Biofizika kitob yangisi 2013. doc
§ 3.3. Yurak va qon tomirlari yopiq biofizik tizim
Download 2.18 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOFIZIKA (1)
§ 3.3. Yurak va qon tomirlari yopiq biofizik tizim Qonning oqish tezligi kichik bo’lganligi uchun uni laminar oqim deb olish mumkin. Qon molekulalari va arteriya devorlari orasida ishqalanish tufayli arteriya chetlarida oqim nolga teng. Arteriya markazida tezlik eng katta bo’ladi. Demak, arteriya devorlari oldida bosim katta va tezlik kichik bo’lganligi uchun qon to’qimalari arteriya markaziga itariladi. Agarda biror sababga ko’ra arteriya devorlari qalinlashsa ko’krak qafasida og’riq paydo bo’ladi. Buning natijasida arterioskleroz yuzaga kelishi mumkin. Bundan qutilish uchun organizmga nitroglisirin yuborish kerak. Yuqorida aytilganidek, haroratning o’zgarishi qon yopishqoqligining ham o’zgarishiga olib keladi. Boshqacha aytganda harorat oshsa qonning yopishqoqligi kamayadi, laminar oqim turbulent oqimga o’tadi va qon harakat tezligi oshadi. Laminar oqim oddiy bo’lib, tezlik kichik bo’lganda yuz beradi. Agarda tezlik oshsa, oqim turbulent holatga o’tadi. Bu o’tish chegarasi o’lchamsiz kattalik Reynolds soni orqali aniqlanadi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 58 η ϑρ D R e = (3.13) Bunda D - quvur diametri, ρ - suyuqlik zichligi, agarda bu son suv uchun 2000 dan kichik bo’lsa quvur orqali oqim laminar, bundan katta bo’lsa turbulent oqim bo’ladi. Arteriyada qon oqimi uchun bu sonning qiymati 800 ga teng, demak Reynolds soni 800 dan katta bo’lsa, organizmda patologik o’zgarishlar yuz beradi. Quyidagi jadvalda qonning ayrim gidrodinamik parametrlari keltirilgan. Odam uchun qon aylanishning ayrim gidrodinamik parametrlari 3.1-jadval Tomir turi O’rtacha tezlik m/s Diametr, m Tezlikning tomir devori yonidagi o’rtacha gradiyenti, s - 1 Reynolds soni Aorta 1 10 8 , 4 − ⋅ 2 10 5 , 2 − ⋅ 155 3 10 4 , 3 ⋅ Arteriya 1 10 5 , 4 − ⋅ 3 10 4 − ⋅ 900 2 10 5 ⋅ Arteriola 3 10 5 − ⋅ 5 10 5 − ⋅ 800 2 10 7 ⋅ Kapillyar 3 10 1 − ⋅ 6 10 8 − ⋅ 1000 3 10 2 ⋅ Venula 3 10 2 − ⋅ 5 10 , 2 − ⋅ 800 2 10 2 ⋅ Vena 1 10 1 − ⋅ 3 10 5 − ⋅ 160 2 10 4 , 1 ⋅ Yurak va qon tomirlari yopiq biofizik tizimdir. Yurak nasos rolini bajaradi va u yurak qon tomirlarida qonni harakatga keltiruvchi asosiy energiya manbaidir. U ATF molekulalarida joylashgan kimyoviy energiyani yurak muskullarining mexanik energiyasiga aylantiradi. Demak, yurak impuls rejimda ishlaydi. Sut emizuvchilar va qushlar yuragi to’rtta kameradan tashkil topgan. U ikkiga ajralgan va o’ng qon tomirlari bilan tutashtirilgan. O’ng yurakcha butun tanadan qon qabul qiladi va oshqozonga yuboradi, undan esa o’pka qon arteriyasi orqali o’pkaga yuboriladi. O’pkada u kislorod bilan boyitilib o’pka venasi orqali chap yurak va oshqozonga qaytariladi. So’ng ritmik ishlash bilan qon butun tanaga yuboriladi. Yurak muskullarining siqilishi tufayli arterial va vena tizimida bosimlar farqi yuzaga keladi va shu sababli qon harakatga keladi. Yurak siqilishi chastotasi hayvon massasi qancha kichik bo’lsa, shuncha katta bo’ladi. Chunki, massa qancha kichik bo’lsa, uning sirti ham shuncha katta bo’ladi va issiqlik ko’p yo’qotiladi va kislorod bilan ta’minlash ham shuncha kam bo’ladi. Sistola vaqtida chiqadigan qon miqdori qoramolda 850 – 580 ml, odamda 60 – 70 ml, qo’yda 55 ml, itda 14 ml ga teng. Fizik ta’sir vaqtida bu qiymat oshadi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 59 1 2 3 4 5 6 7 Юрак R D C U 3.5-rasm. Yurak va qon tomirlari tuzilishi, hamda yurak faoliyatini o’rganish elektron sxemasi: u-elektr kuchlanish, D-diod, C-kondensator, R- rezistor Yurakni kuchlanish manbai U deb olsak, yurak klapani D diod rolini o’ynaydi, ya’ni bir tomonga ochiladi. Kondensator yarim davr ichida zaryadlanadi, yarim davr ichida esa R orqali razryadlanadi. Kondensatorning roli qon bosimining tebranishlarini tekislashdir. Qon tomirlarini tarmoqlangan naychalar sifatida olish mumkin. 3.5-rasmda 1-2 aorta, 2-3 arteriyalar, 3-4 arteriolalar, 4-5 kapillyarlar, 5-6 venulalar, 6-7 venalardan iborat. Yurak muskullarining qisqarishida (sistolada) qon yurakdan aortaga va undan tarqalib ketuvchi arteriyalarga siqib chiqarila boshlaydi. Agar bu tomirlar devorlari qattiq bo’lganda edi, qonning yurakdan chiqish paytida vujudga kelgan bosim tovush tezligida qismlarga uzatilgan bo’lar edi. Qon tomirlari elastik bo’lgani uchun sistola paytida yurak itarib chiqarayotgan qon aorta, arteriya va arteriolalarni cho’zadi. 3.6-rasm. Quvurlarda suyuqliklarning oqim tezligi chizmasi Bunda katta qon tomirlari sistola paytida markazdan chetdagi qismlarga oqib boradigan qonga nisbatan ko’p qonni qabul qiladi. Odamning sistolik bosimi normada taxminan 16 kPa.ga teng. Yurakning bo’shashi (diastola) paytida cho’zilgan qon tomirlari pasayadi (bo’shaladi), yurakning qon orqali ularga uzatgan potensial energiyasi qonning oqishidagi kinetik energiyaga aylanib diastolik bosimni taxminan 11 kPa. atrofida tutib turishga madad beradi. Sistolalar PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 60 yuz berishi davrida qonning chap qorinchadan itarilib chiqarilishi tufayli yuzaga kelgan va aorta hamda arteriyalar orqali tarqaluvchi yuqori bosimli to’lqinga puls to’lqini deyiladi. Puls to’lqini tezligi 5 - 10 m/s, bu esa (0,3 s da 1,5 - 3 m) sistola davrida yurakdan qo’l va oyoqlargacha bo’lgan masofadan kattadir. Bu shuni bildiradiki, puls to’lqini fronti qo’l va oyoqlarning oxirgi nuqtalariga aortada bosimning pasayishidan oldin yetib boradi. Ammo qonning tezligi 0,3 - 0,5 m/s, puls to’lqini tezligidan kichikdir. 3.7-rasmda yurak atrofidagi, ya’ni aortadagi (a) va arteriolalardagi bosimning (b) o’zgarish ko’rsatilgan, (v) bosimning o’rtacha qiymatining va qon oqimi tezligining qon harakatlanuvchi 3.7-rasm. Qon bosimining qon tomirlaridagi qiymatlarini ko’rsatuvchi chizmalar. tomirlar turiga bog’liq holda o’zgarishi ko’rsatilgan. Bunda 2-arteriyalar, 3- kapilyarlar, 4-venalar, shtrixlangan soha bosim tebranishiga mos (puls to’lqini) kelishi tasvirlangan. Download 2.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling