Biofizika kitob yangisi 2013. doc
§ 3.2. Suyuqliklar yopishqoqlik koeffisiyentini o’lchash usullari
Download 2.18 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOFIZIKA (1)
§ 3.2. Suyuqliklar yopishqoqlik koeffisiyentini o’lchash usullari Yopishqoqlik deb real suyuqliklar bir qatlamining boshqa qatlam harakatiga to’sqinlik qilish qobiliyatiga aytiladi. Bir qatlamning ikkinchi qatlamga nisbatan harakatida sirtga urinma yo’nalgan ichki kuchlar yuzaga keladi. Bu kuchlar qatlamlar tegib turgan yuzaga va tezlik gradiyentiga to’g’ri proporsionaldir, ya’ni X S F ∆ ∆ ϑ ~ (3.8) yoki X F ∆ ∆ = ϑ η (3.9) Bu yerda η - suyuqlik tabiatiga bog’liq bo’lgan kattalik bo’lib, dinamik yopishqoqlik yoki yopishqoqlik koeffisiyenti deyiladi. Yopishqoqlik koeffisiyentining o’lchov birligi Paskal .sekund bo’lib, bu laminar oqim uchun tezlik gradiyenti 1 m 2 yuzada 1 m/s ga o’zgaradigan va 1 m 2 yuzasida 1 N kuch hosil bo’ladigan modda dinamik yopishqoqligiga teng. Yopishqoqlik qanchalik katta bo’lsa, unda shuncha katta ichki ishqalanish kuchlar yuzaga keladi. Yopishqoqlik haroratga bog’liq bo’lib, suyuqlik va gazlar uchun turlichadir. Suyuqliklar uchun harorat oshganda η kamayadi, gazlarda esa teskari holat yuz beradi. Suyuqlik yopishqoqlik koeffisiyentini aniqlash katta ahamiyatga ega bo’lib bir qancha usullar mavjud. Biz Puazeyl usulini qarab chikamiz. Bu usulda suyuqlik kichik kapillyarda oqib o’tish vaqti aniqlanadi va formula yordamida yopishqoqlik koeffisiyenti aniqlanadi. Suyuqlik yoki gazning nay orqali o’tishi uchun ma’lum bosimlar farqi bo’lishi zarur. Suyuqlik hajmi V , nay uzunligi l , uchlaridagi bosimlar farqi P ∆ va τ suyuqlikning oqib o’tish vaqti orasidagi bog’lanish Puazeyl formulasi bilan ifodalanadi. l η τ π 8 4 ⋅ ∆ ⋅ = P r V (3.10) Bunda r - nay radiusi. (3.10) ifoda yordamida yopishqoqlikni aniqlash uchun oqim laminar bo’lishi kerak. Turbulent oqim uchun Puazeyl formulasi o’rinli emas. Odatdagi hollarda PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 56 oqim laminar bo’lishi uchun nay diametri kichik bo’lishi zarur. Yopishqoq suyuqlikni to’la harakterlaydigan kattalik kinematik yopishqoqlikdir ρ η ν = (3.11) Bunda ρ - suyuqlik zichligi. P ∆ , ,l τ kattaliklarni aniqlash qiyin, shuning uchun taqqoslash usulidan foydalaniladi. Yopishqoqlikni aniqlovchi qurilmaga viskozimetr deyiladi. Bu usulda bir xil hajmdagi yopishqoqligi ma’lum va yopishqoqligi noma’lum suyuqliklar oqib o’tish vaqti taqqoslanadi. U holda kinematik yopishqoqlik o o τ τ ν ν = (3.12) (3.12) - ifoda orqali hisoblanadi. Bunda ν va o ν mos ravishda noma’lum va etalon suyuqliklar kinematik yopishqoqligi, τ va τ o lar esa bu suyuqliklar uchun oqib o’tish vaqti. 3.3 - rasm. Yopishqoqlik koeffisiyentini aniqlashning vizkozimetriya (a) va Stoks (b) usullari. 1,3-o’lchov hajmlari, 2-kapillyar, F A -Arximed kuchi, mg-ogirlik kuchi, v-tezlik (3.11) ifoda yordamida dinamik yopishqoqlik aniqlanadi. Ko’pchilik viskozimetrlarda etalon suyuqlik sifatida suv olinadi va uning oqib o’tish vaqti va kinematik yopishqoqligi viskozimetr doimiysi sifatida beriladi. Shu sababli faqat noma’lum suyuqlik oqib o’tish vaqtini aniqlash bilan yopishqoqlikni o’lchash mumkin. Cuyuqliklar yopishqoqligi unda boshqa moddalar eritilganda yoki dispersiyalangan holda bo’lganda o’zgaradi. Bundan tashqari, toza erituvchilardan farq qilgan holda, suspenziyalar va eritmalar yopishqoqligi oqimdagi tezlik gradiyentlariga bog’liq bo’ladi. Bu holda Nyuton suyuqliklari haqida gap boradi. Nonyutoncha holatiga siljish kuchlanishi tufayli vujudga keladigan zarrachalar vaziyatining o’zgarishi, agregasiyasi va deformasiyasi jarayonlar olib keladi. Biologik suyuqliklar uchun tezlik gradiyenti o’sishining katta oralig’ida yopishqoqlikning uzluksiz kamayishi kuzatiladi. Bunga zarrachalar vaziyatining o’zgarishi va deformasiyasi sababchi bo’ladi. Sut emizuvchilar jumladan, odam qoni qon hujayralarining plazmadagi suspenziyasidan iborat. Qon plazmasini katta tomirlardan o’tishida Nyuton PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 57 xossalariga ega suyuqlik, deb qarash mumkin. Qonning yopishqoqligi tezlik gradiyenti o’zgarishining keng sohasida kamayadi. Bo’g’inlar orasida moylash vazifasini bajaruvchi – sinovial suyuqlik-larning yopishqoqlik asoslarini o’rganish katta ahamiyatga egadir. 3.4-rasmda ko’rinadiki, bo’g’inda suyaklar qalinligi 0,2–0,5 mm bo’lgan sinovial suyuqlikning ingichka qatlami mavjud. Sinovial bo’g’in xaltaning ichki qatlami tomonidan chiqaradigan qon dializatidan iborat. Bo’g’in xaltasi sinovial suyuqlikni bo’g’inda ushlab turadi va bo’g’in yuklanishda ma’lum miqdorda ichki bosimga qarshilik ko’rsatadi. 3.4-rasm. Umurtqali hayvon suyak bo’g’ini anatomik tuzilishning sxematik tasviri. Bo’g’in boshi bo’g’in chuqurchasida sinovial suyuqlikda yopishqoqlik toza suvnikidan 10 – 60 marotaba katta bo’ladi. Natijada uning bo’g’indan sizib chiqishi qiyinlashadi. Molekulalar harakati haroratga bog’liq ekan, u holda yopishqoqlik ham haroratga bog’liqdir. Suyuqliklar uchun yopishqoqlik harorat oshsa kamayadi. Qonning yopishqoqligi 37 o S da 4.10 -3 с Па ⋅ ga teng. Download 2.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling