Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi


Inshootlarni doimiy tayanchlarga ko’chirish usullari


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/48
Sana18.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1582967
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48
Bog'liq
BIBET maruza matni 1- qism 2021

Inshootlarni doimiy tayanchlarga ko’chirish usullari 
Tayanchlarga o’rnatish usuliga bog’liq holda vertikal ko’tarish, burish, surish, 
dumalatish yo’li bilan montaj qilish usullari farq qilinadi. 
Vertikal ko’tarib o’rnatish usuli ko’tarilaytgan konstruktsiya yki inshootning 
massasi montaj mexanizmlarining yuk ko’tarish qobiliyatidan ortiq bo’lmaydigan 
hollarda qo’llaniladi. Umuman bu usulning qo’llanilishi konstruktsiyani yaxlit holda 
mahlum bir balandlikka u yki bu mexanizmlar yordamida ko’tarish va bunday 
ko’tarish uchun mexanizmlar va moslamalarning mavjudligi bilan bog’lanadi. 


50 
Ko’tarilgan konstruktsiya ostiga vaqtincha va doimiy tayanchlarni keltirib qo’yish 
imkoniyati va bu tayanchlarning bu konstruktsiya bilan birgalikda ishlashga darhol 
kirishib ketishi qobiliyati muhim holat hisoblanadi. (8.6.-rasm). 
Tomypma bloklarini yengil montaj kranlari yordamida yerda yig’ib olib, keyin 
loyihadagi belgiga ko’tarish katta ijobiy samara beradi. Fazoviy konstruktsiyani 
yig’ishni o’rnatish joyida, binoning chetida yki barpo etilaytgan inshootning bevosita 
yaqinida joylashgan, maxsus jihozlangan maydonchada amalga oshirish mumkin. 
Ayrim bloklarni, butun tomypmani yki uning asosiy ko’taruvchi qismini 
loyihaviy holatga o’rnatish joyi ostida yig’ish ishi inshoot ustunlaridan foydalanilgan 
holda maxsus gidroko’targichlar yki polispastlar bilan amalga oshiriladi. Montaj 
qilishning bunday usulida ustunlar bo’yi baland konsolli bo’lishi kerak bo’lib, bu 
konsollarga ko’taruvchi polispastlarning qo’zg’almas bloklari osiladi. 
8.6-rasm. Vertikal ko’tarish usuli bilan qobiqlarni tayanchlarga o’rnatish: 
1 – traversa; 2 – ko’tarilgan va tayanchlarga burilgan qobiq; 3 – montaj 
krani; 4 – yig’ilgan qobiq ko’tarish oldidan; 5 – osilgan ishchi maydonchasi montaj 
qilingan qobiqlar tayanchlari. 
8.7-rasmda har birining yuk ko’tarish qobiliyati 160 t bo’lgan to’rtta 
polispast yordamida amalga oshiriladigan, vertikal va gorizontal bog’lanishlar bilan 
biriktirilgan ko’taruvchi fermalardan iborat tomypmaning ko’taruvchi blokini ko’tarish 
ko’rsatilgan. Fazoviy konstruktsiyani gorizontal holatda tomypmaning barcha 
konstruktiv elementlarini yerda o’rnatib va tomypma elementlari va tom qoplamasi 
bilan 
birgalikda 
qurib 
yiriklashtiriladi. 
Ustunlar 
(tayanchlarning 
fazoviy 
konstruktsiyalari) ham gorizontal holatda yig’ilib, proekt holatiga polispastlar 
yordamida sharnir atrofida burish usuli bilan keltiriladi va keyinchalik o’sha 
polispastlar yordamida tomypma bloki ko’tariladi. 


51 
8.7-rasm. Tomypma blokini polispastlar bilan montaj qilish sxemasi: 1 
– ustun; 2 – montaj yn tirgaki; 3 – tormozli tortqi; 4 – tayanch to’sin; 
5 – ko’taruvchi polispast; 6 – tomypma bloki. 
Fermalarni quyi belbog’larining tayanch bog’lamalari ostiga uchlariga 
harakatlanuvchi polispast bloklari mahkamlangan ko’ndalang to’sinlar keltiriladi. 
Barcha to’rtta polistpastning ko’taruvchi tayanchlarga yuklanishini bir tekis 
taqsimlash uchun uzatishning umumiy sxemasi 8.8-rasmda keltirilgan. Fazoviy 
konstruktsiyani loyihadagi holatga vertikal ko’tarilgandan so’ng uning ko’taruv 
ustunlarga biriktirilishi amalga oshirildi va montaj yn tirgaklar demontaj qilindi. 
8.8-rasm Troslarni uzatishning umumiy sxemasi: 
1 – elektrolebedkalar; 2 – polistpastning tortuvchi arqoni; 3 – ko’taruvchi 
polistpast; 4 – tomypma bloki; 5 
– tenglashtiruvchi roliklar; 6 – chetga 
chiqaruvchi 
rolik. 
Burish usuli bilan asosan balandligi yuqori va massasi katta bo’lgan 
inshootlarni butun ko’rinishda montaj qilish amalga oshiriladi. Inshoot konstruktsiya 
kabi, avval uning o’rnatish hududida gorizontal holatda yig’iladi, bu fazoviy 
konstruktsiyaning 
asosi 
burish 
sharniridan 
foydalangan 
holda 
poydevorga 
mahkamlanadi va sharnir atrofida burib inshootni loyihadagi holatiga o’rnatiladi. Bu 
usul bilan elektr uzatish liniyalari, tayanchlari, tutun chiquvchi quvurlar, minoralar 
va massasi 100 t va undan ortiq bo’lgan boshqa inshootlar montaj qilinadi. 
Surish usulida konstruktsiyalar doimiy tayanchlardan chetda yig’iladi, keyin 
esa bu tayanchlarga vaqtincha o’rnatilgan yo’llar bo’ylab gorizontal ko’chirish yo’li 
bilan o’rnatiladi. Bu usul ko’p oraliqli ko’priklarni, bir qavatli sanoat binolari 
qoplamalari konstruktsiyalarini montaj qilishda, shuningdek ishlarni 
qisqa 
muddatlarda bajarish zarur bo’lganda yerda boshqa ishlar bilan surishga tayyrgarlikni 
qo’shib olib borishda keng qo’llaniladi. Bu usul amaldagi texnologik inshootlarni 
(domna pechi, havo isitgich, shaxta kopyri) qayta qurishda, yangi inshoot chetda 
yig’ilib va keyin eski demontaj qilinganning poydevoriga surib joylanganda ayniqsa 
samaralidir. 
Surish jarayni ikki variantda amalga oshirilishi mumkin: blokning massasi 250 


52 
t gacha bo’lganda salazkalarda (chanalarda) sirpantirish bilan va bloklarning massasi 
10 ming t va undan ortiq bo’lganda po’lat katoklar ustida dumalatib amalga oshirish 
mumkin. 
Surish usuliga misol sifatida qoplamasi sigarasimon fermalardan bo’lgan 84 
m oraliqli sport majmuasi binosini montaj qilishni ko’rib chiqamiz (8.9 -rasm). 
Yuqori va quyi belbog’lari bo’yicha 4 mm qalinlikdagi po’lat listlar bilan o’rab 
olingan tomypma (qoplama) fermalari ypiladigan inshootdan bevosita yaqin joyda 
maxsus aravalar ustida yerda yig’ilgan. Aravalar tomypma elementlarini berilgan 
aniqlikda yig’ishni tahminlash uchun konduktorlar va moslamalarga ega, 
aravachalarning konstruktsiyasi ularga gorizontal va qiya relg’sli yo’llar bo’ylab 
mahkamlangan fermalar bilan siljishga imkon beradi. 
Aravachalarni loyihaviy belgigacha ko’tarish uchun ikkita og’ma (qiya) 
montaj to’sinlari montaj qilingan, aravachalarni navbatdagi tomypma bloki bilan 
ko’chirilishi ikkita tortuvchi polispastlar bilan amalga oshiriladi. Loyihadagi belgiga 
y e tganidan so’ng aravachalar maxsus tirgakka taqaladi, tomypma bloki po’lat 
katoklar ustiga tushiriladi va dumalatish usuli bilan ikkita yengil polispast yordamida 
loyihadagi holatga suriladi, bunda domkratlar yordamida uni oldin katoklarni bo’shatish 
uchun ko’tariladi, keyin loyihadagi holatga tushuriladi. Montaj qilishning ko’rib 
chiqilgan usulining afzalliklaridan biri – hajmdor blokni loyihadagi belgilarga 
ko’chirish va o’rnatish uchun foydalanish qiymati yuqori bo’lgan katta yuk ko’tarish 
qobiliyatiga ega montaj kranini qo’llanishining zaruriyati yo’q. 
8.9-rasm. Tomypma blokini surish sxemasi: 
1 – bino ustunlari; 2 – stropilaosti bloklari; 3 – vaqtincha estakadaning qiya 
to’sinlari; 4 – tomypma bloki; 5 -–bloklarni xarakatlantirish uchun aravacha
6 – tortuvchi polispast; 7 – aravachaning relg’sli yo’li; 8 – tirgak. 
Montaj qilish amaliytida bahzida bir necha usul qo’shib olib borish hollari 
uchraydi, xususan surish, yiriklashtirish va burishning birgalikda olib borish usuli. 
3. Montaj usullarini va ishlarni birgalikda olib borishni tanlash

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling