Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/48
Sana18.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1582967
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   48
Bog'liq
BIBET maruza matni 1- qism 2021

Nazorat savollari
1.Yirik panelli binolarni barpo etish. 
2.Ishlarning asosiy tsikllari va montajni geodezik tahminlash. 
3.Konstruktiv elementlarni o’rnatish. 
4.Tashqi devor panellarini o’rnatish. 
5.Ichki devorlarni o’rnatish. 
6.Montaj ishlarini tashkil etish. 7.Montaj 
qilishning umumiy printsiplari. 
8.Yirik panelli binolarning asosiy montaji sxemalari. 
7- ma’ruza. 
TEMIR-BETON 
KARKASLI 
BIR 
QAVATLI 
SANOAT BINOLARINI MONTAJI 
Ma’ruza rejasi: 
1. Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolarini montaji. Binolarni barpo 
etishni texnologik o’ziga xos xususiyatlari. 
2. Sanoat binolarining hajmiy-rejaviy yechimlari. Ishlarni bajarish ketma-ketma- 
ketligi. 
3. Qurilish tsikllarini birgalikda bajarish usullari 
4. Bir qavatli sanoat binolarini barpo etish usullari va montaj mexanizmlari 
1. 
Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolarini montaji. Binolarni 
barpo etishni texnologik o’ziga xos xususiyatlari
2. 
Sanoat binolarining hajmiy-rejaviy yechimlari. Ishlarni 
bajarish ketma-ketligi. 
Amalda ko’pincha to’liq yig’ma holatda maydoni 3...20 ming m
2
gacha bo’lgan 
bir qavatli sanoat binolari ko’p uchraydi. Ular kransiz yki elektr tokida ishlaydigan 
ko’priksimon kranlar bilan jihozlangan bo’lishi mumkin. Binoning oraliqlari 12, 18, 24 


56 
va 30 m, ustun qadamlari 6 va 12 m, binoni balandligi 8,4 m dan 18 m gacha bo’ladi. 
Yig’ma elementlarning massasi 2,5 t dan 33 t gacha bo’ladi. Bino bir xil tipdagi 
yacheykalari, konstruktsiyalari, bo’ylama hamda ko’ndalang yo’nalishlar bo’ylab katta 
o’lchamlarga egaligi bilan ajralib turadi. 
Bir qavatli sanoat binolarining asosiy afzalligi – nisbatan arzonligi, texnologik 
uskunalardan yukni to’g’ridan-to’g’ri gruntga uzatishi, ustunlar to’rini siyrak xillarini 
qo’llash mumkinligidir. Bunday binolar asosan planda to’g’ri to’rtburchak shaklda 
qurilib, balandlik bo’yicha bir xil, oraliqlari bir yo’nalishda bo’ladi. 
Binolarning universal hajmiy-rejaviy va konstruktiv yechimlari ishlab chiqilgan 
bo’lib, ular industrial montaj qilish uslublarini qo’llash imkoniyatini beradi. Bino 
parametri va gabarit sxemalarining o’zaro bog’liqligi chegaralangan. Oraliq 
o’lchamlari o’zaro mahlum balandlik va ustunlar qadami, kranlarni ustki gabaritlariga 
bog’liq bo’ladi. Bir qavatli sanoat binosi karkasining elementlari, to’suvchi va 
tomypma konstruktsiyalarining o’lchamlari nominal yiriklashtirilgan modulga karrali 
bo’lib reja bo’yicha – 6 m, balandlik bo’yicha – 1,2 m ni tashkil etadi. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling