Bilimga chankok, isteʼdodli yoshlarni topib, ularni vatanga fidoyi insonlar kilib tarbiyalash mukaddas vazifadir
-rasm. Ko'mirning tuzilish strukturasi
Download 0.91 Mb.
|
Qaxramonaka OMU 18 06
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. AMALIY QISM
1-rasm. Ko'mirning tuzilish strukturasi
Dunyoda tuproq unumdorligini oshirish va qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olish uchun turli o‘g‘itlardan, ayniqsa organik mineral o‘g‘itlardan foydalanish ortib bormoqda. Organik mineral o‘g‘itlar qo‘llanilganda tuproqlar unumdorligi yaxshilanadi, ozuqa moddalarini o‘simlik tomonidan foydalanish darajasi, hosil sifati yaxshilanadi va hajmi oshadi, o‘simliklarning o‘sish jarayoni jadallashadi, ularning noqulay iqlim sharoitlariga va turli kassaliklarga bardoshligi oshadi. Shu bois Angren qo’ng’ir ko'mirlari asosida organik mineral o‘g‘itlar olish katta axamiyatga ega. II. AMALIY QISM 2.1. Qizilqum fosforit namunalarini kimyoviy tarkibi va ularning fizik-mexanik xossalariIlmiy tadqiqotlar past navli Markaziy Qizilqumning minerallashgan massa va shlamli fosforitlari (2.1-jadval.) bilan olib borildi. 2.1-jadval. Past navli Markaziy Qizilqum fosforit namunalarining kimyoviy tarkibi.
Ilmiy tadqiqotlarda foydalanilgan fosforit namunalarining fizik-mexanik va tovar xossalari (2.2-jadvallar) o‘rganildi. Ko‘pgina kukunsimon materiallarni korxona ichida tashish, omborxonada saqlash va qadoqlash qurilmalarini loyihalashtirishda xom ashyolarning namligi, zichligi, xajmiy og‘irligi, tabiiy qiyalik burchagi, oquvchanligi va boshqa fizik-mexanik xossalari muhim ahamiyatga ega. Xom ashyolarning namligi va zichligi ortishi natijasida ularning fizik-mexanik xossalari keskin o‘zgaradi va bu hol xom ashyoni korxona ichida tashish, omborxonada saqlash va qadoqlash qurilmalarini loyihalashtirishda ko‘pgina noqulay sharoitlarni keltirib chiqaradi. SHuning uchun, fosforit namunalari: minerallashgan massasi va shlamli fosforitlarining namlik va zichliklari o‘rganildi. Omborxonalarni loyihalash, bunker va tashish qurilmalarini tanlash uchun hajmiy og‘irligini aniqlash zarurdir. Masalan, fosforit uni namunalari o‘rtacha 1,20 % namlikda hajmiy og‘irligi 1,110 g/sm3,hamda solishtirma massasi 2,096 g/sm3 tashkil etadi. Namlikning miqdori 3,30 %gacha o‘sganda uning qiymati o‘rtacha 2,75 marta ortadi. Fosforitlarda tabiiy qiyalik burchagi 41-44 °C ni tashkil etadi. Yuqoridagi fizik-mexanik xossalarga xom ashyoning donadorlik darajasi ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot natijalari 2.3-jadvalda keltirilgan. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling