Bino vа sаnoаt inshootlаr qurilishi


Metodni amalga oshirish tartibi


Download 69.61 Kb.
bet5/5
Sana07.04.2023
Hajmi69.61 Kb.
#1337400
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ilmiy pedagogik ishi hisobot

Metodni amalga oshirish tartibi:

  • oʼqituvchi mashgʼulotga qadar mavzuning asosiy tushunchalari mazmuni yoritilgan input-matnni tarqatma yoki taqdimot koʼrinishida tayyorlaydi;

  • yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn taʼlim oluvchilarga tarqatiladi yoki taqdimot koʼrinishida namoyish etiladi;

  • taʼlim oluvchilar individual tarzda matn bilan tanishib chiqib, oʼz shaxsiy qarashlarini maxsus belgilar orqali ifodalaydilar. Matn bilan ishlashda talabalar yoki qatnashchilarga quyidagi maxsus belgilardan foydalanish tavsiya etiladi:


Belgilar

1-matn

2-matn

3-matn

“V” – tanish maʼlumot.










“?” – mazkur maʼlumotni tushunmadim, izoh kerak.










“+” bu maʼlumot men uchun yangilik.










“– ” bu fikr yoki mazkur maʼlumotga qarshiman?










Belgilangan vaqt yakunlangach, talabalar uchun notanish va tushunarsiz boʼlgan maʼlumotlar oʼqituvchi tomonidan tahlil qilinib, izohlanadi, ularning mohiyati toʼliq yoritiladi. Savollarga javob beriladi va mashgʼulot yakunlanadi.

Xulosa

Ilmiy pedagogik ishlarni olib borish jarayonida bilim va koʼnikmalarimni oshirish maqsadida ilmiy rahbarim t.f.d., prof. A.M, Karabayevning maʼruza va labaratoriya darslariga 1-semestr davomida doimiy qatnashib bordim. Rahbarimning talabalarga zamonaviy, innovatsion va hayotiy misollar keltirish orqali bilim berish uslubini chuqur oʼrgandim.


Shuningdek, yetakchi professor-oʼqituvchilar, jumladan assistent U.Abdullayevning ochiq darslarida hamda maʼruza mashgʼulotlarida qatnashganligim bilim saviyamning oshishiga katta xissa qoʼshdi hamda nutqni tinglovchiga yetkazishdagi taʼsirchanlik va pedagogik mahorat masalasida zarur koʼnikmalarga ega boʼldim.
Ilmiy pedagogik ishlari vaqtida pedagogik mahoratimni oshirib borib kelgusi semestrda talabalarga maʼruza darslarini oʼtishni rejalashtirdim.
Download 69.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling