Biofaol moddalar kimyosi fanidan laboratoriya mashg'ulotlari h. T. Avezov z. A. Sulaymonova


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/40
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1728864
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40
Bog'liq
13064 1 211BE9300271E6666E098B42512219971A5D3823

17-rasm. Na’matak (Rosa) turlari guli va mevasining tashqi ko’rinishi 


20 
qismidan tayyorlangan moyli ekstrakti - karatolin kuyganni, tropik yaralarni, 
ekzema, teri kasalliklarini, yarali kolit va boshqa kasalliklarni davolashda 
ishlatiladi. Na’matak turlarining ba’zilaridan vitaminli kontsentratlar, sharbat 
tayyorlanadi, vitamin C (askorbin kislota) olinadi, quruq mevasidan tabletka 
tayyorlanadi. Bu dorilar avitaminoz kasalligini davolashda va uning oldini olishda 
ishlatiladi. Askorbin kislota ko‘pgina kompleks preparatlar tarkibiga kiradi. 
Vitamin C kamroq bo‘ladigan na’matak turlaridan itburun na’matagi (mevasi 
tarkibida 0,2-2,2% gacha vitamin C bo‘ladi, xolos) mevasidan tayyorlangan 
xolosas preparati jigar kasalliklarini (xoletsistit, gepatit va boshqalarni) davolash 
uchun ishlatiladi. Na’matak turlarining mevasidan tayyorlangan damlama va 
qaynatmalar xalq tabobatida me’da-ichak kasalliklarini (ich ketishi, qon aralash ich 
ketish, ichakning yuqumli kasalliklarini) davolash uchun hamda bachadondan qon 
oqishini to‘xtatuvchi, isitma tushiruvchi, o‘t va siydik haydovchi vosita sifatida 
qo‘llaniladi. Bu dori turlari bilan og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarida (milk yallig‘lanishi 
va undan qon oqishi) og‘iz chayiladi. Na’matak mevasi organizmni 
quvvatlantirish, modda almashinuvini yaxshilash, soxta mevalari ichidagi haqiqiy 
mevalari - yong‘oqchalari buyrak va siydik yo‘llari kasalliklarida siydik haydash 
uchun ishlatiladi. O‘simlik ildizidan tayyorlangan damlama va qaynatma xalq 
orasida me’da va jigar kasalliklariga, bargining kukuni esa yaralarga davo qilinadi. 
Na’matak turlari mevasidan oziq-ovqat sanoatida vitaminga boy kontsentratlar, 
konfetlar va boshqa qandolat mahsulotlari tayyorlashda foydalaniladi. 
Kiyiko‘t (Ziziphora pedicellata) labguldoshlar (Labiatae) oilasiga mansub
bo‘yi 16-40 sm bo‘ladigan ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Poyasi sershox. Barglari 
navbatma-navbat 
joylashgan, 
murakkab, 
oq 
patsimon, 1-14 juft nashtarsimon bargchalardan 
tashkil topgan. To‘pgullari sariq rangli, 10-20 ta 
guldan iborat boshchasimon g‘uj shingildir. 
Mevasi tukli, tuxumsimon dukkak. May - iyun 
oylarida gullaydi, mevasi iyulda yetiladi. 
Geografik tarqalishi. Kiyiko‘t O‘rta Osiyo, 
Ukraina, Kavkaz va Rossiyaning Yevropa qismida 
ochiq joylarda, dashtlarda tepaliklar va dalalarda, 
o‘rmon chetlarida o‘sadi. Chorva mollari 
boqiladigan yerlardan tezda yo‘qolib ketadi. 
Kimyoviy 
tarkibi. 
Kiyiko‘tda triterpen 
glikozidlar, flavonoidlar, oshlovchi moddalar, 
kumarinlar bilan oksikumarinlar, aminokislotalar, vitaminlar, jumladan, tokoferol 
bor. Kiyiko‘t selen to‘plab boradigan o‘simliklar qatoriga kiradi. Bu o‘simlikda har 
xil mikro- va makroelementlar (kalsiy, kremniy, alyuminiy, temir, magniy, kobalt, 
rux, mis, marganes, molibden, xrom) bor. 

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling