Biofaol moddalar kimyosi fanidan laboratoriya mashg'ulotlari h. T. Avezov z. A. Sulaymonova


-rasm. Ferula assa  foedita - sassiq kovrak


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/40
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1728864
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40
Bog'liq
13064 1 211BE9300271E6666E098B42512219971A5D3823

20-rasm. Ferula assa 
foedita - sassiq kovrak 


23 
kumarini, ferula kislotasi va uning smola spirtlari bilan hosil qilgan efirlari) tarkib 
topgan. Yelim-smola efir moyi tarkibida o‘simlikka sarimsoq hidini beruvchi 
organik sulfidlar (65% gacha), pinen, π-oksikumarin va boshqa birikmalar bo‘ladi. 
Ishlatilishi. Sassiq kovrakning yelim - smolasi qadimdan xalq orasida turli 
kasalliklarni davolash uchun qo‘llanib kelingan. Abu Ali ibn Sino bu yelim -
smolani me’da, buyrak, taloq, jigar kasalliklarini davolashda hamda bachadondan 
qon oqishini to‘xtatuvchi, ishtaha ochuvchi, siydik haydovchi, bo‘g‘inlar 
og‘riganda og‘riq qoldiruvchi dori sifatida ishlatgan. Sassiq kovrak yelim - smolasi 
xalq tabobatida tomir tortishi, o‘pka sili, o‘lat, zaxm, ko‘kyo‘tal, tish og‘rig‘i, asab 
kasalliklarini davolash uchun hamda quvvat beruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi va 
gijja haydovchi dori sifatida qo‘llaniladi. Sassiq kovrakning yosh novdalarini 
yanchib, qatiqqa aralashtirilib, xavfli shishlar va zaxmga davo qilinadi. Yelim-
smola nastoyka va emulsiya holida tibbiyotda astma, tomir tortishishi va asab 
kasalliklarida ishlatiladi. 
Aloe - Sabur (Aloe arborescens) Piyozguldoshlar Liliaceae oilasiga 
mansub, madaniy, bo‘yi 4 m gacha bo‘ladigan 
daraxtsimon yoki o‘t o‘simlik. Barglari qini yordamida 
poyada ketma-ket joylashadi, ko‘pincha poyasining 
yuqori qismida to‘pbarg hosil qiladi. Gullari chiroyli va 
turli rangda bo‘lib, poyasining yuqori qismidagi to‘pbarg 
o‘rtasidan chiqqan uzun silindrsimon gul o‘qida 
joylashgan shingilni hosil qiladi. Mevasi - uch qirrali 
ko‘sakcha. 
Geografik tarqalishi. Vatani Afrikaning janubi-
sharqidagi 
yarim 
cho‘llar. 
MDH 
davlatlarida 
Daraxtsimon aloe (Aloe arborescens Mill.) va Yo‘l - 
yo‘l aloe (Aloe striatila How.) uchraydi. O‘rta Osiioda bir yillik o‘simlik sifatida, 
xonalarda ko‘p yillik o‘simlik o‘rnida o‘stiriladi. 
Qo‘llaniladigan qismi. Bargi. 
Kimyoviy tarkibi. Barglari va undan olinadigan sabur tarkibida antratsen 
hosilalari (aloin, nataloin, izoemodin) smolalar, efir moyi, achchiq va boshqa 
moddalar bor. 
Ishlatilishi. Saburning yuqori dozasi (0,03-0,2 g) surgi dori sifatida, kichik 
dozasi (0,01-0,02 g) ovqat hazmini yaxshilash va ishtaha ochish maqsadida 
ichiladi. Biogen stimulyatorlarga boy barglaridan suyuq ekstrakt (flakon va 
ampulalarda chiqariladi), liniment (emulsiya), sharbat va tabletka tayyorlanadi. 
Suyuq ekstrakti va tabletkasi ko‘z kasalliklarida (konyuktivit, ko‘z shishasimon 
tanachasining xiralashishi va boshqalar) hamda boshqa kasalliklarda (surunkali 
artrit, me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, bronxial astmada) qo‘llaniladi. 
Aloy linimeti va sharbati kuyganda, turli yaralarga (tropik, yuqumli, yiringli va 

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling