Bilurmisan, sevgan kishiga Sodiq bo‘lmoq o‘zi saodat …
Xayolimda bo‘lding uzun kun
Download 101.37 Kb.
|
bir sher tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sho‘x yulduzlar, salqin saharlar
- Meni qurshar salqin bir havo
- Hiylagar oy, sehrgar dilbar
Xayolimda bo‘lding uzun kun,
seni izlab qirg‘oqqa bordim. och to‘lqinlar pishqirgan tunda, Topib ber, deb oyga yolvordim. Ishon, bunda seni doimo Esga solar chiroyli tunlar, Sho‘x yulduzlar, salqin saharlar, Esga solur baxtiyor kunlar. Toleimning oshinosi sen, Sen sevgimning ko‘kargan bog‘i, Sening bilan birga iqbolim, Ishonchimning sen vafo tog‘i. Meni qurshar salqin bir havo, Suv ustidan tun quyuladi. Shunda qancha-qancha gaplarni Esga solib oy ham to‘ladi, Kecha jimjit, yolg‘iz to‘lqinlar Pishqiradi bilmay tinimni. Hiylagar oy, sehrgar dilbar, Solib qo‘yding yodimga kimni?… Muzeyni aylanar ekanman shior va uning oilasiga tegishli ashyolar va haligacha kishini hayajonga solguchi o‘lmas bitiklarni o‘qib ularda mana shunday buyuk qalb egalari sevgi, sadoqat , baxt, shodlik kuychilari H.Olimjon va Zulfiyaxonim siymolarini ko‘rdimtasavvurim olislarga yetakladi…Tashqarida bahor epkini esmoqda ..bahor kirib kelmoqdaa …hademay shoir madh etgan o‘rik oppoq bo‘lib gullaydi…uning go‘zalligi ifori ko‘ngilga qanchalik orom bag‘ishlasa ikki go‘zal qalbning sevgi dostoni va ularning ash’orlari bahorni sog‘inib unga talpingan yuraklarda mangu yashaydi.. Hurmatli Yurtboshimiz 1987 yili O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonimning 80 yoshga to‘lishi munosabati bilan yuborgan tabriknomasida bunday satrlar bor: “Muhtaram Zulfiyaxonim! Siz latif ijodingiz bilan millionlab kishilarga ezgulik, muhabbat va sadoqatdan saboq berdingiz. Hayot Sizni har doim ham ayagani yo‘q. Aslida bu yorug‘ dunyoda ayriliq va hijron azobi hammaning ham boshida bor. Doimo g‘am-anduhni matonat bilan mahv etgan, armonlaridan tirik orzular yaratgan, tog‘dek bardoshi bilan sadoqat va vafo ramziga aylangan Siz kabi ayollar juda kam topiladi…” Zulfiyaxonim yuqoridagi e’tirofning har bir so‘ziga munosib umr kechirdi. U shoira, sevimli yor, ayol-ona bo‘lib o‘zbek ayolining fazilatlarini hamma joyda ulug‘ladi, sharafladi, namoyon etdi. U hayotlik paytida yozib olganim mana bu xotiralar ham fikrimiz isboti: “…Hamid Olimjonning vafotidan uch-to‘rt oy o‘tib she’r yoza boshlagan bo‘lsam-da, u dardli satrlarni hech kimga o‘qimasdim ham, gazeta-jurnallarda chiqarmasdim ham. U mening o‘z dardim, og‘rig‘im edi. Hammaning g‘amu tashvishlari o‘ziga yetib ortardi o‘sha paytda. 1945 yilning bahori. Yerda, ko‘kda nur. Daraxtlar guldor gumbazday bo‘lib, ularning ichida quyosh kukunlari chaqnardi. Allaqanday behishtiy manzara hokim. O‘zingni qayerga qo‘yishni bilmaysan. Hammaning ko‘zida xushnudlik, ruhlari baland. Ikkinchi jahon urushi tugamagan bo‘lsa-da, g‘alaba yaqin edi. Bu men uchun Hamid Olimjonsiz kelgan ilk bahor edi, hamma narsa uni eslatardi. Bahor bo‘lsa-da, yuragimga qil sig‘masdi. Shunday kayfiyatda borarkanman, G‘afur G‘ulom kelib qoldilar. – Qayoqqa ketyapsan? – deb so‘radilar. – Qayerga borishimni bilmayman. O‘sha yoqqa, – dedim Hamid Olimjon yotgan tomonga ishora qilib. – Menga hozir… shunday yerosti yo‘li bo‘lsa-yu, u orqali dashtlarga chiqib ketsam. Na gul ochiladigan va na o‘t ko‘karadigan… – Nima deyapsan? – gapimni bo‘ldilar G‘afur aka. – Mana bu bahorgi dunyoni tomosha qil. Sen bunday gaplarni og‘zingga olma! Bu – yomon gap. Undan ko‘ra she’r yozgin, – dedilar. Shu suhbatdan ko‘ksim to‘lib uyga bordim-da, kechki ovqatdan keyin bolalarimni uxlatib, ularning yonidagi stolimga o‘tirdim. Qancha vaqt o‘tirganimni bilmayman. Qaynonam Komila buvi juda ajoyib, mehribon, jannati ayol edilar… xonam eshigini ochib: – Bolam, ancha vaqt bo‘ldi, charchab ketdingiz. Yoting, ertalab ishga boradigan odam, – dedilar. – Ayajon, men juda yaxshi o‘tiribman. Siz uxlayvering. She’rni bitirdim, oqqa ko‘chirdim, yaxshi kayfiyat bilan ishga jo‘nadim. Lekin ko‘nglim nimagadir ilhaq. Keyinroq bir she’rda yozganimdek: She’rim yozib… nuqta qo‘yiboq Bir tinglovchi qolaman izlab… Ishxonamda yonimdagi besh redaktor o‘z ishlari bilan band. Bir vaqt G‘afur akam kelib qoldilar. Men yangi yozilgan “Bahor keldi seni so‘roqlab” she’rini o‘qib berdim. Aziz do‘stim, bu o‘sha – hammamizga qadrdon, sevimli bo‘lgan she’r. Keling, uni Zulfiyaxonimdan tinglagan kabi yana takror o‘qiylik: G‘afur G‘ulom bilan suhbatga qaytamiz. …Kechinmalar satrma-satr bosib kelib, holdan keta-keta o‘qib tugatdim. She’rni diqqat bilan tingladilar. – …Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni, U ham yosh to‘kdi-yu, chekildi nari… – dedilar G‘afur aka. – Yaxshi aytibsan! Nigohlariga behol boqaman. Ziyrak ko‘zlari jiqqa yosh. Birdan o‘rinlaridan turdilar-da, o‘kirganday buyruqnamo dedilar: – Yozma bunaqa she’rlarni, jigarim! She’rga shoir qalbidagi hayajon, bo‘ronlarning o‘n foizigina tushadi. Qolgan to‘qson foizi seni xarob qiladi, singlim! Lekin yaxshi yozibsan, ofarin! – dedilar. Yakunlovchi bandni qayta o‘qittirdilar: Hijroning qalbimda, sozing qo‘limda, Hayotni kuylayman, chekinar alam. Tunlar tushimdasan, kunlar yodimda, Men hayot ekanman, hayotsan sen ham. – Mana bu juda soz! – dedilar. – Endi ikki kishi uchun yashab, ikki kishi uchun yozishing kerak. Alamni qalam ko‘taradi. Lekin g‘am-anduhga muk tushib yotish hammaning ham qo‘lidan keladi. Yengishga qodirligingni tabriklayman. Omon bo‘l! – deb chiqib ketdilar. Charchoqlarimni bahor o‘zining zilol, mayin kaftlari bilan silab o‘tgan kabi yengil o‘rnimdan turdim…” Hayot shiddatli daryo kabi oqaveradi, yangi zamonlarning yangi avlodlari tarixga kirib kelaveradi. Zulfiyaxonim kabi “Baxtim shu – O‘zbekning Zulfiyasiman”, deb faxrlangan va bu iftixorga munosib yashagan insonlar nasllarga ibrat bo‘lib qolaveradi. Download 101.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling