Bino vа sаnoаt inshootlаr qurilishi


Pedagog kadrlarga “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da koʼzda tutilgan talablar


Download 69.61 Kb.
bet2/5
Sana07.04.2023
Hajmi69.61 Kb.
#1337400
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ilmiy pedagogik ishi hisobot

Pedagog kadrlarga “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da koʼzda tutilgan talablar
Xozirgi kunda keng amaliyotda foydalanib kelinayotgan Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini tuzilishi "Taʼlim toʼgʼrisida" gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan boʼlib, ushbu dasturning maqsadi milliy tajribaning tahlili va taʼlim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda moʼljalni toʼgʼri ola bilish mahoratiga ega boʼlgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yoʼnaltirilgandir.
Oliy taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta koʼrish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini taʼminlash maqsadida, oliy taʼlim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish boʼyicha eng muhim vazifalar etib quyidagilar belgilangan:
- har bir oliy taʼlim muassasasi jahonning etakchi ilmiy – taʼlim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari oʼrnatish, oʼquv jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʼor pedagogik texnologiyalar, oʼquv dasturlari va oʼquv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, oʼquv-pedagogik faoliyatga, master – klasslar oʼtkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor taʼlim muassasalaridan yuqori malakali oʼqituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy taʼlim muassasalari magistrant, yosh oʼqituvchi va ilmiy xodimlarining malakasini oshirish, professor – oʼqituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;
- oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish, oliy taʼlim muassasalarida oʼqitish yoʼnalishlari va mutaxassisliklarini istiqbolda mintaqalar va iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish, amalga oshirilayotgan hududiy va tarmoq dasturlarining talablarini inobatga olgan holda muqobillashtirish;
- taʼlim jarayoniga oliy taʼlimning oʼquv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va oʼqitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy – taʼlim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish;
- yangi avlod oʼquv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy taʼlim muassasalarining taʼlim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy taʼlim muassasalarini zamonaviy oʼquv, oʼquv – metodik va ilmiy adabiyotlar bilan taʼminlash, shu jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish, axborot – resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish;
- pedagog kadrlarning kasb mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish, xorijda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkasini oʼtkazish, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini PhD va magistratura dasturlari boʼyicha oʼqitish, oliy taʼlim muassasalari va qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari oʼquv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, oʼqituvchi va mutaxassislarni keng jalb qilish;
- oliy taʼlim muassasalari ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy taʼlimda ilm – fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm – fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, oliy taʼlim muassasalari professor – oʼqituvchilarining ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba – yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shugʼullanishga keng jalb etish.


Download 69.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling