Bilishning falsafiy mazmuni reja


Download 235 Kb.
bet5/5
Sana16.01.2023
Hajmi235 Kb.
#1094780
1   2   3   4   5
O‘yin vositasidagi bilim nafaqat bolalar, balki kattalar faoliyatining ham muhim unsuri hisoblanadi. O‘yin jarayonida shaxs qizg‘in bilish faoliyatini amalga oshiradi, bilimlarning katta hajmini o‘zlashtiradi, madaniy boylik – ishga doir o‘yinlar, sport o‘yinlari, aktyorlarning o‘yinlari va shu kabilarni qon-qoniga singdiradi. O‘yin bolalarning qiziquvchanligini qondirish, ularning ma'naviy dunyosi va ma'lum bilimlari, o‘zaro til topish ko‘nikmalari va shu kabilarni shakllantirishda muhim ijtimoiy rol o‘ynaydi.
Hozirgi zamonda o‘yin tushunchasidan matematika, iqtisodiyot, kibernetika va boshqa fanlarda keng foydalanilmoqda. Bu yerda murakkab jarayonlar kechishining har xil variantlari, ilmiy va amaliy muammolarning yechimlari ko‘rib chiqiladigan maxsus o‘yin modellari va o‘yin ssenariylari tobora ko‘proq qabul qilinmoqda. Hozirgi zamon falsafiy va ilmiy tafakkurining bir qancha nufuzli yo‘nalishlari o‘yinni mustaqil o‘rganish sohasi sifatida ilgari surmoqdalar. Germenevtika (Gadamer), falsafiy antropologiya shunday fanlar jumlasidan. Masalan, Xaydegger o‘yinni madaniyat shakllanishining umumiy tamoyili, har qanday davrda kishilik jamiyatining negizi deb hisoblaydi. Gadamer fikriga ko‘ra, o‘yin – san'at asarlarining mavjudlik usuli, mazkur asarlarning mavjudligi esa, o‘z navbatida, haqiqatni aniqlashning muhim usulidir.
Mifologik bilim insoniyat tarixining dastlabki bosqichida muhim rol o‘ynagan. Mifologik bilimning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u borliqning fantastik in'ikosi hisoblanadi. Mifologiya doirasida tabiat, koinot va odamlar, ular mavjudligining shart-sharoitlari, aloqa shakllari va hokazolar haqidagi muayyan bilimlar shakllangan. So‘nggi vaqtda (ayniqsa strukturalizm falsafasida) mifologik tafakkur – bu shunchaki fantaziyaning tiyiqsiz o‘yini emas, balki ajdodlar tajribasini qayd etish va keyingi avlodlarga berish uchun imkoniyat yaratadigan dunyoni o‘ziga xos tarzda modellashtirish ekanligi aniqlandi.
Mifologik tafakkurga uning emotsiyalar sohasi bilan uzviyligi, bilish ob'ekti va sub'ektini, predmet va belgini, narsa va so‘zni, hodisaning kelib chiqishi (genezisi) va mohiyatini aniq farqlamaslik xos. Unda tabiiy va ijtimoiy hodisalarni, shuningdek butun dunyoni tushuntirish ularning kelib chiqishi va yaralishi haqidagi hikoyalarga bog‘langan (germetizm).
Ayrim hozirgi tadqiqotchilarning fikricha, bizning davrimizda mifologik bilishning ahamiyati pasayayotgani yo‘q. Masalan, P.Feyerabend dunyo yutuqlari madaniyatga asos solgani, ratsionalistlar esa faqat uni doim yaxshi tomonga o‘zgartirishganiga ishonchi komil.
Mif – ibtidoiy odam tafakkurining tabiat hodisalarini tushunish va tushuntirishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Mif narsa va obraz, jism va xossa, «asos» va tamoyillarni farqlamaydi. Voqyealar o‘xshashligi yoki ketma-ketligini sabab va oqibat bog‘lanishi sifatida talqin qiladi. Mif oliy darajada universal voqyealar, chunonchi: inson o‘limi va uning mangu barhayotligi, dunyoning vujudga kelishi, qahramonona qilmishlar, madaniyat yutuqlari (masalan, olovning o‘g‘irlanishi haqidagi mif) va shu kabilar haqida hikoya qiladi. Mifning mazmuni ramziy tilda ifodalanadi, natijada uning xulosalari keng va ko‘p ma'noli tus kasb etadi. Ko‘p sonlilik tamoyilini, aks ettirish, muayyanlik va antromorflik (ya'ni inson xususiyatlarini tabiat ob'ektlariga o‘tkazish), obraz va ob'ektni tenglashtirish kabilar mifologik bilishning o‘ziga xos xususiyatlaridir. Borliqni anglab yetish usuli sifatida mif inson, jamiyat, dunyoni modellashtiradi, tasniflaydi va talqin qiladi.
Shaklan mif muayyan voqyeani tabiatda yoki muayyan xalqlar tarixida bo‘lib o‘tgandek ifodalovchi rivoyatdir. Kosmogonik miflarda Logos yoki Aql harakatga keltiradigan va boshqaradigan, ierarxik tuzilishga ega bo‘lgan yagona va yaxlit kosmos haqidagi tasavvur shakllangan. Shu sababli kosmos oliy barkamollikka ega deb tasavvur qilingan. Bu tasavvurlar kosmosning o‘zgarishlarida tabiat hodisalarining uzluksiz aylanishini hosil qiluvchi yer, havo va olov stixiyalari podsholigi sifatidagi talqinida muayyanlashgan.
ADABIYOT


ASOSIY:

  1. Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 1-18 jildlar. T. O‘zbekiston. 1996-2011

  2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. -176.

  3. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2009.

  4. Karimov I.A. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash - bizning oliy maqsadimiz. T.17. –Toshkent: O‘zbekiston, 2009.

  5. Karimov I.A. Hamkorlik, taraqqiyot va xavfsizlikni ta’minlash yo‘lidan // Xalq so‘zi. – 2010 yil 22 sentabr.

  6. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruza. 12 noyabr. – Toshkent: O‘zbekiston, 2010.

  7. Karimov I.A. Bu muqaddas vatanda azizdir inson// O‘zbekiston mustaqilligining 19 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruza// Xalq so‘zi.2010 1 sentabr Karimov I.A. Bu muqaddas vatanda azizdir inson// O‘zbekiston mustaqilligining 19 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruza// Xalq so‘zi.2010 1 sentabr

  8. Karimov I.A. BMT sammitining mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisdagi nutq.-T.: O‘zbekiston, 2010.

  9. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaillikka erishish ostonasida.T.: o‘zbekiston, 2011 386 b

  10. Karimov I.A. Buyuk va muqaddassan mustaqil vatan.O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruza. T.: O‘zbekiston, 2011

  11. Romanenko Y.M. Bitiye i yestestvo: Ontologiya i metafizika kak tipi filosofskogo znaniY. – M., 2003. 784 s.

  12. Falsafa asoslari. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005

  13. Shermuxamedova N.A. GnoseologiY. –T.O‘FMJ. 2007

  14. G‘arb falsafasi. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005.

  15. Nazarov Q.N. Bilish falsafasi. –T.: Universitet, 2005.

  16. Falsafa. Ahmedova M. Tahriri ostida –T.: OFMJ, 2006

  17. Jahon falsafasi tarixidan lavhalar. Nazarov Q. tahriri ostida. –T.: Sharq, 2004

  18. Shermuxamedova N. A. Falsafa va fan metodologiyasi. –T.: Universitet, 2005.

1 Tolstoy L.N. Vospominaniya. – M.: Progress, 1991. – S.3.

Download 235 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling