Biofaol moddalarni sintezi va ularni ajratib olish


Mikrobli sintez yo`li bilan mahsulot ishlab chiqarish sanoatining ko`p bosqichli biotexnologik tizimi


Download 140.5 Kb.
bet3/3
Sana06.04.2023
Hajmi140.5 Kb.
#1332018
1   2   3
Bog'liq
Biofaol moddalarni sintezi va ularni ajratib olish

Mikrobli sintez yo`li bilan mahsulot ishlab chiqarish sanoatining ko`p bosqichli biotexnologik tizimi.
Mikroblar yordamida ajratib olinadigan biofaol moddalar Biopreparatlarni, ularni ajratib olish texnologiyalariga qarab uchta guruhga bo`lish mumkin bo`ladi: 1. Tovar mahsulot sifatida tirik mikroorganizmlar komponentini tutuvchi biopreparatlar. Bu xil tovar mahsulotlari jumlasiga o`simliklarni muhofaza qilish vositalari, bakterial o`g`itlar, yem-hashaklarni silosga aylanishini ta`minlovchilar, biodegradientlar va boshqa biotransformatsiyalovchi faol vositalar kiradi. 2. Faolsizlantirilgan hujayralar va ularni qayta ishlash natijasida hosil qilingan biomassalardan tashkil topgan biopreparatlar. Bular jumlasiga achitqili oziqa, zamburug`li mitselliylar va boshqalar kiradi. 3. Mikroorganizmlarning metabolizmi asosida tozalab ajratib olingan biopreparatlar. Bular jumlasiga vitaminlar, aminokislotalar, fermentlar, antibiotiklar, biolipidlar, polisaxaridlar, mikrob biomassalari va metabolitlarini kompleks qayta ishlash mahsulotlari kiradi. Biotexnologiyaning istiqboldagi imkoniyatlari cheksiz. Hozirgi kunda uning uchta yo`nalishi diqqatga sazovordir. 1. Qishloq xo`jaligini rivojlantirishga qaratilgan yo`nalish. Bu sohaga: - yog`och qoldiqlari va neftning karbonvodorodlarini gidrolizlash asosida ajratib olinadigan mikrob oqsillaridan chorva mollari ratsionini yaxshilashda foydalanish; - chorva mollari oziqasiga qo`shib berish maqsadida almashinmaydigan aminokislotalar biosintezini sanoat miqyosida amalga oshirish; - mikrob oqsili, aminokislotalar, vitaminlar va boshqa chorva mollari ratsionini boyitishdan tashqari, parrandalar va qishloq xo`jalik hayvonlarini kasalliklarini profilaktikasini amalga oshirishda, shuningdek madaniy o`simliklarning zararkunandalariga qarshi samarali kurashni amalga oshirishda virus va bakterial preparatlardan foydalanish; - dehqonchilik uchun bakterial o`g`itlardan foydalanish: bu preparatlar tarkibi azot yig`uvchi mikroorganizmlardan tashkil topgan bo`lib, ular havo azotini o`zlashtirish, uni o`simlik tomonidan ham oson o`zlashtirilishini ta`minlanishiga erishish; - qishloq xo`jalik ishlab chiqarishi xom-ashyosini qayta ishlash va chorvachilik uchun yangi turdagi yem-oziqa ishlab chiqarishda ferment preparatlaridan foydalanish kabilar kiradi. Bu maqsadda multienzim komplekslar (MEK) yaxshi samara beradi. Somonni oziqaviy somonkonsentrat (oqsilli-karbonsuvli oziqa) ga aylantirishda MEK dan foydalanish juda yaxshi samara beradi. Agar biotexnologiyaning rivojlanishini «birinchi davri» da fermentlar kompleksining imkoniyatlari chegaralangan bo`lsa, uning «ikkinchi davri» da fermentativ spektri juda keng bo`lgan MEK lar ishlab chiqildi. 2. Biotexnologiyaning ikkinchi rivojlanish yo`nalishi biologiya tizimi fanlari va sog`liqni saqlashga oid izlanishlarni o`z ichiga oladi. Gen muhandisligi va molekulyar biologiyaning yutuqlari asosida ilmiy tadqiqotlar olib borish va davolash maqsadlari uchun foydalaniladigan yuqori samara beruvchi antibiotiklar, monoklonal antitelalar, interferon, vitaminlar, aminokislotalar, shuningdek fermentlar va boshqa biopreparatlarni ishlab chiqarish mumkin bo`ladi. Bu preparatlarning ba`zilari hozirgi kunda tibbiyot va veterinariyada samarali ravishda foydalanilmoqda. - 12 - 3. Biotexnologiyaning uchinchi rivojlanish yo`nalishi sanoat uchun kerak bo`ladigan mahsulot ishlab chiqarish hisoblanadi. Hozirdan boshlab bu mahsulotlar oziq-ovqat va yengil sanoat ehtiyojlari uchun kerak bo`ladigan fermentlar misolida ishlab chiqarila boshlandi. Yaqin kelajakda sanoatning metallurgiya (flotatsiya jarayonida ba`zi moddalardan foydalanish, metallani quyish jarayonlari) da, neft-gaz sanoati (quduqlar qazishda, o`simlik va mikrob biomassalaridan kompleks foydalanish) da, rezina va lak sanoati (sintetik kauchukka oqsil qo`shimchasi qo`shib sifatini yaxshilash) da foydalanilmoqda.
Download 140.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling