Birinchi toifa diagrammalarini ko’radigan bo’lsak, T-tarkib diagrammasida yuqoridagi egri chiziq bug’ chizig’i bo’lib, u qaynash harorati bilan bug’ fazasi tarkibi orasidagi bog’lanishni ifodalaydi; pastki chiziq esa, suyuq fazaga mansub, chunki u qaynash harorati bilan suyuq faza tarkibi orasidagi bog’lanishni aks ettiradi. Bug’ egrisidan yuqorini bug’ soha, suyuqlik egrisidan pastni suyuqlik sohasi tashqil kiladi. Bug’ning bosimi qaynash haroratiga teskari proporstional bo’lgani uchun R-tarkib diagramma T-tarkib diagrammaning teskarisi bo’ladi. Bug’ va suyuqlikning egrilarining o’rtasi geterogen sohadan iborat bo’lib, bug’ suyuqlik bilan muvozanatda turadi. Geterogen soha ichidagi figurativ nuqtalarda suyuq va bug’ fazada turgan moddalarning miqdorlari (molyar qismlari) va fazalarning tarkibi Richag qoidasi asosida aniqlanadi. Buni quyidagi chizmada ko’rish mumkin: Na – tarkibli suyuq aralashmani qizdirsak, T1 haroratda qaynash boshlanadi va bir qism suyuqlik bug’ga aylanadi. Suyuqlik va bug’ fazalarining tarkibini aniqlash uchun 0 nuqtadan tarkib o’qiga paralel ravishda bug’ va suyuqlik egrisiga chiziq o’tkaziladi. Suyuqlik egrisiga uchrashgan a-nuqta to’g’ri kelgan tarkib suyuqlik tarkibini (Na), bug’ egrisi bilan uchrashgan v-nuqtaga to’g’ri kelgan tarkib esa, bug’ tarkibini (NB) ko’rsatadi. Na – tarkibli suyuq aralashmani qizdirsak, T1 haroratda qaynash boshlanadi va bir qism suyuqlik bug’ga aylanadi. Suyuqlik va bug’ fazalarining tarkibini aniqlash uchun 0 nuqtadan tarkib o’qiga paralel ravishda bug’ va suyuqlik egrisiga chiziq o’tkaziladi. Suyuqlik egrisiga uchrashgan a-nuqta to’g’ri kelgan tarkib suyuqlik tarkibini (Na), bug’ egrisi bilan uchrashgan v-nuqtaga to’g’ri kelgan tarkib esa, bug’ tarkibini (NB) ko’rsatadi. Oa – chiziғg’i suyuqlik elkasi, Ob-chizig’i esa bug’ yelkasi deyiladi. Agar mc –suyuqlikning, mb – bug’ning miqdori bo’lsa, Richag qoidasiga muvofiq mc Oa=mb Ob va mc/mb=Ov/Oa Demak, elkalarni grafikdan o’lchab, ularning nisbatini olib, fazalarni nisbiy miqdorini bilish mumkin. Agar olingan eritmaning miqdori m=mc+mb
Do'stlaringiz bilan baham: |