Bioelektrogenez. Elektro’tkazuvchanlik ionlarning muvozanat potensiali, membrananing stasiolar
Download 469.04 Kb.
|
BIOELEKTROGENEZ
- Bu sahifa navigatsiya:
- V + nur kvanti V* V* + S S* +V
- Fotolyuminestsentsiya 2.Fotooksidlanish 3.Qayta guruhlanish va izomerlanish 4.Fotokimyoviy parchalanish.
S1 S*
S* S0 T1 S0 Bunda T1 -triplet elektron spinlarining parallel joylashish holati hisoblanadi, S* S 0 holat nur kvanti holida yutilgan energiyaning bir qismi fluorestsentsiya ko’rinishida sochilishini ifodalaydi va bu 10-8-10-9 sek davom etadi. Elektron qo’zg’alishi asosiy energiyasi keyingi zanjiriy jarayonlarga uzatilib, kimyoviy bog’lar energiyasiga aylantiriladi. T1 S 0 holatdagi o’tish fosforestsentsiya deyiladi. Fluoretsentsiya spektrining shakli va kvant chiqishi qo’zg’atuvchi nur to’lqin uzunligiga bog’liq bo’lmaydi. Chunki fluorestsentsiya nurlanishi har doim qo’zg’algan holatning eng past satxidan boshlanadi va quyidagicha ifodalanadi: q = n/N q – kvant chiqishi, n- chiqariladigan kvantlar soni, N- yutilgan kvantlar soni. Stoks qonuniga ko’ra, fluorestsentsiya maksimumi molekula yutish maksimumiga nisbatan uzunroq to’lqin sohasida bo’ladi. Chunki yutilgan energiya bir qismi issiqlikka aylanadi. Energiya migratsiyasi qo’zg’algan molekulalarning S1, T1 satxlarida amalga oshib, nurlanishsiz- V va kinetik to’qnashuvlarsiz –S, issiqlikka aylanmasdan uzatishlardan iborat bo’lib, umumiy tarzda quyidagicha ifodalanadi: V + nur kvanti V* V* + S S* +V Bu jarayon molekula ichida yoki molekulalararo kechadi. V va S uzatilishning aylanma-rezonans yo’lida energiya jihatidan farqlanuvchi elektronlar almashinadi. Induktiv rezonans yo’lida esa molekulalararo masofa ancha katta (2- 10 nm) holatda qo’zg’algan V* va S molekulalarning rezonansli ta’sirlashishi amalga oshadi. Eksiston yo’li kristall strukturalarda uchrab, qo’zg’algan elektronning boshqa molekulaga o’tishida fazoviy yaqin molekulalar guruhining birgalikda qo’zg’alishi ro’y beradi. Qo’zg’algan molekula reaktsiyaga oson kirishib, ushbu reaktsiyalar quyidagicha guruhlanadi: 1.Fotolyuminestsentsiya 2.Fotooksidlanish 3.Qayta guruhlanish va izomerlanish 4.Fotokimyoviy parchalanish. Fotolyuminitsentsiya modda tomonidan yutilgan nur kvanti bir qismining nurlanish tarzida sochilishini ifodalaydi. Yorug’lik oqimining yutilishi Buger- Lambert qonuni va Ber qonuni asosida boradi. Buger- Lambert qonuniga ko’ra bir jinsli rangli muhitning o’zgarmas qalinlikka ega har bir yupqa qatlami undan o’tadigan monoxromatik nurning faqat ma’lum bir qisminigina yutadi. Ber qonuni bo’yicha berilgan yupqa qatlam tomonidan yutiladigan nur intensivligi yutuvchi molekulalar kontsentratsiyasiga proportsionaldir. Ushbu qonunlarning yig’indisi quyidagicha ifodalanib, Energiya nuqtai nazardan, fotobiologik reaktsiyalar ikki gruppaga bo’linadi: fotobiologik reaktsiyalar natijasida yorug’lik energiyasi mahsulotlarda to’plansa, bunday reaktsiyalar endergonik; energiya reaktsiyaning aktivlanish to’sig’ini yengishga sarf etilsa, bunday reaktsiyalar ekzergonik reaktsiyalar deyiladi. Biologik nuqtai nazardan esa, fotobiologik reaktsiyalar funktsional - fiziologik hamda destruktiv - modifikatsion reaktsiyalarga bo’linadi. Funktsional - fiziologik reaktsiyalar ko’rinuvchi nur ta’sirida amalga oshadi: a) energetik reaktsiyalar (fotosintez, fotofosforlanish) b) informatsion reaktsiyalar (fotoretseptsiya, fototropizm, fotomorfogenez, fotoperiodizm) v) biosintetik reaktsiyalar (xlorofill biosintezi, pigment va vitaminlar sintezining induktsiyalanishi) ga bo’linadi. Destruktiv - modifikatsion reaktsiyalar asosan ultrabinafsha nur ta’sirida amalga oshadigan reaktsiyalar hisoblanadi : a) xalokatga (mikroorganizmlar va sodda hayvonlarning nurdan zararlanishiga) olib keladigan reaktsiyalar b) mutatsiyaga (nurning genetik apparatga ta’siri natijasida kelib chiqadigan o’zgarishlarga) sabab bo’luvchi reaktsiyalar v) patofiziologik reaktsiyalarni o’z ichiga oladi. Funktsional - fiziologik reaktsiyalar hujayraning hayotiy muhim makromolekulyar va molekulyar darajalarida zararlanishlarning yuz bermasligi bilan xarakterlanadi. Ikkinchi xil reaktsiyalarda nur substrat molekulasini zararlab, normal fiziologik holatga xarakterli bo’lmagan fotokimyoviy reaktsiyalar kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Bunday reaktsiyalar ultrabinafsha nur ta’sirida yuzaga keladi. Lekin ko’rinuvchi nur ham, fotodinamik effekt sharoitida yoki katta intensivlikka ega nur (lazer) shu xil oqibatlarga sabab bo’ladi. Fotobiologik reaktsiyalar quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: 1) Fotofizikaviy bosqich (yorug’likning yutilishi, elektron qo’zg’algan holatning sodir bo’lishi, energiyaning molekula ichida qayta taqsimlanishi) 2) Birlamchi fotokimyoviy bosqich (dastlabki fotomaxsulotning hosil bo’lishi ) 3) Ikkilamchi fotokimyoviy bosqich (birlamchi fotomaxsulotning barqaror maxsulotlarga aylanishi) 4) Qorong’ida o’zgarish bosqichi (barqaror maxsulotlarning navbatdagi o’zgarishi) 5) Oxirgi biologik makroeffekt Fotobiologik reaktsiyalar qanchalik xilma-xil bo’lmasin, ularning hammasi asosiy mexanizmlari jihatidan ichki umumiylikka ega bo’lib, tirik organizmlarning hayot faoliyatlarida o’z ifodasini topadi. Download 469.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling