19
bod, bezgak,
tutqanoq, uyqusizlik, shamollash va boshqa kasalliklarni davolashda
tinchlantiruvchi, uxlatuvchi va og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Bu
qaynatma teri kasalliklarida ham shifo bo‘ladi.
Shuningdek, yer ustki qismining
qaynatmasi terlatuvchi va siydik haydovchi ta’sirga ega. Nafas qisish va nafas
olish qiyinlashgan vaqtlarda isiriq urug‘i qaynatmasini zig‘ir urug‘i
qaynatmasi
bilan, zaxm va bod kasalliklarida esa isriq urug‘i qaynatmasini qalampir urug‘i
qaynatmasi bilan birga qo‘shib ichish tavsiya qilinadi.
Na’matak (Rosa canina) turlari Ra’noguldoshlar
Rosaceae oilasiga mansub,
bo‘yi 1,5-3 m, ba’zan 6 m ga yetadigan tikanli buta. Novdalari egiluvchan bo‘lib,
yaltiroq, qo‘ng‘ir - qizil yoki qizil - jigarrang po‘stloq bilan qoplangan. Shakli va
rangi turlicha, shirali, gul o‘rnidan hosil bo‘lan soxta mevalarga ega. Aprel-avgust
oylarida gullaydi, mevasi iyul-oktabrda yetiladi.
Geografik
tarqalishi.
Na’matak turlari O‘rta Osiyoning hamma
respublikalaridagi o‘rmonlarda, tekisliklarda, tog‘-cho‘l
tumanlarida, to‘qaylarda,
tog‘larning etaklari, o‘rta va yuqori qismlarigacha quruq toshloq yonbag‘irlarda,
yong‘oq va archazorlarda, bog‘larda va boshqa yerlarda o‘sadi.
Qo‘llaniladigan qismi. Soxta mevasi. O‘simlikning mevasi avgust oyining
oxirlaridan boshlab, kech kuzgacha yig‘iladi. Sovuq
urgan mevalarida vitamin C
miqdori kamayib ketadi. Yig‘ilgan mevalar tezda ochiq havoda quyoshda yoki 80-
90
0
C li pechlarda quritiladi. Ba’zan na’matak mevasi quritilmasdan dorivor
preparatlar olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri farmasevtika zavodlariga yuboriladi.
Quritilgan mevalarini ishqalab, kosachabarg qoldiqlari tushirib yuboriladi.
Kimyoviy tarkibi. Mevasi tarkibida 4-6%, ba’zan 15% gacha vitamin C,
vitamin B
2
, P, E va K, 12-27% karotin, 29% gacha organik (limon,
olma va
boshqa) kislotalar, 18% gacha qandlar, 3,7%
gacha pektin, 4,5% gacha oshlovchi
moddalar, urug‘ida moy va boshqa birikmalar bor.
Ishlatilishi. Na’matak turlarining mevasi turli vitaminlar saqlovchi
polivitaminli mevalarga kiradi. Yuqori vitaminli turlari (Roza beggeriana Schrenk.
va Rosa fedtschenkoana Rgl.) avitaminoz kasalliklarini davolash va ularning oldini
olish uchun qo‘llaniladi. Urug‘idan olinadigan
moyi va mevasining yumshoq
Do'stlaringiz bilan baham: