Biofaol moddalar kimyosi fanidan laboratoriya mashg'ulotlari h. T. Avezov z. A. Sulaymonova


-rasm. Rosmarinus  officinalis – dorivor


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/40
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1728864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
13064 1 211BE9300271E6666E098B42512219971A5D3823

1-rasm. Rosmarinus 
officinalis – dorivor 
rozmarin 



quvvatni oshiruvchi, ayollarda klimaks (jinsiy bezlar faoliyatining, hayz 
ko'rishning to'xtay borish davri) davrida nerv faoliyatining buzilishini tartibga 
soluvchi, yurak sohasi og'riganda va oshqozon sanchiganda og'riq qoldiruvchi, 
oshqozon - ichak kasalliklarida oshqozon shirasi ajralishini kuchaytiruvchi va 
hazm qilishni yaxshilovchi vosita sifatida ta'sir ko'rsatadi. Nevralgiya (asab 
sistemasining biror yeri kasallanishi yoki yallig'lanishi natijasida paydo bo'ladigan 
og'riq), revmatizm, parotit, trombofibit kasalliklarida, yaralar bitishida surtma 
sifatida foydalanilsa ijobiy natija beradi. Bosh aylanishi va asab buzilishida xuddi 
choy kabi damlab ichish tavsiya etiladi.
Rozmarin moyi kuchli antiseptik va tetiklantiruvchi ta'sir ko'rsatib, qon 
aylanishi va hujayralarning tiklanishini tezlashtiradi. Shuning uchun yog'li terida 
qon aylanishi buzilganda foydalaniladi. Ajoyib burishtiruvchi xususiyati bilan 
teridagi teshikchalarni toraytirib, terining yuzasini silliqlaydi va qora 
husnbuzarlardan tozalaydi.
Qo‘llaniladigan qismi. O‘simlikning yer ustki qismlari. 
Tog' jambili (Thymus vulgaris) labguldoshlar (Labiatae) oilasiga mansub, 
ko'p yillik xushbo'y o'simlik bo'lib, bo'yi 40–60 sm ga yetadigan yarimbuta. Asosiy 
ildizi pastga qarab burama hosil qilib o'rnashgan. Poyasi 
tik o'suvchi, yuqori qismidan shoxlanadigan, pastki qismi 
yog'ochlangan shoxlari sertuk va to'rt qirrali. Gullari 
shingilsimon to'pgulda to'planadi. Avgust-sentabr oylarida 
meva hosil qilib, urug' beradi.
Geografik tarqalishi.Tog' jambilning vatani O'rtayer 
dengizining shimoli - g'arbiy qismi hisoblanadi. Krasnodar 
o'lkasi, Qrimda, Ukrainaning janubiy tumanlarida, 
Moldaviyada tog' jambilini efir moyi olish uchun 
yetishtiriladi.
Kimyoviy tarkibi. Tog'jamibilning tarkibidan efir moyi va timol moddasini 
olish uchun maxsus ekib o'stiriladi. Bundan tashqari uning tarkibida simol, 
borneol, pinin, karvakrol, oz miqdorda oshlovchi moddalar va flavanoidlar ham 
borligi aniqlangan. Bundan tashqari tog'jambilda azotli moddalar, qand, kletchatka, 
mineral moddalar bor. 
Ishlatilishi. Tog'jambildan tabobatda dezinfeksiyalovchi, og'riq qoldiruvchi, 
balg'am ko'chiruvchi, gijjaga qarshi vosita sifatida ishlatiladi. Quyuq 
ekstraktlaridan esa tomoq va bronxlar, oshqozon - ichak kasalliklarida, uyqusizlik, 
bo'g'im kasalliklari, asab va teri kasalliklarida, hamda stomatologik muammolarda 
ishlatiladi. Bu o'simlik spirtli ichimliklarga moyillikni kamaytirib, alkogolizmni 
davolashda qo'llaniladi. Radikulit, revmatizm va moddalar almashinuvining 

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling