Biofaol moddalar kimyosi fanidan laboratoriya mashg'ulotlari h. T. Avezov z. A. Sulaymonova


 – ish. ALKALOIDLARNI QOG’OZ XROMATOGRAFIYASI


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/40
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1728864
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
13064 1 211BE9300271E6666E098B42512219971A5D3823

20 – ish. ALKALOIDLARNI QOG’OZ XROMATOGRAFIYASI
USULIDA ANIQLASH 
Kerakli reaktiv va jihozlar: xlorid kislotaning 1% li eritmasi, fenolftalein 
eritmasi, uzunligi 30 sm, eni 12 sm bo’lgan xromatografiya qog’ozi, kapillyar 
naychalar, alkaloidlarning «guvoh» eritmalari, Dragendorf reaktivi, maydalangan 
va kukun holiga keltirilgan isiriq bargi (poyasi, guli), kolba (100 ml), voronkalar
paxta filtr qog’ozi. 
Alkaloidlarni aniqlashda 
xromatografik usullarning 
hamma turlari 
(adsorbsion, ion almashinuv, taqsimlanish) keng miqyosda qo’llaniladi. Bu 
usullardan alkaloidli ajratmada qancha va qanday birikmalar borligi, alkaloidlar 
yigindisidan ayrimlarini ajratib olishda, hamda ularning miqdorini aniqlashda 
foydalaniladi. O’simliklar tarkibidagi alkaloidlarni identifikatsiya qilishda
ayniqsa, qog’ozda va yupqa qavatda o’tkaziladi. Taqsimlanish xromatografiyasi 
juda ko’p qo’l keladi. Alkaloidlarni xromatografiya usulida aniqlash uchun, avvalo 
o’simlik mahsulotidan tegishli alkaloidlar ajratmasini tayyorlash kerak (oldingi 
tajribada olingan alkaloidlar yig’indisidan ham foydalanish mumkin).
I SH N I N G B O R I SH I 
Maydalangan mahsulotdan isiriq bargi, poyasi va gullaridan 1 g olib 100 ml 
hajmli kolbaga solinadi. Uning ustiga xlorid kislotaning 1% li eritmasidan 25 ml 
quyib, vaqt – vaqti bilan chayqatib turgan holda, bir soat davomida qo’yib 
quyiladi yoki qaynab turgan suv hammomida 5 minut qizdiriladi. So’ngra sovitib 
paxta orqali filtrlanadi. Filtratda alkaloidlar tuz holida bo’ladi. So’ngra alkaloidlar 


52 
ajratmasi ishqoriy muhitga o’tguncha (fenolftalein bilan tekshiriadi) ammoniy 
gidroksidning konstentrlangan eritmasidan tomchilab qo’shiladi va asos holatiga 
o’tgan alkaloidlar 5 ml xloroform bilan chayqatib ajratib olinadi. Ana shu 
alkaloidlar yig’indisi xromatografiya uchun ishlatiladi. 
Uzunligi 30 – 40 sm, eni 12 sm bo’lgan xromatografiya qog’ozining «start» 
chizig’iga (pastki chetidan 2 – 3 sm balandlikda) kapilyar naycha yordamida 
tayyorlangan ajratmadan hamda alkaloidlarning «guvoh» eritmalaridan bir-biridan 
2 sm masofada tomiziladi (tomizilgan dog’ning diametri 5 mm dan oshmasligi 
kerak). Tomizilgan ajratma va «guvoh» eritmalar qurigandan so’ng xromatografiya 
qog’ozi bir sutka oldin n-butanol-sirka kislota-suv aralashmasi (5:1:4 nisbatda) 
tayyorlab quyilgan xromatografik kameraga joylashtiriladi (qog’ozning pastki cheti 
5 mm gacha suyuqlikka tushib turishi kerak). 14 – 15 soatdan so’ng 
xromatografiya qog’ozi olinib quritiladi va unga Dragendorf reaktivi purkaladi. 
Natijada ajratmadagi alkaloidlar va «guvoh» alkaloidlar sariq fonda zarg’aldoq 
(to’q sariq) dog’lar holida ko’rinadi. Dog’larning R
f
lari hisoblanadi, so’ngra 
o’simlik ajratmasidagi va «guvoh» alkaloidlarning R
f
lari solishtirilib, o’simlikda 
qanday alkaloidlar borligi to’g’risida xulosa chiqaradilar.

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling