Biofizika kitob yangisi 2013. doc
§ 7.8 Veterinariya tibbiyotida elektr tokidan foydalanish
Download 2.18 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOFIZIKA (1)
§ 7.8 Veterinariya tibbiyotida elektr tokidan foydalanish Keyinga vaqtlarda tibbiyot va veterinariya tibbiyotida elektr toki yordamida tashxis qilish va davolash keng qo’llanilmoqda. Shu sababli elektr tokining qanday qiymati xavfsiz ekanini bilishning ahamiyati kattadir. Elektr toki hayvonga ta’sir qilganda asosan nerv tizimi ishdan chiqadi va natijada nafas olishning va yurak faoliyatining to’xtashiga sabab bo’ladi. Odam miyasida qon aylanishining ham buzilishiga olib keladi. Yurakning ritmik ishi yurak oldi zonasida joylashgan sinuslar tugunida boshqariladi. Bu tugunda hosil bo’ladigan potensial oldin yurak oldi qismining va so’ng (odamda 0,1s) qorinchada qisqarishga olib keladi. Bu kechikish yurakning qisqarishidan oldin yurak oldining qonni yurakchalarga o’tkazishiga olib keladi. Potensial impulsi yurakcha sirtlari orqali yurakka qaytadi. Sinusoidal tugundan keyingi impuls chiqqan yurakchani qisqartirguncha 0,8 sekund vaqt o’tadi. Shunday qilib, yurak o’z-o’zidan uyg’onuvchi rejimda ishlaydi. Agarda tashqi manbadan kelayotgan tok yurak orqali o’tsa u muskul tolalarini uyg’otadi va ta’sir potensiali yurak orqali hamma yo’nalish bo’ylab tarqaladi va yurakchaning boshqarilmaydigan qisqarishiga olib keladi. U boshqa sabablar tufayli ham yuzaga kelishi mumkin: xirurgik operasiya vaqtida, sovuq suvga birdan tushishda, zaharlanganda va boshqalar. O’z-o’zidan boshlangan jarayon uni hosil qiluvchi ta’sir olingandan so’ng ham davom etishi mumkin. 1 – 2 minut davomida qon olmagan yurak muskullari zaiflashadi va muskullarning normal siqilishi to’xtaydi va u yomon oqibatlarga olib keladi. Lekin yurakning bunday tartibsiz ish jarayonini to’xtatish mumkin. Buning uchun unga qisqa vaqt davomida yo’nalgan katta tok impulsi beriladi. Bu tok impulsi ta’sirida yurak muskullari birdaniga qisqaradi va impuls berish to’xtatilgandan so’ng muskullar bir vaqtda bo’shashadi. Bunda sinus tuguni yurakning hamma muskul tolalarini o’ziga bo’ysundiradi va yurakning ritmik ishlashi tiklanadi. Bu holatda tok kuchi 1Adan kam bo’lmasligi kerak, chunki PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 146 undan kam tokda hamma muskul tolalari birdaniga ritmik qisqarmasligi mumkin. Shu sababli kuchlanishi 220 V bo’lgan tok o’limga olib keladi, chunki bu holda yurak muskulidan 0,1 – 0,2 A tok o’tadi va u fibrilyasiyaga sabab bo’ladi. Yuqori kuchlanishli toklarda esa kuchli kuyish yuzaga keltiradi, ammo birdaniga o’limga olib kelmaydi va yurak muskullarini qisqa vaqtda qisqarishiga olib keladi va u yana o’z holatiga qaytadi. Hozirgi vaqtda defibrilyatorlar yurak holatini yaxshilashda, patologik tug’ishlarda bachadonni defibrilyasiya qilishda ishlatiladi. Elektrodlar ko’krak va orqaga qo’yilgan, unga 10A tok va bir necha kilovolt kuchlanish yuboriladi. Fibrilyasiyani yuzaga keltira olmaydigan kichik toklar nafas organlarini nazorat qiluvchi nerv markazlarini ishdan chiqarishi mumkin. Hayvon tanasidan o’tuvchi tok kuchi qo’yilgan kuchlanish va elektr qarshiligiga bog’liq. Tana qarshiligi ko’plab faktorlarga bog’liq: elektrodlarning qo’yilishiga, teri holatiga. Nerv tizimida uncha katta bo’lmagan kuchlanish ham sutni ajratuvchi reflekslarni to’xtatishi mumkin. Xavfsiz chegaradan yuqori bo’lmagan toklar yordamida mollarni boqish uchun ajratilgan maydonlarni chegaralashda ham ishlatiladi. Bu holda 5 – 12kV kuchlanish to’siqlarga beriladi va agar mollar unga tegsa unda seskanish hosil qiladi. Bu usuldan ekin maydonlarni yovvoyi hayvonlar, g’ozlardan himoya qilishda ham ishlatiladi. Tokning ta’sir vaqti 10 millisekunddan kichik bo’lishi kerak. Generatordan 5 millisekund davom etuvchi kuchlanish beriladi. Ikki impuls orasidagi vaqt 1 sekundga teng. Bu holda hayvonga ta’sir etuvchi tok 100 mAdan oshmaydi. 10 – 15 marta hayvonga tok ta’sir qilsa, unda tokli o’tkazgichga yaqinlashganda qo’rqish hissi uyg’onadi va u tok o’tkazgichga yaqinlashmaydi. Sinusoidal yoki impulsli tok yordamida og’riqni qoldirish (elektronarkoz) keng qo’llanilmoqda. Umumiy og’riq qoldirish uchun ignali elektroddan foydalaniladi. Uni hayvon boshi orqa tomoniga qo’yiladi. Unga sinusoidal yoki impulsli kuchlanish beriladi. Qoramollar uchun chastotasi 1 kGs tok kuchi 10 – 15 mA bo’lganda yaxshi natija olishi mumkin. Elektronarkoz yordamida hayvonlarda turli xil operasiyalarni qilish mumkin. Oddiy narkozdan farqi bu holda aniq dozirovka, tez bajarish, boshqa effektlarning yo’qligidir. Download 2.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling