Biofizika kitob yangisi 2013. doc
Download 2.18 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOFIZIKA (1)
Z
= 2 2 2 1 c R ω + (7.24) Bunda πν ω 2 = - o’zgaruvchan tokning doiraviy chastotasi, с R с ω 1 = - sig’im qarshilik. Reaktiv qarshiligi, ya’ni sig’im va induktiv qarshiliklari, bo’lgan zanjirlarda tok kuchi va kuchlanish o’zaro ϕ fazasiga siljigan bo’ladi. Masalan, aktiv va sig’im qarshiliklar ketma-ket ulanganda ulardagi tok kuchlari orasida faza siljishi ulardagi kuchlanishlar tushuvi orqali aniqlanadi. Rc R R R J JR U Uc tg c R C R ω ϕ 1 = = = = (7.25) Biologik tizimlar sig’imi hujayra membranasi sig’imi S m va hujayra qutblanishi sig’imi S q orqali aniqlanadi va ular ketma-ket ulangan, deb olinadi. U holda natijaviy sig’im Ск Cм C 1 1 1 + = Ск См СмС С + = (7.26) S q – qutblanish sig’imi elektr maydon ta’sir etish vaqtiga bog’liq. O’zgaruvchan tok chastotasi kichik va uzoq vaqt ta’sir qilganda qutblanish sig’imi hatto statik sig’imdan ham katta bo’lishi mumkin. O’zgaruvchan tok chastotasi qancha yuqori bo’lsa qutblanish sig’imi shuncha kam bo’ladi va chastota 10 kGs PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 144 statistik sig’imdan bir necha karra kichik bo’ladi, ya’ni S q << S m u holda (7.26) ga binoan к C C ≈ deb olish mumkin. Biologik tizim uchun ekvivalent sxema quyidagi rasmda keltirilgan 7.14-rasm. Biologik tizim uchun ekvivalent chizma. Bunda, R q -hujayra membranasida hosil bo’ladigan qutblanishlar tufayli vujudga keladigan aktiv qarshilik. Qutblanish qarshiligi qutblanish sig’im kabi chastota va vaqtga bog’liqdir. Qutblanish sig’imi va qarshiligi bilan ketma-ket hujayra sitoplazmasining aktiv qarshiligi R a ulangandir. Tok hujayradan tashqari suyuqlik orqali ham o’tadi, shu sababli hamma hujayra ichidagi qarshilik hujayradan tashqari qarshilik bilan shunt qilinadi, kichik chastotalarda qutblanish bilan bog’liq effektlar xuddi o’zgarmas tokdagi kabi kattadir. Shu sababli S q va R q lar ham kattadir, hujayralar oralig’i katta bo’lganda ular qarshiligi kichik bo’lib, asosiy tok R t shunt qarshilik orqali o’tadi. Agarda hujayralar oralig’i kichik bo’lsa, R t qarshilik oshadi va o’lchanadigan qarshilik R q bilan aniqlanadi. R q ning membrananing o’tkazuvchanligiga bog’liqligidan kichik chastotalarda o’lchanadigan qarshilik membrana kirituvchanligidan iborat bo’ladi. Chastota oshishi bilan qutblanish effektlari kamayadi va demak S q ham kamayadi. Bir necha MGs chastotalarda membrananing qutblanishi amalda yo’qoladi va R q , S q ni e’tiborga olmasa ham bo’ladi. U holda yuqori chastotalarda o’lchangan qarshilik Т к Т к R R R R Z + ⋅ = (7.27) Bundan biologik tizimlarning yuqori chastotalarda o’lchangan qiymati ulardagi ionlar konsentrasiyasi o’lchovi bo’lishi mumkin. Chastota 1GGs va undan yuqori bo’lganda qutblanish yana kamayadi va dielektrik kirituvchanlikning kamayishiga olib keladi. Shunday qilib, elektr o’tkazuvchanlik ham hujayra membranasi xossalari bilan hamda hujayra va hujayra oralig’idagi suyuqlik xossalari bilan bog’liqdir. Yuqorida aytilganidek, tirik organizm solishtirma qarshiligini o’lchash murakkabdir. To’qimalarda bo’layotgan o’zgarishlar haqida ma’lumot olish uchun veterinariyada shamollashlarni tashxis qilishda ularning elektr o’tkazuvchanligi o’zgarishi kuzatiladi. Shamollashning boshlang’ich davrida hujayra tuzilishida o’zgarish sezilarli bo’lmaydi va elektr qarshiligida ham o’zgarish bo’lmaydi. Ammo, bu holda hujayra va to’qimaning shishishi kuzatiladi va hujayralar oralig’i kichrayadi. Bu esa aktiv qarshilikning oshuviga olib keladi. Yuqorida aytilganidek, kichik chastotalarda to’qima qarshiligining asosiy qismi hujayralar oralig’i qarshiligidan iborat bo’ladi. Shu sababli kichik chastotalarda qarshilikni o’lchab shamollash boshlanganini aniqlash mumkin. Shamollashning keyingi PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 145 oshishida hujayra kimyoviy tarkibi va tuzilishi o’zgaradi, membrananing ionlarni o’tkazuvchanligi oshadi. Bu esa elektr sig’imning va hujayra qarshiligining kamayishiga va oqibatda umumiy qarshilikning kamayishiga olib keladi. Shunday qilib, past chastotalarda to’qimalar elektr qarshiligining kamayishi shamollash jarayonining boshlanishidan darak beradi. Tirik organizm to’qimasining to’la qarshiligi qon aylanishiga bog’liqdir. Qon hujayra va tomirlar devoriga qaraganda kichik solishtirma qarshilikka ega. Shu sababli sistola paytida to’qimalarning qon bilan to’lishi to’qima qarshiligining kamayishiga, diastola vaqtida oshishiga olib keladi. To’qimalar elektr qarshiligini periferik qon aylanish orqali o’lchash usuliga reografiya deyiladi. Bu usulda chastotasi 20 – 30 kGs li o’zgaruvchan tok yordamida yurakning bir urish siklida to’qimaning ma’lum qismida to’la qarshilik o’lchanadi. Bu usul yordamida bosh miya tomirlari (reoensefalografiya), o’pka (reapulmonografiya), ko’z (reooftalmografiya) tekshiriladi. Download 2.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling