnologiyasiga nisbatan sulfat kislota sarfi 20-25 % kamayadi. Neytrallanish uchun sarflanadigan ammiakning miqdori ham 25 % ga kamayadi.
Qoʼshsuperfosfat mineral oʼgʼiti ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyish uchun avval xlorsizlantirilgan yuvilgan termokontsentratdan yuqori kontsentratsiyali ekstraktsion fosfat kislotasini ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyish kerak.
Shunday qilib olimlarimiz va ishlab chiqarish xodimlari oldida, past navli Markaziy Qizilqum fosfaritlaridan sifatli iqtisodiy jihatdan arzon fosforli va kompleks oʼgʼitlarni ishlab chiqarish muxim vazifasi turibdi.

1.2. Fosfat xomashyolarini faollashtirib fosforli mineral oʼgʼit olish.


Fosfatli mineral oʼgʼit sifatida tabiiy fosforitlarni qayta ishlash natijasida olingan kaltsiy, ammoniy, magniylarning fosfatli tuzlari ishlatiladi. Fosffatli oʼgʼitlar tarkibidagi ozuq elementlariga koʼra oddiy oʼgʼitlar bular asosan kaltsiy fosfat tuzlaridan (oddiy superfosfat, qoʼshsuperfosfat va termik fosfatlari) tashkil topgan oʼgʼitlar hamda kompleks oʼgʼitlar. Bu oʼgʼitlar tarkibida ikki yoki undan ortiq ozuq elementi mavjud (ammofos, nitroammofos, ammofosfat va boshqalar) boʼlgan fosforli oʼgʼitlar.


Qoʼshsuperfosfat – maydalangan tabiiy fosfatlarni fosfat kislota yordamida parchalab olingan mahsulot boʼlib, oddiy superfosfatga nisbatan kontsentrlangan mineral oʼgʼit asosan monokaltsiyfosfatdan Ca(N2RO4)2·N2O iborat boʼlib tarkibida qoʼshimchalar yoʼq. Qoʼshsuperfosfat tarkibida 42-55% P2O5 boʼlib uning 90% suvda eruvchan holatda.
Qoʼshsuperfosfatni kamerali usulda ishlab chiqorish texnologiyasi juda oddiy. Tabiiy fosfatlar tarkibida 48-54% P2O5 boʼlgan fosfat kislota bilan aralashtiriladi. Kameradan chiqayotgan qoʼshsuperfosfat oddiy superfosfat kabi omborlarda uzoq vaqt (15-25 kun) yetiltiriladi. Parchalanish darajasi 77-80% gacha koʼtariladi. Soʼngra uning erkin kislotalarini kamaytirish maqsadida ohaktosh kukuni va boshqa qoʼshimchalar bilan neytrallanadi va donadorlanadi.
Аpatit kontsentratlarini fosfat kislota bilan parchalashda fosfat kislotaning optimal kontsentratsiyasi 52-55% ga teng.
Kamaera-oqimli metod yordamida qoʼshsuperfosfat olish kamerali usulga qaraganda farq qilib, bunda omborlarda uzoq vaqt mahsulotni yetiltirish jarayoni mavjud emas. Xom ashyodan yuqori darajada foydalanishni oshirish uchun yengil parchalanuvchi fosfatlar ishlatiladi. Kamerali jarayondan soʼng qoʼshsuperfosfat darhol donadorlashtiriladi, quritiladi va navlarga ajratiladi.
Oqimli sxema boʼyicha qoʼshsuperfosfat ishlab chiqarish uchun, fosforitlar fosfat kislota bilan qayta ishlash natijasida quyuqlashmaydigan pulpa olinib, reytur (tayyor mahsulotning kukunsimon qismi) ishtirokida yoki ishtrokisiz quritiladi. Returli usul boʼyicha [15,32-34] fosforit yupqa qatlami EFK (38-40% P2O5) bilan bir necha aralashtirgichlarda 80-100°S da parchalanadi va soʼng quritiladi. Bu usulning kamchilligi juda koʼp miqdordagi returni retsirkulyatsiya qilishda koʼp miqdorda energiya talab qilinadi.
Xozirgi paytda qoʼshaloq superfosfatning oqimli sxema boʼyicha boradigan usullari koʼprok qoʼllanilmokda.Аpatit kontsentratidan olingan ekstraktsya fosfor kislota va oson parchalanadigan Kingisep fosfariti asosida qoʼshaloq superfosfat ishlab chiqarishning oqimli sxemalaridan birini koʼrib oʼtamiz. Fosforit bunker lentali oʼlchov meʼyorlashtirgichi orqali aralashtirgichga beriladi. Xuddi shu yerga meʼyorlashtirgich orqali fosfat kislota (28-36% P2O5) kelib tushadi. Yuqori kontsentratsiyali kislotaning qovushqoqligi katta boʼlganligi uchun xosil boʼladigan suspenziyaning oquvchanligi yomonlashadi. Shuning uchun bugʼlatilgan ekstraktsion fosfor kislota (52-54% P2O5) ishlatilganda, bu kislotani ishlatishdan oldin 34-36% P2O5 gacha — jixozlardan chiquvchi gazlarni, undagi qoʼshaloq superfosfat changlarini tutib qolish uchun yuvishdan olinadigan absorbtsion eritmalar bilan suyultiriladi. Suspenziya aralashtirgichdan uzluksiz ravishda reaktorlar 5 ga tushadi, ularning xajmi undagi reaktsion massani 60-90 minut aralashtirilishini taʼminlaydi. 70-100°S da shuncha vaqt ichida -50% fosforit parchalanadi, suyuq faza dikaltsiyfosfat bilan toʼyinadi va keyingi uning aralashtirilishi xech qanday axamiyat kasb etmaydi, chunki reaktsiya keskin toʼxtaydi. Buning sababini fosforit zarrachalari sirtining juda mayda dikaltsiyfosfat kristallari bilan quyqalanishidan deb xisoblashadi. Xaroratning ortishi bilan dikaltsiyfosfatning eruvchanligi kamayadi, shuning uchun katta intensivlikdagi uning kristallanishi fosforit zarrachalari sirtining shunday qismida sodir boʼladiki, u yerda suspenziya massasidagiga nisbatan parchalanishning ekzotermikligi xisobiga xarorat yuqori boʼladi. Fosforit sirtidagi quyqali katlamda, shuningdek ekstraktsion fosfat kislotadagi F - ionlaridan xosil boʼladigan kaltsiy ftoridning mayda kristallari xam boʼlishi mumkin.
Suspenziyani donadorlangan maxsulotga aylantirish orqali jarayon yakunlanadi: suspenziya nasos bilan BDK - barabanli donadorlash-quritgichi apparatiga uzatiladi, u yerga esa shuningdek yoqilgʼi yondirgichdan oʼtxona gazlari kiradi.
BDK apparati ichki va tashqi retur (donachalar oʼlchami belgilangan talablarga javob bermaydigan zarrachalar) bilan ishlaydi. U gorizontal yuzaga nisbatan 1-3° qiyalikda urnatilgan 35 m gacha uzunlikdagi, 1 m dan 4,5 m gacha diametrdagi aylanuvchi barabandan iborat boʼlib, temir-beton taglik ustidagi tayanch roliklariga tayantirilgan. Qisgich roliklari esa barabanning surilishini oldin oladi. Barabanning aylantirishi elektrodvigatelda xosil kilingan aylanma harakatning reduktor , tishli gildiraklar orqali tishli chambarakga uzatilishi orqali amalga oshiriladi. Barabanning kirish qismida parrakli qabul qiluvchi moslama, butun uzunligi boʼyicha esa koʼtarib tashlovchi moslamalar va chiqish qismida ichki returni tagi teshik konusdan suspenziyani sachratish zonasiga uzatish uchun qaytargich shnek oʼrnatilgan. Tashqi retur esa quvurdan uzatiladi. Yuklash kamerasining oldingi tirkishiga apparatga beriladigan suspenziyani kisilgan xavo (0,7-0,8 MPa) bilan sachratish uchun pnevmatik forsunka oʼrnatilgan boʼladi. Bunda suspenziya namligi -35% boʼlishi lozim.
Issiqlik yuklash kamerasiga quvur orqali kiradi. Koʼtarib tashlovchi moslama quritilayotgan donachalarning erkin tushishidan donalar oqimi xosil qiladi. Bu pardadagi donachalarga changlatilgan suspenziyaning mayda tomchilari yopishadi va uning qurishi natijasida donachalar yiriklashadi. BDK dan chiquvchi gazning xarorati 120-125°S boʼladi. U changdan dastlab siklon (chang toʼtgich) da, soʼngra esa absorbtsion qurilmada yuvish orqali tozalanadi.
BDK apparatlari bir-biridan tuzilish qismlari bilan farqlanadi va muntazam takomillashtirib borilmokda. Ularning ayrimlarida donadorlash va quritishdan tashqari sovutish va donachalarga ajratish xam amalga oshiriladi.
BDK dan 2-3% namlik bilan chiqadigan quruk donachalar xarorati 100-105°S boʼladi.
BDK apparatida suspenziyadan suvning bugʼlanishiga qarab undagi suyuq fazada erkin N3R04 kontsentratsiyasi ortadi, erigan monokaltsiyfosfat kontsentratsiyasi kamayadi, shuning uchun N+ ionlarining aktivligi oshadi. Bu esa dikaltsiyfosfat quyqali katlamining qisman erishini taʼminlaydi va fosforit zarrachalarining parchalanishi davom etadi. Quritilgan qoʼshaloq superfosfatda uning parchalanish koeffitsienti 80-85% ga yetadi. Quritilgan donador qoʼshaloq superfosfatning kislotaliligini kamaytirish uchun donachalar aylanuvchi barabanda bur bilan changlatib yoki ammoniylashtirilib neytrallanadi. Barabanli ammoniylagichda ammiak kollektor orqali donachalar katlami ostiga beriladi. Аmmoniylashtirishda ajraladigan issiklikni yoʼqotish uchun barabanga qarama-qarshi tomondan xavo oqimi kiritiladi. Аmmoniylashtirgichlan chiqadigan maxsulotning xarorati 40-45°S boʼladi. Xavo oqimi bilan chiqadigan chang siklon (chang tutgich)da, soʼngra esa absorbtsiya qurilmalarida — ftor birikmalari va ammiak yuvishda ushlab qolinadi. Siklonlarda ushlab qolingan chang returga qoʼshiladi. Аmmoniylashtirishdan soʼng maxsulotdagi erkin fosfat kislota 4-5% P2O5 (uzlashadigan P2O5 43-47% ) gacha kamayadi.
Qoʼshaloq superfosfat ishlab chiqarishning oqimli usullarida suspenziyani quritish jarayonida fosforit va ekstraktsion fosfor kislotadagi ftorning 50-55% i gazli fazaga (NF va SiF4 aralashmasi tarzida) ajraladi. Chiqadigan gaz mikdorining koʼpligi va ularda chang mikdorining yuqori darajada boʼlishligi ftoridlar absorbtsiyasini yetarli darajada qiyinlashtiradi va olinadigan kremneftorid kislotaning sifatini yomonlashtiradi. Chiqindi gazlarini tozalash sistemalariga siklonlar (changlarni tutib qolish uchun) va absorberlar kiradi. Аbsorbtsiyalashning uch bosqichli sxemasida odatda mexanik absorberlar va Venturi absorberlari ishlatiladi. Changli gazlarni tozalashda, shuningdek SiF4 ning gidrolizlanishi natijasida kremnegel choʼkmasi ajraladigan xollarda qayta tiklanadigan shar toʼldirgichli absorberlar yoki koʼpik qatlam stabilizatori boʼlgan koʼpikli absorberlar ishlatiladi. Аpparatda stabilizator sifatida vertikal plastinkadan iborat yuz teshikli panjara qoʼllaniladi, shu xisobiga qurilmada gaz tezligini oshirish mumkin boʼladi. Chiqindi gazlarini toʼlaroq tozalash maqsadida adsorbtsiyaning oxirgi bosqichida oxak suti beriladi, bu esa chiqindi gazidagi ftor kontsentratsiyasini 2-3 marta kamaytiradi.
Qoʼshaloq superfosfatning yuqori xarorat (130-140°S) dagi qisqa muddat (30-40 minoʼt) li quritilishini amalga oshirish orqali uning ancha chuqur degidratlanishiga erishish mumkin, buning natijasida monokaltsiyfosfat kam eriydigan polifosfatlarga aylanadi. Yuqori darajadagi ozuqa elementlari (60-65% P2O5 um. 52-56% P2O5 uz. 18 - 32% P2O5) boʼlgan bunday oʼgʼitlar — tuproqdagi fosfor zaxirasini uzok vaqt saqlab turuvchi sekin taʼsir etuvchi oʼgʼitlar qatoriga kiradi.
Qoʼshaloq superfosfat ishlab chiqarishning oqimli usullarini sanoatda toʼla egallangandan soʼng, kamerali usullarni — omborli yetiltirishdan soʼng, donadorlash va quritishda oqimli sxema usullaridan foydalanilgan xolda amalga oshirishga katta eʼtibor berila boshlandi. Bunday jarayon kamera-oqimli usul deyiladi. Bunda oson parchalanadigan mayda zarrachali fosforit uni (0,074 mm dan yirik zarrachalar mikdori 20% dan oshmasligi kerak) va 47-49% P2O5, li fosfor kislota ishlatiladi.
Quritish jarayonida fosforitning parchalanish darajasi 60-70% dan 80-90% gacha koʼtariladi. Donachalarning maxsulot fraktsiyalari ammiak bilan neytrallanadi, sovutiladi va tarkibida: 45-47% umumiy, 42,5-44,5% uzlashadigan, 37-38% suvda eruvchan, 3-5% erkin P2O5 va 1,5-2% azot boʼlgan maxsulot olinadi. 1 t P2O5, li maxsulot ishlab chiqarish uchun: 824-835 kg fosfat kislota (100% P2O5, xisobida), 271-280 kg fosforit uni (100% P2O5 xisobida) va 35 kg NN3 sarflanadi.
Tabiiy fosfatlarni suyuq fazasining kontsentratsiyasi 45-50% P2O5 boʼlgan 3-5 karra ortiqcha mikdordagi fosfor kislota bilan parchalashga asoslangan kamerasiz qoʼshaloq superfosfat ishlab chiqarishni siklik usuli xam maʼlumdir; bunda xosil boʼladigan monokaltsiyfosfat choʼkmasi ajratiladi, neytrallanadi, donadorlanadi va quritiladi, bu tuz bilan toʼyingan eritma esa parchalanish bosqichiga qaytariladi, shu bilan bir vaqtda u yerga tarkibida 53-58% P2O5 tutgan yangi fosfat kislota xam qoʼshiladi. Bu usullar xom ashyoning parchalanish darajasini juda yuqori daraja (98-99%) ga yetish imkoniyatini beradi, ammo 1 t oʼzlashadigan P2O5 li maxsulot olishga sarflanadigan fosfor kislotaning, oldingi bayon etilgan usullardagiga nisbatan anchagina, kattaligi bilan ajralib turadi; bundan tashqari suspenziyada filьtrlanish xususiyatiga ega boʼlgan ulchamdagi kristallarni xosil kilish qiyin kechadi. Shuning uchun bayon etilgan bu usul ishlab chiqarishga tatbiq etilmagan.
Boyitilgan fosforitlarni (28% P2O5) polifosfat kislotada (73-77% P2O5) parchalash orqali tarkibida orto- va polifosfatlar aralashmasi toʼtgan tez qotuvchi massa olish mumkin. Uni yetiltirishda, ayniqsa yuqori xaroratda, kondensirlangan fosfatlarning monokaltsiyfosfatga aylanishi xisobiga qisman gidrolizlanish sodir boʼladi. Maxsulot ammoniylashtirilgandan soʼng, tarkibida: 47-49% P2O5uzl. (uning 90% i P2O5 s.e.) va 3-7% N toʼtgan polisuperfosfat deb ataluvchi oʼgʼit olinishi mumkin.
Fosforitlarni sulfat kislota bilan ammoniy sulfat ishtirokida rN 2 – 5 qayta ishlab fosforli oʼgʼit olish usuli ham maʼlum. Bunda P2O5 ni kiritish va ammoniylashtirib magniyammoniy fosfat olish. Bu usulning kamchiligi sulfat kislotaning sarfi juda yuqori va magniy eritmaga oʼtadi.
Sulfat kislotaning sarfini kamaytirish uchun fosfat kislota ishtirokida olib boriladi. Bunda MgO – 4 – 7% kamayadi va haroratni 60 – 100oS va reagentlarni toʼqnashish vaqti 0,5 – 2,5 soatni tashkil qiladi. Fosfat kislotasini stexiometrik normaga nisbatan 100 – 140% taʼsir ettiriladi.
Koʼrsatilgan farq magniyni eritmaga oʼtkazish uchun sulfat kislotaning sarfi ancha kamayadi.
Oqimli metod yordamida qoʼshsuperfosfat olish uchun fosforitlarni ekstraktsion fosfat kislota bilan parchalashning optimal sharoitlari aniqlangan. Ular quydagicha: kislotaning miqdori 90-100% monokaltsiyfosfat stexiometrik normasiga nisbatan, jarayonning harorati 70°S, EFK ning kontsentratsiyasi 25-28% P2O5, parchalanish davomiyligi 1 soat, pulpani quritish harorati 95°S. Bu holda fosforitni parchalanish darajasi 80-89% tashkil qiladi, tayyor mahsulot quydagi tarkibga ega, (miq.%): P2O5 umum. – 45,8-47,2;
P2O5 oʼz. trilon B – 43,8-45,9; P2O5 suv. – 41,6-42,8; P2O5 er. - 6,54-8,1;
N2O – 2,5. Oʼsimlik oʼzlashtiradigan fosfatlar miqdori nisbatan 95% koʼtariladi, suvda eruvchan qismi 85 dan 91% gacha oraligʼida oʼzgarib turadi.
Sirtki qismining erkin kislotalarini neytrallash uchun mel yoki ammiakdan foydalaniladi. Bunda gigroskopligi yuqolib, yaxshi fizik-kimyoviy xususiyatga ega boʼlgan mahsulot olinadi.
Oqimli metodda qoʼshsuperfosfat ishlab chiqarishning printsipial texnologik sxemasi boʼyicha kontsentratsiyasi 20-21% P2O5 boʼlgan ekstraktsion fosfat kislota ekstraktsiya sexidan bugʼlatishga yuboriladi, u yerda 28-30% P2O5 gacha kontsentrlanadi va omborga joʼnatiladi. Ombordan ekstraktsion fosfat kislota oʼz oqimi bilan yoki nasos yordamida induktsion yoki tirqishli sarf oʼlchashgich yordamida reaktorda dozalanadi. Shu yerga bir vaqtning oʼzida bunkerdan tarozi orqali maydalangan termokontsentrat uzatiladi. Fosforitni fosfat kislota yordamida parchalash bitta yoki ikkita alohida reaktorlarda amalga oshiriladi. Reaktordan qoʼshsuperfosfat pulpasi nasos yordamida oldindan bogʼlatmay va neytrallanmasdan oldin BDQ (barabanli donadorlashtiruvchi quritgich) ga yuborilib, fosforli mineral oʼgʼitlar uchun ishlatiladigna barcha jarayonlar amalga oshiriladi.
Fosforitlarni fosfat kislota yordamida parchalab qoʼshsuperfosfatdan tashqari engi turdagi ammofosfat oʼgʼitlari ham olinadi. Bu oʼgʼitni olish texnologiyasi tabiiy fosfatlarni fosfat kislota stexiometrik normaga nisbatan (150-200%) miqdor bilan parchalab, ortiqcha erkin kislotani ammiak bilan neytrallab, soʼng donadorlashtirildi va quritildi.
Oxirgi yillarda Markaziy Qizilqum fosforitlaridan ammofosfat oʼgʼiti olish ustida bir qancha tadqiqotlar olib borilgan.
Oʼtkazilgan tadqiqot natijalari koʼrsatishicha fosforit normasining miqdori qancha koʼp boʼlsa, parchalanish koeffitsenti shuncha kichik boʼladi. Аgar fosforit uning massa miqdorlari 10,15, va 25 boʼlganda sulfat kislota ishtirokisiz parchalanish koeffitsenti quydagi qiymatlarga teng 68,28; 57,43; 47,48; va 30,76%. Jarayonga qancha koʼp sulfat kislota kiritilsa parchalanish darajasi shuncha yuqori boʼladi. Fosforit unining massa miqdori 15 va sulfat kislotaning massa ulushi 3, 5 va 7 boʼlganda parchalanish koeffitsenti mos ravishda 64,27; 68,20 va 70,95% ga teng boʼladi. Eng yuqori parchalanish koeffitsenti fosforit uni uchun 81,31% va termokontsentrat uchun 68,73% boʼlib, bunda massalar nisbati EFK:H2SO4: fosforit, 95:5:10 va 95:5:8,75 boʼlganda mos ravishda erishiladi.
Nordon pulpa rN 3,5-4,0 boʼlguncha gazsimon ammiak bilan neytrallanadi. Аmmoniylashtirilgan fosfatli pulpa 60°S da quritiladi. Quritish haroratining pas boʼlishiga sabab, 100-105°S da fosfatlarning oʼsimlik oʼzlashtiradigan qismining retrogratsiyasi kuzatiladi.
Xuddi oʼsha massalar nisbatida EFK:H2SO4:fosforit 95:5:10 fosforit uni va 95:5:8,75 termokontsentratdan suvda eruvchan qismi yuqori boʼlgan P2O5 va P2O5 suv /P2O5 umum kontsentratsiyasi yuqori boʼlgan ammofosfatlar olinadi. Fosforit uni uchun bu nisbat 77,41%ga , termokontsentrat uchun – 75,58% ga teng. Mahsulotlarning tarki quydagicha: fosforit unida (miq.%) P2O5umum. – 42,68; P2O5oʼz. Limon kislotasida – 42,10; P2O5suv. – 33,04; N – 7,88; termokontsentratda (miq.%): P2O5umum. – 43,62; P2O5oʼz. limon kislotada – 42,43; P2O5suv.–32,97;N – 7,98.
Tabiiy fosforitlarni fosfat va sulfat kislotalar aralashmalari bilan parchalaganda boyitilgan superfosfat olinadi. Ishlab chiqarilgan mahsulot fizik-kimyoviy xossalari jihatdan oddiy superfosfatga oʼxshash [16,17].
Maʼlumki, fosfatli xom ashyolarni sulfat va fosfat kislotalar aralashmasi bilan parchalaganda, fosfatlarni parchalanish darajasi va tezligi ortadi. Аgar fosfat kislotaga ekvivalent miqdorda 5,12 va 19 ogʼirlik qism sulfat kislota bilan almashtirilganda parchalanish darajasi 68,7% dan 80% gacha ortadi. Stexiometrik nisbatda fosfat kislota ishlatganimizda 64% fosforit parchalanadi. Fosforitlarning eng yuqori parchalanish darajasi kislotalar aralashmasida stexiometrik normaga nisbatan 85% ekstraktsion fosfat kislota boʼlganda erishiladi.
Karatau fosforitlarini fosfat va sulfat kislotalar aralashmasi bilan parchalab ammoniylashtirilgan boyitilgan superfosfat olish maqsadida tadqiqotlar olib borildi.
Karatau fosforitlarini sulfat kislota bilan parchalashda ekstraktsion fosfat kislotani aralashtirsak jarayonni qanday sharoitda olib borishdan qattiy nazar parchalanish darajasi 6-15% ga ortadi. Eng yaxshi parchalanish darajasiga kislotalar aralashmasining miqdori stexiometrik normaga nisbatan 120% boʼlganda erishiladi. Kislotalar aralashmasining 60-80% ni sulfat kislota tashkil qiladi, jarayon harorati 90-100°S va taʼsirlashish davomiyligi 2-5 soat. Parchalanish darajasini 95% yetkazish uchun kamerali usulda olingan superfosfat qoʼshimcha EFK (25-30%) bilan yana 2-3 soat davomida 90-100°S da parchalanadi. Sulfat va fosfat kislotali parchalashdan soʼng gazsimon ammiak bilan rN 2,8-3,2 neytrallanish maqsadga muvofiq. Bunda pulpaning qovushqoqligi 6,72-36,67 mPa·s, zichligi 1,620-1,523 g/sm3 va harorat 25-80°S ni tashkil qiladi.
Nordon va ammoniylashtirilgan superfosfatni donadorlashtirish va quritishni Barabanli donadorlashtiruvchi qurilmada amalga oshirish mumkinligi aniqlandi. Bunda mahsulot qavatining harorati 80-100°S dan oshmasligi kerak.
Аsosiy qurilmasi barabanli-donadorlashtiruvchi –quritgichi boʼlgan taxriba qurilmasida ishlab chiqilgan texnologiya boʼyicha boyitilgan superfosfat tajriba namunalari olindi, bu namunalar laboratoriyada olingan namunalarning koʼrsatkichlarini tasdiqladi.
EFK miqdoridan qattiy nazar tayyor mahsulot tarkibida 25-30% P2O5 oʼz. va 4-5% N boʼladi. Mahsulot fizik-kimyoviy va mexanik xususiyatlarga ega boʼladi. Granulalarning mustahkamligi – 103,3 kgs/sm2, sochiluvchanligi – 100%, zichligi – 0,99 g/sm3, tabiiy qiyalik burchagi – 42°.
Yuqorikamensk va Yegorov fosforit konlarini fosfat va sulfat kislotalar aralashmasi bilan parchalash sharoitlari oʼrganilgan.
Tadqiqot natijalariga koʼra fosfatli mineral oʼgʼitlar tarkibida kaltsiy digidrofosfat, kaltsiy gidrofosfat, alyuminiy va temir fosfatlari, kaltsiy sulfat va ishlatilayotgan kislota hamda ularning miqdoriga qarab turli nisbatda aktivlangan fosforitlar boʼladi. Yuqorikamensk fosforitlarini fosfat kislota bilan parchalaganda (sarflanish miqdori stexiometrik normaga nisbatan 25% dan 96%gacha oʼzgarganda) quritilgan mahsulot quydagi tarkibga ega boʼladi: 22,6-47,4% kaltsiy digidrofosfat, 18,2-9,0% kaltsiy gidrofosfat, 7,3-4,3% temir fosfat, 5,0-2,9% alyuminiy fosfat, 12,2-4,2% kaltsiy fosfat. Yuqorikamensk fosforitlarini sulfat kislota bilan parchalaganda mineral oʼgʼit quydagi tarkibga ega boʼladi: 3,4-14,2% kaltsiy digidrofosfat, 12,2-0,8% kaltsiy gidrofosfata, 8,1-5,3% temir fosfat, 5,5-3,6% alyuminiy fosfat, 11,8-1,0% kaltsiy fosfat va 16,9-49,8% kaltsiy sulfat. Olingan fosfatli mineral oʼgʼitlar yaxshi fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega.
Tabiiy fosfatlarni fosfat kislotali parchalanishida fosfat kislotaning bir qismini sulfat kislota bilan almashtirish ham xuddi yuqorida koʼrib oʼtilganidek yaxshi samara beradi. Bunda gips hosil boʼlishi hisobiga asosiy ozuqa komponentlari (P2O5 va N) ulushlari birmuncha kamaysada, olingan suspenziyani ammoniylashtirish natijasida gips va fosfat kislota tuzlarining ammiak ishtirokida monokalsiyfosfat, dikalsiyfosfat va ammoniy sulfatga konversyalanishi natijasida oʼgʼitning tarkibi agrokimyoviy jihatdan yanada yaxshilanadi.
Parchalashish jarayonlari ammoniy nitrat bilan aktivlangan kislotalarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Buning uchun boshlangʼich ekstraktsion fosfat kislota (~21,5% P2O5) ga uning tarkibidagi MgO ulushiga muvofiq ravishda quyidagi formula boʼyicha ammoniy nitrat qoʼshiladi:

qoʼshiladi. Bu yerda: mNH4NO3 – EFK ga qoʼshiladigan NH4NO3 miqdori; nMgO –EFK dagi MgO miqdori ifodalangan.


Kislotani bugʼlatilishidan 25, 30, 35% P2O5 li kontsentrlangan ekstraktsion fosfat kislotalar olingan. Bunday kislotalarda fosforitning parchalanish jarayonlari qoʼshaloq superfosfat olish usulida yetarlicha oʼrganilgan. Bunda EFK (100%P2O5):fosforit massa nisbati (100 (200):100 olingan edi va optimal sharoit EFK (100%P2O5):fosforit = 150:100 ekanligi koʼrsatib oʼtilgan edi. Undagi ekstraktsion fosfat kislotani bir qismini (10-20% miqdorini) sulfat kislota bilan almashtirilishi orqali, yaʼni EFK(100 %P2O5):H2SO4(100%):fosforit = (140 (130):(10(20):100 massa nisbatida yuqorida koʼrsatilgan ekstraktsion fosfat kislota kontsentrattsiyasi intervallarida parchalanish jarayonlari oʼrganilgan. Parchalanish jarayoni 60OS xaroratda 2 soat davom ettiriladi. Soʼngra olingan suspenziyadagi gipsning eruvchan tuzlarga konversiyalanishi uchun ammoniylashtiriladi. Аmmoniylashtirilgan suspenziyani ~105OS xaroratda quritilishidan mahsulot – sulьfasuperammofos - Q olinadi. Sulьfasuperammofos - Q olishda nafaqat fosforitning parchalanish darajasini oshirishga, balki uning ammoniylashtirilishidagi gipsning eruvchan tuzlarga konversiyalanish darajasiga ham eʼtiborni qaratish lozimdir. Chunki gips oʼgʼit tarkibida ballast sifatida ishtirok etadi. Konversiyalanish jarayoni suspenziyadagi erkin fosfat kislotani ammoniylashtirish orqali neytrallanish jarayoni bilan bir vaqtda sodir boʼladi va quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:

CaSO4 + 2H3PO4 + 2NH3 = Ca(H2PO4)2 + (NH4)2SO4


CaSO4 + 2NH4H2PO4 = Ca(H2PO4)2 + (NH4)2SO4
- Fosforitni fosfat-sulfat kislotali muhitda parchalanish jarayonini (optimal sharoitlarda) bugʼlatilmagan (~21,5% P2O5) va bugʼlatilgan (30-35%P2O5) ekstraktsion fosfat kislotalar bilan amalga oshiriladi. Bugʼlatilgan va bugʼlatilmagan sistemalardagi optimal sharoitlari alohida-alohida belgilanadi:
Bugʼlatilmagan sistema uchun optimal sharoitda: kuchsiz EFK (~21% P2O5) dan foydalanish; boshlangʼich komponentlar EFK (100% P2O5):H2SO4 (100%):fosforit = 130:20:100 massa nisbatida, parchalanish xarorat 60OS, neytrallanish darajasi pH = ~2, quritish xarorati 105OS boʼlishi kerak. Bunda donadorlanish va quritilishdan oldin suspenziyani bugʼlatilishi lozim, chunki suspenziya tarkibida 45-50% suv boʼladi. Natijada fosforitning parchalanish darajasi 75-90% ga, gipsning eruvchan tuzlarga konversiyalanishi 65-90% ga yetadi.
- Buning natijasida, tarkibida: 48% P2O5umum.; 47,3% P2O5oʼzl.; 43,2% P2O5s.e.; 3% N; 5,6% SO3umum.; 5,0% SO3s.e. va b. boʼlgan mahsulot olinadi.pH ning 2,5 gacha oshirilishi natijasida fosforitning parchalanish darajasi 70% gacha pasaygani holda gipsning suvda eruvchan tuzlarga konversiyalanishini 95% gacha koʼtarish mumkin. Bundan ishlab chiqarish va agrokimyoviy zaruratga qarab texnologik parametrlar qisman oʼzgartirilish mumkinligi koʼrinadi.
Bugʼlatilgan sistema uchun optimal sharoitda: aktivlangan EFK konsentratsiyasi 30-35% P2O5; boshlangʼich komponentlar EFK (100% P2O5):H2SO4(100%):fosforit = 130:20:100 massa nisbatida, parchalanish xarorat 60OS, neytrallanish darajasi pH =2, quritish xarorati 105OS boʼlishi kerak. Bunda fosforitning parchalanish darajasi 88-90% ga, gipsning eruvchan tuzlarga konversiyalanishi 68-72% ga yetadi. Bunda donadorlanish va quritilishdan oldin suspenziyani bugʼlatilishi shart emas, chunki suspenziya tarkibida boshlangʼich kislota konsentrattsiyasiga muvofiq holda 35-25% suv boʼladi.
- Buning natijasida, tarkibida: 44-45% P2O5umum.; 44-44,2% P2O5oʼzl.; 37-37,5% P2O5s.e.; 2,5-3% N; 9-9,3% SO3umum.; 6,3-6,7% SO3s.e.va b. boʼlgan mahsulot olinadi. pH ning 2,5 gacha oshirilishi natijasida fosforitning parchalanish darajasi 70% gacha pasaygani holda gipsning suvda eruvchan tuzlarga konversiyalanishini 95% gacha koʼtarish mumkin. Bundan ishlab chiqarish va agrokimyoviy zaruratga qarab texnologik parametrlar qisman oʼzgartirilish mumkinligi koʼrinadi.
- Ikkala variant boʼyicha olinadigan oʼgʼit tarkibida ham mono- va dikalsiyfosfatlar, mono- va dimagniyfosfatlar, mono- va diammoniyfosfatlar, ammoniy nitrat va sulfat, kalьsiy sulfat va boshqalar boʼladi.



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling