Biofaol moddalarni sintezi va ularni ajratib olish


-Jadval Har xil oqsillar tarkibidagi aminokislotalarning miqdoriy ko`rsatkichlari. (100 g oqsil tarkibidagi aminokislotalarning miqdori)


Download 140.5 Kb.
bet2/3
Sana06.04.2023
Hajmi140.5 Kb.
#1332018
1   2   3
Bog'liq
Biofaol moddalarni sintezi va ularni ajratib olish

1-Jadval
Har xil oqsillar tarkibidagi aminokislotalarning miqdoriy ko`rsatkichlari. (100 g oqsil tarkibidagi aminokislotalarning miqdori)


Shuningdek, yem-oziqa, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishda va tibbiyotda foydalanishga qaratilgan aminokislotalar, ferment preparatlari, tibbiyot va veterinariya ehtiyoji uchun kerak bo`lgan antibiotiklar dehqonchilik uchun zarur bo`lgan biologik o`g`itlar, o`simliklarni muhofaza qilish mahsulotlarini sanoat miqyosida ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari mikrobli transformatsiya jarayonlaridan foydalangan holda vitaminlar, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga qo`shish uchun kerakli moddalar, yarim sintetik antibiotiklar va dorivor moddalarni ajratib olish biotexnologiyaning istiqbolli yo`nalishlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi davrda mikroblar yordamida sanoat miqyosida amalga oshiriladigan sintez yagona biotexnologik tizimdan iborat bo`lishi lozim. Bu tizim o`z ichiga ishlab chiqariladigan mahsulotning turi, uning mahsulot sifatidagi shakli va miqdoriy ko`rsatkichiga qarab ketma-ket amalga oshiriladigan bosqichlar va operatsiyalarni qamrab oladi. Biotexnologik tizimning umumiy ko`rinishi 1-Rasmda keltirilgan. Odatda mikrob-produsentni tanlashda mikroorganizmning eng yuqori mahsuldor shtammini tanlab olinadi. Bunda molekulyar biologiya, seleksiya va molekulyar genetikaning eng so`nggi yutuqlari bilan qurollangan holda ishni mikrob hujayralarini biokimyosi, fiziologiyasi va gen muhandisligiga tegishli bilimlarga tayanib olib boriladi. Shu yo`sinda produsent-shtammning biotexnologik jihati baholanadi va uning potensial imkoniyatlari haqida xulosalar chiqariladi. Biotexnologik tizimning samaradorligi produsent-mikrobning maqsadli mahsulot ishlab chiqarishini ta`minlashda uni o`stirishga tegishli bo`lgan eng kam harajatli tarkibga ega bo`lgan kimyoviy komponentlarni tanlash muhim ahamiyatga ega. Tanlash variantlarini bir tomondan mikrob hujayrasini energetik va moddiy ehtiyojini qoplaydigan va boshqa tomondan texnologik uslub va xomashyoni qimmati nuqtai nazardan eng qulay bo`lgan variant tanlab olinadi. Biotexnologik tizimni shakllantirishda produsentmikrob hujayralarini o`stirish rejimini ishlab chiqish ham muhim ahamiyatga egadir.. Bunda hujayraning fiziologik ehtiyojini maksimal qondirishga intilish lozim. Shundagina hujayraning genetik potensialidan to`liq foydalanish mumkin bo`ladi. Bu narsa o`simlik materiallarini gidrolizi natijasida hosil bo`ladigan karbonsuvlarni hammasidan oziqali achitqi ajratib olishda foydalanish imkoniyatini yaratadi. Mikroblardan foydalanib oqsil ajratib olishni yo`lga qo`yilishi achitqili biomassani karbonsuvlardan olishga moslashtirilgan zavodlarning qurilishidan boshlab yanada rivojlanib ketdi. Hujayrani o`stirishni ta`minlaydigan qurilmalarning muhandislik nuqtai nazaridan baholaganda, biotexnologik tizimni ishlashini optimallashtirishda matematik modellashtirish asosida EHM dan foydalanish va butun tizimni avtomatik boshqarilishiga erishish yaxshi samara beradi. Biotexnologik tizimning to`liq va uzluksiz ishlashini ta`minlashning keyingi bosqichi maqsadli ishlab chiqarilgan mahsulotni kafolatli saqlanishi va o`z vaqtida undan foydalanilishini ta`minlashdan iborat bo`ladi.



Download 140.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling