Bilmasboy quyosh shahrida


Download 352.1 Kb.
bet24/31
Sana08.03.2023
Hajmi352.1 Kb.
#1250853
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
Bog'liq
Bilmasboy quyosh shahrida

Yigirma to'rtinchi bob


BO'YOQVOYNING IXTIROSI

Ertasi kuni ham olma va nok terish davom etdi. Shahar ko'chasida uchinchi mashina paydo bo'lib qoldi, bu Buramavoyning bug' bilan yuradigan sakkiz g'ildirakli avtomobili edi.
Varrakxona shahrida Kulchavoyning g'oyib bo'lganini sezib qolishdi. U yerdagi odamlar Kulchavoyni Murvatvoy bilan Tuzatvoy Yashil shaharga olib ketganligini bilishardi. Ammo Kulchavoy safardan qaytib kela bermagach, hamma biror ko'ngilsiz voqea ro'y bermaganmikin deb, xavotir bo'lib, Buramavoydan xabar olib kelishni iltimos qilishdi. Buramavoy Yashil shaharga kelib, Kulchavoyning o'z mashinasida meva tashiyotganini ko'rdi-da, u ham jim turolrnay ishga kirishib ketdi.
Varrakxonadagilar Buramavoyni kechga qadar kutishdi, ammo u ertasi kuni ham qaytib kelmadi. Shahar bo'ylab har xil bo'lmag'ur shov-shuvlar tarqala boshladi. Ba'zilar Yashil shahar yo'lida yalmog'iz kampir paydo bo'lib, kimni ko'rsa yeb qo'yayotganmish, deb aytishdi. Boshqalari bo'lsa, bu yalmog'iz kampir bo'lmay, o'lmas Koshchey emish der, yana ba'zilari bahslashar va o'lmas Koshchey bo'lmaydi, bu uch boshli ajdar, Yashil shahar yo'lida emas, Yashil shaharning o'zginasida o'rnashib olganmish, deb ishontirishardi. Bu ajdar har kuni bitta qizaloqni yer ekan, agar shaharda o'g'il bola ko'rinib qolsa, shu zahoti yeb qo'yar ekan, negaki, qiz boladan ko'ra o'g'il bola yaxshiroq emishda.
O'sha uch boshli ajdar haqida gap tarqalgandan keyin Varrakxonadagilardan hech kim qizaloqlar shahrida nima bo'layotganini bilishga yuragi betlab borolmadi. Har kim ham uyimda tinchgina o'tirganim yaxshiroq derdi. Ammo tez orada bir jasur topilib qoldi. U borib hamma narsani bilib kelaman dedi. Bu ancha mashhur bo'lgan Mixvoy edi.. Uning kimligi haqida yuqorida gapirilgan edi. Mixvoyning beboshligini va yeb to'ymas ajdarning og'ziga ham kirib keta berishini u yerning aholisi bilardi.
Hamma unga bormagin, deb nasihat qila boshladi. Ammo Mixvoy quloq solmadi. U qizaloqlar oldida juda aybdorligini, endi vijdoni qiynalayotganini aytib berdi. Shu sababli u o'z gunohini yuvish uchun shaharga borib, o'sha ajdarning xuddi dumiga tupurmoqchimish, ajdar bo'lsa o'lib qolarmish, degan gapni Mixvoy qayoqdan olganini aytmadi.
Mixvoy jo'nadi. Ba'zi birovlar juda achinib, halitdan yig'lab olishdi. Boshqalari bo'lsa, unga unchalik achinishning hojati yo'q, bitta bezori kamayib, shahar ancha tinchib qoladi, deyishdi.
— Lekin uni qayta tarbiyalay olmaganimiz uchun o'zimiz aybdormizda, — Heyishdi bjrinchi gapirganlar.
— Bunaqalarni tarbiyalab bo'psan! — deb javob berishdi ikkinchilari. — Uni tarbiya qilish o'limdan ham qiyin.
Bu gapdan ma'lum bo'lishicha, birinchilar hali Mixvoydan unchalik yomonlik ko'rishmagan edi, ikkinchilarning esa Mixvoy xiyla dodini bergan edi.
Xuddi kutilganiday Mixvoy qaytib kelmadi. Shundan keyin shaharda hamma ajdar haqidagi shov-shuvga ishondi. Aqlga sig'maydigan uydirma gaplarni gapira boshlashdi. Har bir odam bu ajdarga bittadan yangi bosh qo'shardi, sekin-asta uch boshli ajdar yuz boshli ajdarga aylanib ketdi.
Albatta, bu gaplarning bari uydirma edi. Ba'zi bir eng aqlli kitobxonlar Mixvoyning nima uchun qaytib kelmaganini ehtimol payqashgandir. Ba'zi payqamay qolganlarga tushuntirish mumkin, Mixvoyni ajdar yutib yuborgani yo'q, ajdar hech kimni yutgani ham yo'q. Hech qanday ajdar-pajdar bo'lgani ham yo'q. Mixvoy ishga berilib ketdi, xolos. Uning ham daraxt ustiga chiqib, arra bilan ishlagisi keldi. Axir bu juda qiziq ishda, buning ustiga xavfli ham. Biror o'g'il bola xavf oldida chekinarmishmi?
Bu kunlarda faqat Bo'yoqvoygina uyda o'tirib rasm ishlardi. Har bitta qizaloqning suratli bo'lgisi kelardi, ular Bo'yoqvoyning joniga tegishdi. Yana hammaning rasmga eng chiroyli bo'lib tushgisi kelardi. Bo'yoqvoy ularga har kim o'zicha chiroyli ekanini, hatto kichik ko'zlar ham chiroyli bo'lishi mumkinligini isbot qilishga urinib ko'rdi. Bo'lmadi! Har bir qizaloq ham ko'zi albatta katta, kipriklari uzun, qoshi yoyday va og'zi kichkina bo'lishini talab qilardi. Bo'yoqvoy oxiri bahslashishni yig'ishtirib, ular talab qilganday chiza boshladi. Bu anchagina qulay tushib, hech qanday tortishuv bo'lmadi. Uning ustiga, Bo'yoqvoy surat ishlash usuliga yangilik kiritish mumkinligini sezib qoldi. Hamma ham bir xilda talab qilgandan keyin, andaza ishlatishni mo'ljalladi. Bir bo'lak qalin qog'oz oldi-da, undan ikkita katta ko'z qirqdi, uzun, egilgan qosh, ixchamgina burun va kichkinagina lab, salgina chuqurchasi bor iyak, ikki tomonga nozikkina bir juft quloq o'ydi. Yuqorisidan hurpaygan soch qilib qirqdi, pastdan esa ingichka bo'yin va uzun barmoqli ikkita qo'l ishladi. Bunday andazani tayyorlab bo'lib, nusxa olishga kirishdi.
Nusxaning nimaligi hozir hammaga ayon bo'ladi. Bo'yoqvoy andazani bir bo'lak qog'oz ustiga qo'ydida, qizil bo'yoqni olib, andazadagi qirqilgan labni bo'yay boshladi. Qog'ozda birdaniga labning shakli paydo bo'ldi. Undan keyin burunni, quloqni, qo'lni badan rangidagi bo'yoqqa bo'yadida, so'ngra sochini qora yoki sariqqa, ko'zlarni zangori yoki qo'ng'ir rangga bo'yadi. Mana shu usulda nusxa paydo bo'ldi.
Bo'yoqvoy bunaqa nusxalardan bir qanchasini tayyorladi. Qaysi bir qizaloqning ko'zi ko'k, sochi sariq bo'lsa, u ko'kko'zli va sariq sochli nusxani olar, sal-pal o'xshatib, suratni tayyorlab beraverardi. Qaysi bir qizaloqning ko'zi va sochi qora bo'lsachi, bunaqasiga ham nusxa topilardi.
Bunaqa bir nusxadagi suratlardan Bo'yoqvoy talayini ishlab tashladi. Bu yangiligi ishni tezlashtirdi. Buning ustiga, Bo'yoqvoy tajribali ustaning qo'lidan chiqqan andaza bilan har qanday mitti bola ham nusxa tayyorlay olishini kashf etdi. Bu ishga Agarqulni jalb qildi. Agarqul ham andaza nusxalarini kerakli bo'yoqlar bilan shunday bo'yadiki, u tayyorlagan nusxalar Bo'yoqvoy ishlaganlaridan sirayam qolish-masdi. Bo'yoqvoy bilan Agarqul o'rtasidagi mehnat taqsimoti ishni yana ham tezlatib yuborgani juda yaxshi bo'ldi, chunki surat buyuruvchilarning soni kamaymay, kundan-kunga osha bordi.
Agarqul o'zining yangi vazifasidan juda mamnun edi. G'ururlanib Bo'yoqvoy bilan o'zini: “Biz — rassomlarmiz”, derdi. Ammo Bo'yoqvoy o'zining ishidan ko'ngli to'lmay, buni nimagadir ko'chirmakashlik deb atardi. U yashil shaharda ishlagan hamraa suratlari orasida Oppog'oy bilan Ko'kko'zning portretinigina haqiqiy san'at asari deb hisoblash mumkin, boshqalari esa shunchaki ilojsizlikdan qilingan, derdi.
Bu fikrga surat egalari qo'shilishmadi. Chiroyli chiqqani hammalariga ham ma'qul edi, o'xshashining uncha zarurati yo'q, deyishardi. Har narsaga har kim turli munosabatda bo'ladida.



Download 352.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling