Biofaol moddalar kimyosi fanidan laboratoriya mashg'ulotlari h. T. Avezov z. A. Sulaymonova


 - ish. PIGMENTLARNI EKTSRAKTSIYA QILISH


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/40
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1728864
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40
Bog'liq
13064 1 211BE9300271E6666E098B42512219971A5D3823

15 - ish. PIGMENTLARNI EKTSRAKTSIYA QILISH 
Kerakli asbob va reaktivlar: sabzi yoki o’simlik to’qimasi, atseton, pichoq, 
50 ml kolba, chinni hovoncha, xromatografiya qog’ozi, shisha naycha, qalam, 
silindr. 
O’simlik bargidan yoki karotinga boy bo’lgan boshqa to’qimalar (sabzi) dan 
2 – 3 g olib pichoq bilan yaxshilab maydalanadi, so’ngra uni chinni hovonchaga 
solib atsetonda eziladi. Arsetonda ezilgan o’simlik to’qimasi 50 ml hajmdagi 
o’lchov kolbasiga o’tkaziladi. Chinni hovoncha 2 – 3 marta atseton bilan yuvilib 
kolbadagi aralashma ustiga solinadi va eritma hajmi 50 ml ga yetkazildi. So’ngra 
filtrlanadi. Shu usulda tayyorlangan pigmentlarning atsetondagi eritmasidan 
karotin manbai sifatida foydalanish mumkin. 
I SH N I N G B O R I SH I 
Xromatografiya qog’ozidan uzunligi 20 – 25 sm, eni 2 – 5 sm o’lchamli 
kesmalar kesib olinadi. So’ngra xromatografiya qog’ozining pastki uchidan 2 sm 
balandlikda oddiy qora qalam bilan bilinar – bilinmas qilib chiziq o’tkazildi. 
Tayyorlangan pigmentlarning atsetonli eritmasidan nuqta shaklidagi qog’ozdagi 
chiziq ustiga kapillyar shisha naycha orqali tomizib shimdiriladi. Keyin u havoda 
quritiladi. Xromatografik qog’ozga pigmentlar aralashmasini tomizish va uni 
quritish jarayoni 3 – 4 marta takrorlanadi. Natijada xromatografiya qog’ozida 
nuqta ko’rinishda yashil rangdagi dog’ hosil bo’ladi. So’ngra pigmentlar 
aralashmasi singdirilgan xromatografiya qog’ozi 2 – 3 sm balandlikda efir yoki 
benzin solingan silindrga yoki maxsus shishadan yasalgan kameraga tushiriladi. 
Xromatografiya qog’ozini efir yoki benzinga tushirilganda ehtiyot bo’lish kerak. 
Qog’ozdagi yashil rangli dog’ erituvchidan 1,0 – 1,5 sm yuqorida turishi kerak. 
Erituvchining qog’oz bo’ylab ko’tarilishi bilan pigmentlar bir-biridan ma’lum 
tartibda ajrala boshlaydi (3 – rasm). 
Karotin efir va benzinda yaxshi eriganligi tufayli 
boshqa pigmentlardan oson ajralib, xromatografiya 
qog’ozining eng yuqori qismiga ko’tariladi. Undan 
keyin ksantofill, xlorofill «a» va xlorofill «b» 
joylashadi. Pigmentlarning bir – biridan ajralishi 
benzol – benzin aralashmalarida (1:1 nisbatda) 
yanada yaxshiroq bo’ladi. 

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling