Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
BIBET maruza matni 1- qism 2021
Kombinatsiyalangan, yahni bo’ylama – ko’ndalang usul ustunlarni bo’ylama
usulda o’rnatishga va tomypmani kranning ko’ndalang yurishida montaj qilishga asoslangan. Ko’ndalang montaj qilish ayniqsa 12 x 3 m va 24 x 3 m o’lchamdagi ustypma plitalarini va montaj kranini tanlashga massasi hamda qulochi jiddiy tahsir ko’rsatuvchi ―2T‖ uzun o’lchovli to’shamalardan foydalanganda yanada tejamliroq bo’lishi mumkin. Kranni ikkita montaj qilingan fermalar orasiga joylashtirish hisobiga u strelasining kam qulochi bilan ishlaydi. Montaj qilish yo’nalishini tanlash ko’p jihatdan barpo etilaytgan sanoat binosining texnologik xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Vaqtinchalik tayanch va so’rilardan foydalanish. Inshootlarni doimiy tayanchlarga ko’chirish usullari. Konstruktsiyalarning konstruktiv xususiyatlari va ishlash sharoitlariga bog’liq holda montaj qilishning, shu jumladan so’rilardan montaj qilishning vaqtinchalik tayanchlardan foydalangan holdagi turli usullari – yarim osma va osma yig’ish uchraydi. Montaj qilish jaraynida konstruktsiyani tutib turuvchi va uning massasidan tushaytgan yuklanishlarni qabul qiluvchi yaxlit so’rilarda qobiqlar, gumbazlar, arkalar, ko’priklarning oraliq qurilmalarining ayrim turlarini va boshqalarning montaji amalga oshiriladi. 48 Xavfsiz va unumli ishni tahminlovchi kranosti yo’llari bo’ylab harakatlanuvchi ko’chma so’rilar, katta oraliqni tomypmalarni montaj qilishda yig’ishning qulayligi uchun qo’llaniladi va bu elementlarning tutashgan tugunlari ostida joylashtiriladi (8.4- rasm). 8.4-rasm. Ko’chma so’rilardan foydalanib ark tomypmasini montaj qilish: 1 – minorali kran; 2 – arkning montaj tutashuv joylari; 3 – domkratli ko’chma montaj qiluvchi so’rilar. Vaqtinchalik tayanchlardan foydalanish bilan agar konstruktsiyalarni butunligicha o’rnatish imkoni bo’lmasa yki maqsadga muvofiq bo’lmasa, uni qismlari bo’yicha (asosan katta oraliqlar va katta massali) montaj qilish amalga oshiriladi. Yarim osma yig’ish shunisi bilan ajralib turadiki, bunda montaj qilish jaraynida konstruktsiya vaqtinchalik tortqichlar bilan tutib turiladi yki oraliq tayanchlarga o’rnatiladi. Bunday usulda gumbazlar, arkalarning ayrim konstruktsiyalari, ko’priklarning oraliqli qurilmalari konstruktsiyalari montaj qilinadi. Osma yig’ishni qo’shimcha tayanchlarsiz amalga oshiriladi. Konstruktsiyani bir tomonidan doimiy tayanchga yki avval montaj qilingan qismga mahkamlab, vaqtinchalik konsolg’ tizimi hosil qilinadi. Bu usulning qo’llanilishi inshootning montaj qilish jaraynida yig’iladigan katta qulochli konsollarning zarur mustaxkamligini va barqarorligini tahminlaydigan konstruktiv xususiyatlari mavjud bo’lgandagina mumkindir. Montaj qilish uchun so’rilardan foydalanishni arkali konstruktsiyalarni barpo etish misolida izohlash mumkin. Katta oraliqli bunday konstruktsiyalar fuqarolik va sanoat vazifalarini bajaruvchi binolar – vokzallarda, sport zallarida, har xil omborlarda qo’llaniladi. Tayanch konstruktsiyalarga gorizontal kuchlanishlarining (tirkovchi) uzatilishini istisno qilish uchun arkalarni turg’un holatini tahminlash uchun tortqichlar bilan loyihalanadi. Tortqichlar bo’lmaganda ustunlarga yki temirbeton asosga ham vertikal, ham gorizontal kuchlanishlar uzatiladi. Odatda, (ravog’i) oraliqi 48 m dan ortiq bo’lgan arkalar vaqtinchalik tayanchlardan foydalangan holda yarim arka qilib yki yanada mayda elementlar tarzida montaj qilinadi. Vaqtinchalik tayanchlarning soni arkaning oraliqi (ravog’i) ga, montaj mexanizmlarining yuk ko’tarish qobiliyatiga va arkaning konstruktiv yechimlariga bog’liq bo’lib, ular ko’pincha tomypmani montaj qilish texnologiyasi 49 qanday bo’lishi kerakligini belgilab beradi. Osmalari montaj blokining tortqiga tiralishida vujudga keladigan kuchlanishlarni qabul qilishga mo’ljallanmagan tortqili arkalarni montaj qilganda teleskopik konstruktsiyali vaqtinchalik tayanchlardan foydalaniladi. Bu holatda arka elementlari va tortqilar alohida montaj qilinadi. Ikki arka montaj qilinib, tugunlar mahkamlanib va tortqilar taranglashtirilgandan so’ng gumbaz hosil qilish (ko’chirish) amalga oshiriladi, bu jaraynda vaqtincha tayanchlardagi domkratlar yki boshqa ko’tarib turuvchi elementlar sekin, ohista tushiriladi. Gumbaz hosil qilish (ko’chirish) deganda, shunday amal tushuniladiki, buning natijasida montaj qilinaytgan konstruktsiyaning xususiy massasidan tushaytgan yuklanish tayanch loyiha elementlariga to’liq uzatiladi, vaqtinchalik montaj tayanchlari esa yuklanishdan ozod bo’ladi. Tayanchlar tortqi satxidan pastroqqa tushiriladi va montaj qilish davomida keyingi oraliqlarga ko’chiriladi. Montaj qilish uchun ikkita vaqtincha tayanch mavjud bo’lishi zarur bo’lgan uch sharnirli arkani (8.5-rasm) montaj qilish misolini ko’rib chiqamiz. Har bir tayanchning o’rtacha teleskopik qismi arkaning ikki 8.5-rasm. Tortqili arkani montaj qilish sxemasi: 1 – kran; 2 – teleskopik vaqtincha tayanchlar; 3 – domkratli tayanch tugunlari qo’shni elementlarini tayanishi uchun mo’ljallangan, bu tayanchning pastki qismi esa arkalarning tortqi elementlarining tayanishi uchun mo’ljallangan. Arka, tortqi va osmalarining elementlari gusenitsali kran yordamida montaj qilinadi. Yig’ilib montaj qilingan elementlar to’g’rilanib, ularning geometrik holati tekshirilib, ikkita navbatdagi to’sinlarning va ular tortqilarining montaj tugunlari payvandlanib, barcha tirgaklar va ular orasidagi bog’lanishlar montaj qilingandan va loyihaviy mahkamlangandan so’ng ko’chirish - gumbaz hosil qilish amalga oshiriladi. Bu maqsadda vintli domkratlar vaqtinchalik tayanchlarning ichki teleskopik sektsiyalarining boshiga montaj qilinishi kerak. Yuklanishdan ozod qilingan tayanchlarning ichki sektsiyalari kran yordamida quyi holatga tushiriladi va montaj qilishga navbatdagi yarim arklar juftligi tayyrlanaytgan keyingi to’xtash joyiga ko’chiriladi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling