Bilmasboy quyosh shahrida


Download 352.1 Kb.
bet22/31
Sana08.03.2023
Hajmi352.1 Kb.
#1250853
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
Bog'liq
Bilmasboy quyosh shahrida

Yigirma ikkinchi bob


MEXANIZATSIYA MO'JIZASI

Ko'kko'z ertasi kuni ertalab Asalxonning oldiga kelib, kasalxonadan chiqarilgan bolalar ko'chada janjallashmay, aksincha, o'zlarini juda yaxshi tutib yurishganini, hatto qizaloqlarga olma terishga yordam berishayotganini aytib berdi.


— Bolalarga mos ish topganlaringiz juda soz bo'libdi. Bugun chiqariladigan Magarqul bilan Dovdirni ham ishga jalb qilinglar, — dedi Asalxon.
— Tag'in bitta-yarimtasini chiqarishning iloji yo'qmi? — deb iltimos qildi Oppog'oy. — Ularni qiziqtiradigan ish turganda bekorga qamalib yotishibdi.
— Men kechagina Agarqul bilan Shoshqaloqni navbatsiz chiqarib yubordim-ku, axir, bular ham ozlik qiladimi sizlarga? — dedi Asalxon.
— Ozlik qiladi.
— Unday bo'lsa, Indamasni ham chiqarish mumkin. U juda ham mo'min, biron iltimos qilib mening jonimga ham tekkani yo'q.
— Tag'in kim bor?
Asalxon ko'zoynagini taqib ro'yxatni ko'ra boshladi:
— Yana Bo'g'irsoq bilan Sharbatjonni ham chiqarsa bo'ladi. Ular ham mo'mingina. Aytganday, bor gapdan ko'z yumish to'g'ri emas. Bo'g'irsoqni chiqarmaslik kerak edi, nega deganingizda u juda ko'p shirinlik yeydi. Men uning bu yaramas odatini tashlata olmadim. U yeb qo'ya qolsa mayliydiya! Hammadan yomoni, cho'ntaklarini shirinlikka to'ldirib oladi, yana yostig'ining tagiga ham bekitib qo'yadi. Ha, mayli zararsiz, zora ochiq havoga chiqqandan keyin ishtahasi bo'g'rib qolsa. Sharbatjonni bo'lsa, hadeb gazli shirin suv ichgani uchun ushlab turishga to'g'ri keladi. Lekin bular men bilan yaxshi muomalada bo'lishgani uchun chiqara qolaman.
Asalxon yana ro'yxatni ko'ra boshladi:
— O'qtoyni chiqarishga hali vaqt bor, — dedi u, — hali uning oyog'i tuzalgani yo'q. O'qtoy rostakam kasal.
— Sergapnichi? — deb so'radi Ko'kko'z.
— Yo'q, yo'q! — deb unamadi Asalxon. — Sergap juda bema'ni odam! U doim g'ingshiydi, doim nimadandir norozi. Bilasizmi, u hammaniyam joniga tegdi. Juda beso'naqay bo'lgani uchun yota tursin bu yerda. Rostini aytganda, men undan hamda yaramas Dorijondan jon deb qutulardim. Dorijon o'zini vrach deb hisoblab, doim mening davolash yo'limni noto'g'ri deb isbotlashga urinadi.
— Joningizga tegmasin desangiz chiqarib yubora qolingda ularni, — dedi Kc'kko'z.
— Nima deyapsiz! Hechda! Siz bfrasizmi, jonginam, u yaramas Dorijon menga nima dedi? Kasallarni tuzatish o'rniga, sog'larni kasal qilarmishman. Bu qanaqa nodonlik! Yo'q, men uni lozim bo'lgan kungacha saqlayman. U sira vaqtli chiqolmaydi. Sergap ham shunday!
Shunday qilib, Ko'kko'z kasalxonadan Dovdir va Magarquldan boshqa yana Indamas, Bo'g'irsoq va Sharbatjonlarni chiqarishga muvaffaq bo'ldi. Kasalxonada O'qtoy, Sergap va Dorijonlargina qolishdi. O'qtoy oyog'i og'rib turgani uchun chidab turdi. Ammo Sergap bilan Dorijon bu xo'rlikdan sochlarini yulishga ham tayyor edi, agar kechgacha chiqarmasalar, qochamiz, deyishdi.
Murvatvoy, Tuzatvoy va Kulchavoy g'ira-shirada turib yana avtomobilni tuzatishga kirishdi. Oxiri mashina g'ig'illab, motori ishlay boshlaganda kun ancha yuqoriga ko'tarilib qolgandi. Uchala do'st mashinaning yurishini sinab ko'rmoqchi bo'lishdi. Uy atrofida chang ko'tarib, g'ildiratib yurishdida, keyin darvozadan chiqib ko'cha bo'ylab haydashdi. Shu choq ko'chada meva yig'ib yurgan qizaloqlarni ko'rib qolishdi. Olma tepasida Shoshqaloq, Dovdirvoy hamda Agarqul bilan Magarqullarni ko'rishdi. Olma yonidagi nok tepasida bo’lsa Mashshoqvoy, Indamas va Ninachilar ishlashardi. Qayoqqa qarasang — qizaloqlarning olma yumalatib ketayotganini ko'rish mumkin.
Bilmasvoy ishlovchilarning orasida u yoqdan-bu yoqqa izg'ir va zavqlanib buyruq berardi:
Beshtangiz u yoqqa, beshtangiz bu yoqqa! Anovi olmani olib, yumalatinglar! Bu yerga hozir nok tushadi, chetroq turinglar, bo'lmasa ustlaringga tushib ketadi. Ey, yuqorida turganlar, ogohlantiringlar-da! Chetroq turinglar, tushib ketsa, men aybdor emasman.
Bularni shovqin-suronsiz ham qilish mumkin-ku, ammo Bilmasvoy shovqinini to'xtatsa, jamiki ish to'xtab qoladi deb o'ylardi.
Sharbatjon bilan Bo'g'irsoq ham ishlashdi — nok yumalatishdi. Ular nokni yumalatish kerak bo'lgan tomongamas, teskari tomonga qarab yumalatishardi. Nokning tuzilishi olmaga o'xshagan yumaloq emasligini hamma biladi. Agarda uni yumalatmoqchi bo'lsangiz, bir doirada aylanib turaveradi. Buning ustiga noklar juda yumshoq edi. Daraxtdan to'kilishda ular zahalanib qolishgandi. Sharbatjon bilan Bo'g'irsoq yumalata berib, nokning yonini ezib yuborishdi. Shuning uchun ularning hammayog'i shira bo'lib ketdi, nuqul qo'llarini yalashardi.
— Nega nokni hadeb bir joyda yumalatib turibsiz? Ezib yubordinglar-ku! — deb ularga baqirdi Bilmas­voy. — Yoki undan sharbat qilmoqchimisiz? Sharbat qilishni ko'rsatib qo'yaman sizlarga!
Murvatvoy bilan Tuzatvoy avtomobilni to'xtatib, ularga qarab tomosha qilib turishdi.
— Ey, Bilmasvoy! — deb baqirdi Murvatvoy. — Nega sizda mexanizatsiya yo'q?
— Qo'ysang-chi! — deb qo'l siltadi Bilmasvoy. — Olmani qo'yadigan joy yo'q-ku o'zi, tag'in u mexa­nizatsiya deydi-ya!.. Mexanizatsiyani qayoqdan olaman sizga?
— Mana bitta mashina bor-ku, — deb javob berdi Kulchavoy.
— Hali mashina — mexanizatsiyami?
— Albatta mexanizatsiyada! Olma-noklarni mashinada tashiymiz.
— Bo'pti! — dedi Bilmasvoy. — Topdik! Qani daraxtning tagiga olib kelchi, olmani birato'la mashinaga tushira qolamiz.
— Shoshma, bunday bo'lmaydi, — dedi Murvatvoy. — Olmani bunaqa qilib mashinaga tashlansa, olma ham eziladi, mashina ham sinadi.
— Nima deysan, seningcha, olmani daraxtdan qo'lda ko'tarib tushish kerakmi?
— Nega qo'lda bo'lar ekan! Arqon bilan tushiramizda.
— Bo'pti!.. — deb baqirdi Bilmasvoy. — Qani, qizaloqlar, tezda buyoqqa arqon olib kelinglar.
Qizaloqlar darrov arqon olib kelishdi. Bilmasvoy arqonni olib, uni aylantira boshladida, nima qilishini bilmay qarab turdi. Keyin bir nima o'ylab topganday bo'lib, arqonni Murvatvoyga uzatdi:
— Qani, buni ishga sol! — dedi.
Murvatvoy arqonni olmajjhoxiga otib ilintirdida, Shoshqaloqqa arqonning uchini oliftaning bandiga bog'lashni buyurdi, bir uchini esa bir qancha qizaloqlarga ushlab turinglar, dedi.
— Endi arrala! — deb qichqirdi Shoshqaloqqa. Bir necha minutdan keyin olmaning bandi arralanib, olma arqonga osilib qoldi. Murvatvoy Kulchavoyga mashinani osilgan olmaning tagiga keltiring, dedi. Qizaloqlar arqonni asta-sekin bo'shatisha boshlashdi. Olma to'ppa-to'g'ri mashinaning yukdoniga tushdi. Arqonni olmaning bandidan yechishdi, olmani uyga mashinada olib ketishdi.
— Hozir ikkinchi mashinani olib kelamiz, — dedi Kulchavoy.
Ular mashinaga tushishib, Kulchavoyning mashinasi qolgan garajga jo'nashdi. Bir necha daqiqadan keyin ikkita mashina bilan kelib qolishdi. Bitta mashina olma, bittasi nok tashiy boshladi.
— Mexanizatsiyaning mo'jizasini ko'rdinglarmi? — deb maqtanib gapirdi Bilmasvoy. — Qizaloqlar, ehtimol, bunaqa usul tushingizga ham kirmagandir!



Download 352.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling