Biofizika kitob yangisi 2013. doc


Download 2.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/116
Sana14.09.2023
Hajmi2.18 Mb.
#1678267
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   116
Bog'liq
BIOFIZIKA (1)

 
orasidagi
 
farq 
gematokrit kattalik bilan aniqlanadi va empirik formula orqali ifodalanishi 
mumkin. Masalan, Xatchek tenglamasi orqali 
ф
n
к

=
1
η
η
. Bundan tashqari 
qonning yopishqoqlik koeffisiyenti, uning tezligiga ham bog’liq bo’ladi. Ya’ni, 
katta tomirlarda, kapillyardagiga qaraganda tezligi katta va yopishqoqlik 
koeffisiyenti kichikdir.
Organizmni kislorod bilan ta’minlashda asosiy rolni eritrositlar o’ynaydi. 
Eritrositda ko’plab gemoglobin, ya’ni kislorodni bog’lab turuvchi organik modda 
mavjuddir.
Eritrositdan ajratilgan qonda 3 ml kislorod erishi mumkin, to’liq qonda esa bu 
200ml. ga tengdir. Sut emizuvchilar uchun eritrositlar ikki tomonlama botiq diskka 
o’xshaydi va u qalinligi 7,5nm. bo’lgan membrana va gemoglobin bilan to’yingan 
suyuqlikdan iboratdir.
Shakl tuzilishiga asosan, u shar shaklida bo’lganidan o’lchami 1,6 marta 
katta. U yuzasining kattaligi tufayli ko’proq kislorod yutishga erishadi. Sut 
emizuvchilar eritrositlar diametri 5 mkm atrofida, lekin ularning soni juda ko’p 
bo’lgani uchun uning umumiy yuzi hayvon tanasi yuzidan ancha katta bo’ladi. 
Umuman olganda eritrositlar o’lchami va shaklini aniqlash qiyin, chunki uning 
shakli kapillyarda harakat qilganida o’zgaradi va uning o’lchami yorug’lik to’lqin 
uzunligi 
(
)
мкм
5
,
0
~
o’lchami kabi kichikdir. Mikroskopda qaraganda difraksiya 
tufayli shakli qiyshiq ko’rinadi. Eritrositning o’lchami 5 – 8 mkm bo’lishiga 
qaramasdan diametri 3 mkm li kapillyarlarga kirishi mumkin. Natijada eritrosit 
sirti va tomir yuziga tekkan qismi yuzasi oshadi natijada gaz almashish ko’payadi. 
Eritrositlar miqdorining qonda kamayishi anemiya kasalligiga olib keladi, chunki 
kislorod bilan ta’minlash susayadi.
Agarda, qon vertikal kapillyarga joylashtirilsa, u holda og’irlik kuchi ta’sirida 
eritrositlarning qatlamlar bo’yicha taqsimlanishi yuz beradi. Eritrositlarni shar 
shaklida deb eritrositlarning o’tirish tezligini (SOE) Stoks formulasidan aniqlash 
mumkin.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


64
2
9
2
R
g
c



=
ϑ
ρ
ρ
η
(3.18)
Bunda 

ρ
eritrositlar zichligi

c
ρ
suyuqlik zichligi, 

ϑ
eritrositlar tushish 
tezligi, 

g
erkin tushish tezlanishi, 

R
eritrosit radiusi. 
Bu formula bo’yicha topilgan qiymatlar 3.2 - jadvaldagi natijalardan kichik 
qiymatlarni beradi, bunga sabab eritrositlar bir-biriga yopishishi natijasida effektiv 
radiusi oshadi va SOE o’sadi. SOEga qon plazmasi yopishqoqligi ta’sir qiladi. 
Masalan: shamollash jarayonida, homiladorlik va boshqa patologik o’zgarishlarda 
sog’ plazmaning tarkibi o’zgarishi tufayli o’zgaradi. Shu sababli SOEni o’lchash 
bilan tashxis qo’yish mumkin.
Eritrositlar membranasi mustahkam bo’lishiga qaramasdan, ma’lum fizik-
kimyoviy ta’sir bilan uni buzish mumkin. Eritrositlar xossalari mexanik, issiqlik va 
boshqa ta’sirlar tufayli buziladi. Bundan esa patologik o’zgarishlarni tashxis 
qilishda foydalaniladi.
Ultratovush gemoliz usuli bilan o’tkazilgan tajribalar sog’ va kasal hayvonlar 
eritrosit membranalari chidamliligi turlicha ekani aniqlanadi. Masalan: jigar 
serrozida eritrositlar toksik moddalar tomonidan qisman buziladi, bu esa jigar 
faoliyatini yomonlashtiradi. Shu bilan butun eritrositlar massasining xususiyati 
pasayadi. Masalan, shamollash (pnevmoniyada), mastit, endometritlar eritrositlar 
halokatini tezlashtiradi. Bu esa qonda yangi to’qimalarning paydo bo’lishi 
kamayishiga olib keladi. Membrananing mustaxkamlik o’lchovi bo’lib to’qimalar 
buzilishi tezligiga teskari bo’lgan kattalik olinadi. Eritrositlar mustahkamligi ustida 
olib borilgan natijalar shuni ko’rsatdiki, juni olingan qo’ylar eritrositlari, junli 
qo’ylardagidan kuchsiz bo’lar ekan yoki tog’dagi echkilarning eritrositlari 
yaylovdagi echkilarnikidan mustaxkam bo’lar ekan Erkaklarda eritrositlar 
ayollarnikidan 1,2 marta mustahkam ekan. Ultratovush defektoskopiya usuli 
yordamida ko’plab kasalliklarga tashxis qo’yish mumkin. Bu usul yordamida 
nafaqat eritrositlar, balki qonga tegishli boshqa elementlar va spermatazoidlar ham 
o’rganilishi mumkin.

Download 2.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling