Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi
Karkas elementlarini o’rnatish ketma – ketligi
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
BIBET maruza matni 1- qism 2021
Karkas elementlarini o’rnatish ketma – ketligi
Elementlarni o’rnatish ketma – ketligiga bog’liq holda montaj qilishning differentsial (alohida), kompleks va aralash (kombinatsiyalashgan) usullari qo’llaniladi. Differentsial usulda bir xil nomli konstruktiv elementlar bir vaqtda mustaqil oqimlar bilan montaj qilinadi. Bunda montajchilarning ish unumi oshadi va kranlarni yuk ko’tarish qobiliyatidan yanada to’laroq foydalaniladi. Differentsial montaj bitta yki bir – birining ketidan harakatlanuvchi bir qancha montaj mexanizmlari bilan amalga oshirilishi mumkin. Bu usul bir qavatli sanoat binolarida faqat stropila fermalarini ketma – ket o’rnatishga imkon bermaydi, chunki hatto ularning montaj uzellari to’liq payvandlanganidan keyin ham ularning mustaxkamligini tahminlab bo’lmaydi. Barpo etilaytgan binoda ketma – ket stropila osti va stropila fermalari o’rnatilganda fermalarga plitalarini o’rnatish uchun montaj kranidan foydalanish qiyin bo’ladi yki imkoni bo’lmaydi. Kompleks usulda barcha konstruktsiyalarni o’rnatish bir oqimda olib boriladi, natijada binoning to’liq montaj qilingan yacheykalari paydo bo’ladi. Keyingi ishlarni bajarish uchun front ochiladi, qurilishning umumiy muddatlari qisqaradi. Montaj qilishning kompleks usuli konstruktsiyalarni binoning har bir yacheykasida kompleks o’rnatishdan iborat va karkasining konstruktsiyalari metalldan 45 bo’lgan binolar uchun xosdir. Birinchi yacheyka uchun avval to’rtta ustun montaj qilinadi, ularga darxol loyihaviy holat tahminlanadi va ular orasida zarur bo’ylama bog’lanishlar o’rnatiladi. Keyin ikkita kranosti to’sini o’rnatiladi, stropilaosti fermasi montaj qilinadi. Yacheykani montaj qilish stropila fermalarini progonlar va bog’lanishlar bilan o’rnatish, ypma elementlarni qo’yish orqali tugallanadi. Keyin konstruktiv elementlarni o’rnatish ketma – ketligi saqlanadi, lekin montaj qilinadigan elementlar soni o’zgarishi mumkin. Kompleks usuldan turli ismli konstruktsiyalarning massalaridagi farq katta bo’lganda qo’llanish maqsadga muvofiq emas. O’z ichiga avvalgi ikki usulning afzalliklarini qamrab olgan aralash usulda elementlarni o’rnatishning eng xilma – xil va ketma – ketligiga yo’l qo’yiladi. Yig’ma temirbetonli bir qavatli sanoat binolari uchun xos bo’lgan bu usul poydevorlar stakanlarini, ustunlarini, kranosti to’sinlarini, devor panellarini, pardadevorlarini, deraza panjarasini alohida o’rnatishga va stropilaosti, stropila konstruktsiyalarini, ustypma panellarini va bahzida kranosti to’sinlarini kompleks usulda, yagona oqimda montaj qilishga imkon beradi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling