Biofizika kitob yangisi 2013. doc
§3.4. Yurakning ishi va quvvati
Download 2.18 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOFIZIKA (1)
§3.4. Yurakning ishi va quvvati
Yurak bajargan ish bosim kuchlarini yengish va qonga kinetik energiya berish uchun sarflanadi. Chap qorincha bir marta qisqarganda bajargan ishni hisoblaymiz. Qonning zarb hajmi V z ni silindr ko’rinishida ifodalaymiz. Yurak bu hajmni ko’ndalang kesim yuzi S bo’lgan aorta bo’ylab o’rtacha R bosim ostida l masofaga siqib chiqaradi. Bunda bajarilgan ish 3 1 PV PSl F A = = ⋅ = l (3.14) Bu hajmdagi qonga kinetik energiya berish uchun 2 2 2 3 2 2 υ ρ υ V m A = = (3.15) ish bajariladi. To’la ish 2 3 3 2 1 3 2 υ ρV PV A A A + = + = (3.16) o’ng qorincha bajargan ish chap qorincha bajargan ishning 0,2 qismiga teng deb qabul qilinishi tufayli yurakning bir marta qisqarishida bajargan to’la ish ) 2 ( 2 , 1 2 , 0 2 3 3 3 3 υ ρV PV A A A + = + = (3.17) PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 61 R = 13 kPa, V 3 = 60 ml,= 6.10 -5 m 3 , ρ = 1,05.10 3 kg/m 3 , ϑ = 0,5 m/s bo’lsa tinch holatda yurakning bir marta qisqarishida bajargan ishi A = 1 J. ekanini topamiz. 1 s da 1 marta qisqarsa 1 sutkada A = 86400 J ish bajaradi. Agar sistolalar davomiyligi 0,3 s desak, yurakning bir marta qisqarishdagi quvvati W = t A = 3,3 Vt. Qoramollar uchun A = 2,93 J, quvvat 11,7 Vt. 70 yil yashagan odam yuragi 2,5 milliard marta qisqaradi. Bajargan ishi 10 9 J. Har qanday davriy nasos 10 mln. taktdan ko’p ishlay olmaydi. Yurak esa bundan yuzlab marta ko’p ishlay oladi. Yurakning siqib chiqargan qoni miqdori 1 km uzunlikdagi paroxod yuradigan daryoni to’ldirgan bo’lar edi. Arteriyalarning birortasidagi sistolik va diastolik bosimlar to’g’ri-dan-to’g’ri manometrlarga ulangan igna yordamida o’lchanishi mumkin. Tibbiyotda esa N.S.Korotkov taklif qilgan qonsiz usuldan keng foydalaniladi. Bunda M-manjet, R - qo’lning bir qismi, Ye s - yelka suyagi, A - arteriya, V – rezina nay orqali manjetga havo yuborilganda manjet qo’lni siqadi. So’ngra shu rezina nay orqali havo sekin yuboriladi va B manometr yordamida manjetdagi bosim o’lchanadi. Agar muskullar bo’shashtirilgan bo’lsa, elastik devorlardan iborat bo’lgan manjetga tegib yumshoq to’qimalardagi bosimga teng bo’ladi. 3.8-rasm. Qon bosimini o’lchash. Bosimning qonsiz o’lchashning asosiy fizik g’oyasi shundan iborat. Havo asta sekin chiqarilib bosim kamaytirib boriladi va bosim sistolik bosimga teng bo’lsa, qon qattiq siqilgan arteriya orqali otilib chiqish imkoniyatiga ega bo’ladi, bunda turbulent oqim yuzaga keladi. Hakam bosimni o’lchashda fonendaskopni arteriya ustiga qo’yib turbulent oqimga taalluqli bo’lgan shovqinlarni eshitadi. Manjetdagi bosimni kamaytira borib laminar oqimni tiklash mumkin, buni eshitib ko’rilayotgan tonlarning birdaniga pasayib ketishidan bilish mumkin. Arteriyada laminar oqimning tiklanishiga mos keluvchi manjetdagi bosim diastolik bosim kabi qayd qilinadi. Sog’lom kishi organizmi uchun normal sistolik bosim 120 mm.sm.ust, diastolik bosim esa 80 mm.si.ust.ga tengdir. Qon yurakka qaytish PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 62 davomida bosim kamayib boradi. Katta arteriyada 90 mm.sm.ust.bo’lsa, kichik arteriyalarda 25 mm.sm.ust venada esa hatto 10 mm.sm.ust.gacha kamayadi. Ammo, yurak urishi bilan bog’liq bo’lgan bosim 120 - 80 mm.sm.ust.chegarasida o’zgarib turadi. Qon bosimining o’zgarishi 0 Аорта Артерия Артериола Каппилярлар Веналар 20 40 60 80 100 120 3.9-rasm. Qon bosimining tomirlar bo’yicha taqsimoti. esa organizm faoliyatining o’zgarishi bilan bog’liqdir. Bundan esa tashxis maqsadlarida keng foydalaniladi. Download 2.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling