16
Geografik tarqalishi. Bu o‘simlik yovvoyi
holda Shimoliy Amerikada
o‘sadi. Moskva viloyati, O‘zbekistonda (Toshkent viloyatida) o‘stiriladi.
Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida 0,8% gacha yurak glikozidlari, tanin,
kauchuk,
oz miqdorda alkaloidlar, organik kislotalar, triterpen (oleanol kislota,
amirin, lupeol va boshqalar) hamda boshqa birikmalar bo‘ladi.
Ildizpoya va
stolonidan 0,17-0,50% gacha simarin (gidrolizlanganda simaroza kandigav va
strofantidin aglikoniga parchalanadi), apokannozid, sinokannozid, 0,33% gacha K-
strofantin- β va boshqa yurak glikozidlari ajratib olingan. Urug‘ida 0,35%, bargida
esa kam miqdorda yurak glikozidlari bor.
Dorivor preparatlari. Simarin standart.
1.8. Yer ostki qismlari xom-ashyo sifatida ishlatiladigan
dorivor o‘simliklar
Yer ostki qismlari dorivor mahsulot beradigan o‘simliklarga
misol qilib
yorongul (Geranium collinum Steph.), yetmak (Acanthophyllum CAM) va
otquloqni (Rumex confertus Willd.) ko‘rsatish mumkin. Bu o‘simliklarning
barchasi O‘rta Osiyoda uchraydi.
Yorongul Yoronguldoshlar -
Geraniaceae oilasiga mansub, bo‘yi 15-60 sm
ga yetadigan ko‘p yillik o‘simlik. Xalq tabobatida ishlatiladigan yer ostki qismlari
- ildizpoyasi va ildizi kech kuzda, mevasi yetilib to‘kilgandan
keyin yoki erta
bahorda kavlab olinadi va quritiladi.
Yorongul ildizpoyasi va ildizida 23,5% gacha oshlovchi va boshqa
moddalar, bargida 29,6-45,7 % vitamin C bor. O‘simlikning
yer ostki qismidan
tayyorlangan qaynatma xalq tabobatida ich ketish va boshqa me’da-ichak
kasalliklarini hamda turli qon oqishlarni (tuqqandan keyin qon ketishi, qon
tupurish, ichdan qon ketishi va boshqalarni) to‘xtatish uchun qo‘llaniladi.
Yetmak
Chinniguldoshlar
-
Caryophyllaceae oilasiga mansub, bo‘yi 80 sm
gacha yetadigan ko‘p yillik o‘t o‘simlik.
Uning
Do'stlaringiz bilan baham: