Biofaol moddalar kimyosi fanidan laboratoriya mashg'ulotlari h. T. Avezov z. A. Sulaymonova


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/40
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1728864
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40
Bog'liq
13064 1 211BE9300271E6666E098B42512219971A5D3823

 
Pushti 
katarantus 
(pushti 
bo‘rigul) 
(Catharanthus roseus) kendirdoshlar Apacynaceae 
oilasiga kiradi. Tik o‘suvchi yoki yoyilib o‘suvchi, 
balandligi (uzunsimon) 30-60 sm li poyali, doim 
yashil buta. Mevasi - qo‘shbargcha. 
Geografik tarqalishi. Yovvoyi holda nam 
tropik 
yerlarda 
Indoneziyada 
(Yava 
orolida), 
Vetnam, Malayziya, Hindiston va va boshqa 
davlatlarda o‘sadi. Ajariya respublikasining Qora 
dengiz bo‘yida joylashgan „Kobuletskiy“ sovxozida 
o‘stiriladi. 
Mahsulot tayyorlash. O‘simlik barglari u qiyg‘os gullab, meva tuga 
boshlagan davrida yig‘iladi. Buning uchun ikkinchi darajali novdalarni yerdan 10-
15 sm balandlikda qirqib, 40-50°C da quritgichlarda quritiladi. So‘ngra qurigan 
mahsulotni maydalab, yirik poyalardan ajratiladi. 
Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibidagi indol unumi bo‘lgan ikki guruhga 
kiruvchi 80 tagacha alkaloidlar bor: monomerlar (aymalin, serpentin, loxnerin va 
boshqalar) hamda dimerlar (vinblastin, vinkristin va boshqalar). Monomer 
alkaloidlari rauvolfiya alkaloidlari singari organizmga ta’sir ko‘rsatadi. Dimer 
alkaloidlari alohida diqqatga sazovordir. Ulardan 6 tasi yomon shishlarni - rak 
kasalligini davolash ta’siriga ega bo‘lib, shulardan ikkitasi - vinblastin va 
vinkristin tibbiyotda qo‘llanilmoqda. Alkaloidlardan tashqari, mahsulotda yana 
oksikarbon kislotalar, flavonoidlar, glikozidlar va boshqa moddalar bor. 
12-rasm. (Catharanthus 
roseus)  - Pushti 
katarantus 


15 
Dorivor preparat. Rozevin sulfat (vinblastin sulfat) (ampulada va shisha 
idishda quritilgan holda chiqariladi), vinkristin sulfat (shisha idishda quritilgan 
holda ampuladagi erituvchi bilan birgalikda chiqariladi). 

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling