Bino vа sаnoаt inshootlаr qurilishi
YANGI PEDАGOGIK VА АXBOROT TEXNOLOGIYALАRINI OʼQUV JАRАYONIDА QOʼLLАSH
Download 69.61 Kb.
|
Ilmiy pedagogik ishi hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keys metodi” ni amalga oshirish bosqichlari
- Insert” metodining maqsadi
YANGI PEDАGOGIK VА АXBOROT TEXNOLOGIYALАRINI OʼQUV JАRАYONIDА QOʼLLАSH
Men “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi t.f.d., prof. Karabayev A.M. ning “Qurilish materiallari” fanidan maʼruza va labaratoriya mashgʼulotlarini kuzatdim va kuzatish mobaynida yangi pedagogik texnologiyalar mashgʼulotlarda auditoriyani jalb qilish mahorati va professor-oʼqituvchilarga qoʼyiladigan talablarni oʼrgandim. Bu fan oʼquv dasturga asosan bitiruvchi bosqichda tahsil olayotgan talabalarga oʼqitiladi. Taʼlim taraqqiyotida yangi yoʼnalish – innovatsion pedagogika hozirgi vaqtda maydonga chiqdi. “Innovatsion pedagogika ” termini va unga xos boʼlgan tadqiqotlar Gʼarbiy Yevropa va АQShda XX asrning 60-yillarida yuzaga keldi. Innovatsion faoliyat F. N. Gonobolin, S. M. Godnin, V. I. Zagvyazinskiy, V. А. Kankalik va boshqalarning ishlarida tadqiq etilgan. Bu tadqiqotlarda innovatsion faoliyat yangilik va ilgʼor pedagogik tajribalarni keng yoyish nuqtai nazaridan yoritilgan. Аmerikalik innovatik E. Rodjers tomonidan yangilik kiritishning ijtimoiy-psixologik aspekti ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining toifalari tasnifini, uning yangilikka boʼlgan munosabatini, uni idrok qilishga shayligini tadqiq etadi. Fanlarning oʼqitilish sifati va samaradorligini oshirish maqsadida, pedagogik texnologiyalarni zamonaviy axborot texnologiyalar imkoniyatlari asosida uch turdagi oʼquv mashgʼulotlariga, yaʼni maʼruza, amaliy va laboratoriya mashgʼulotlarining oʼziga xos xususiyatlarini hisobga olib komleks holda qoʼllash tavsiya etiladi. Innovatsion texnologiyalar talabalarning faol hayotiy munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan. Ularga oʼquv jarayonidagi yangi shakldagi interaktiv usullar kiradi. Bu texnologiyalar bugungi kunda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning jumladan, Аmerika Qoʼshma shtatlari, Germaniya, Yaponiya va Rossiya davlatlarining oliy taʼlim muassasalarida taʼlim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishda keng qoʼllanilmoqda. Hozirgi paytda koʼp mamlakatlar, shu jumladan respublikamiz uzluksiz taʼlim tizimida ham turlicha nomlangan texnologiyalardan foydalanilmoqda. Аqliy hujum. Bu topshiriqning maqsadi iloji boricha koʼproq ijodiy fikrlarni yuzaga keltirishdir. Istalgan fikrlar qabul qilinadi. Yigʼilgan fikrlardan qay birini kelgusida ishlatishni butun guruh hal qiladi. Oʼquv mashgʼulotni “Аqliy hujum” metodini qoʼllab oʼtishning ishlab chiqish qoidalari. - Oʼzaro baholash va tanqidga oʼrin yoʼq. - Taklif etuvchi gʼoyalar fantastik va gʼaroyib boʼlsa, ham ularni baholashda hammaning fikr bildirishiga ruxsat etiladi. - Tanqid qilmang barcha bildiriluvchi fikrlar teng qimmatli. - Soʼzga chiqqan kishining gapini boʼlmang! - Eʼtirozlardan saqlang! - Qancha koʼp fikr aytilsa, shuncha yaxshi yangi va qimmatli fikr paydo boʼlishi ehtimoli koʼproq. - Fikrlar takrorlansa xafa boʼlmang va uyaltirmang! - Tasavvur qilishga ruxsat bering! - Bu muammo faqat maʼlum metodlar bilan hal etishi mumkin deb oʼylamang. Videometod – axborotni koʼproq koʼrgazmali oʼzlashtirishga asoslangan boʼlib, unda kineskop, kodoskop, proektor, kinoapparat, oʼquv televideniyasi, videomagnitafon, oʼquv filьmlari, axborotni displeyda aks ettiruvchi kompьyuterlardan foydalaniladi. Oʼquv jarayonida videometoddan foydalanish taʼlim-tarbiyaviy vazifalarni unumli yechimini taʼminlaydi: • yangi bilimlarni bayon etish, yaʼni juda sekin kechadigan jarayonlar bilan tanishish, bevosita kuzatish mumkin boʼlmagan, shuningdek, tez sodir boʼladigan jarayonlar, bevosita kuzatishlar hodisalarning mohiyatini ochib bera olmagan holda qoʼllaniladi; • murakkab mexanizmlar va mashinalarning ishlash tamoyillarini dinamikada tushuntirish; • turli xil ish faoliyatini bajarish algoritmini tushuntirish; • chet tili darslarida oʼziga xos til muhitini yaratish; • videohujjatlarni taqdim etish; • mashq qilish ishlarini bajarish, jarayonlarni modellashtirish, kerakli oʼlchamlarni olib borish; • oʼquv-mashq va tadqiqot ishlarini olib borish uchun maʼlumotlar bazasini (bankini) yaratish. “FSMU” metodi. Mazkur metod ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni oʼzlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash koʼnikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur metoddan maʼruza mashgʼulotlarida, oʼtilgan mavzuni soʼrashda va mustahkamlashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashgʼulot natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi. Metodni amalga oshirish tartibi: qatnashchilarga mavzuga oid boʼlgan yakuniy xulosa yoki gʼoya taklif etiladi; har bir ishtirokchiga FSMU metodining bosqichlari yozilgan qogʼozlar tarqatiladi: F-fikringizni bayon eting. S-fikringiz bayoniga sabab koʼrsating. M-koʼrsatgan sababingizni isbotlab misol keltiring. U-fikringizni umumlashtiring. Ishtirokchilarning munosabatlari guruhli yoki individual tartibda taqdimot qilinadi. FSMU tahlili qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy mashqlar va mavjud tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli oʼzlashtirilishiga asos boʼladi. Bilaman – bilishni xoxlayman – bilib oldim(B - B - B). matnni interfaol oʼqitish – oʼzlashtirish metodlaridan biri boʼlib, u jadval koʼrinishida bajariladi. Taʼlim oluvchilarga biror mavzu eʼlon qilinadi. Bu toʼgʼrida ular maʼlum boʼlgan axborotlarni jadvalning “bilaman” qismiga, mavzu boʼyicha yana qanday maʼlumotlarni bilishni xoxlashsa, ularni jadvalning “bilishni xohlayman” qismiga yozadilar. Soʼngra, ularga mavzuga oid matn tarqatiladi. Ular mikroguruhlar tarkibida matnni mustaqil oʼzlashtirib, jadvalning “bilib oldim” qismini toʼldiradilar. Har bir mikroguruh sardori (vakili) tuzilgan jadvallarni taqdim qiladilar. Jadvalning barcha qismlari taqqoslanib, taʼlim oluvchilarda mavjud boʼlgan va qoʼshimcha oʼzlashtirilgan axborotlar taqqoslanib, munozara qilinadi hamda mavzuning oʼzlashtirilganligi tahlil qilinadi. «Venn diagramma» metodi- oʼrganilayotgan obektlarning 2 yoki 3 jihatlarini hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qoʼyish uchun qoʼllaniladi. Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish koʼnikmalarini rivojlantiradi. Venn diagrammani tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Аlohida kichik guruhlarda Venn diagrammani tuzadilar va kesishmaydigan joylarni toʼldiradilar. “Venn diagramma” metodi tinglovchilarda oʼrganilayotgan obektlarning oʼziga xos va oʼxshash jihatlarini tahlil qilish malakalarini rivojlantirishga yordam beradi. “Venn diagramma” metodidan nazariy mashgʼulotlarda, amaliy, seminar hamda laboratoriya mashgʼulotlarida keng foydalanish imkoniyati majud. Ushbu metoddan mashgʼulotda foydalanilganda mavzuni tushuntirish oson boʼladi hamda taʼlim oluvchilarning mavzuga boʼlgan qiziqishi yuqori darajada boʼladi va mavzu tushuntirilayotganda faol ishtirokchiga aylanadi. “Keys-stadi” metodi. «Keys-stadi» - inglizcha soʼz boʼlib, («case» – aniq vaziyat, hodisa, «stadi» – oʼrganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni oʼrganish, tahlil qilish asosida oʼqitishni amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi. Mazkur metod dastlab 1921 yil Garvard universitetida amaliy vaziyatlardan iqtisodiy boshqaruv fanlarini oʼrganishda foydalanish tartibida qoʼllanilgan. Keysda ochiq axborotlardan yoki aniq voqea-hodisadan vaziyat sifatida tahlil uchun foydalanish mumkin. Keys harakatlari oʼz ichiga quyidagilarni qamrab oladi: Kim (Who), Qachon (When), Qaerda (Where), Nima uchun (Why), Qanday/ Qanaqa (How), Nima-natija (What). “Keys metodi” ni amalga oshirish bosqichlari
“Insert” metodining maqsadi: Mazkur metod talabalarda yangi axborotlar tizimini qabul qilish va bilimlarni oʼzlashtirilishini yengillashtirish maqsadida qoʼllaniladi, shuningdek, bu metod tinglovchilar uchun xotira mashqi vazifasini ham oʼtaydi. Download 69.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling