Biofizika kitob yangisi 2013. doc
§ 7.9 Magnit maydonining asosiy fizik xarakteristikalari
Download 2.18 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOFIZIKA (1)
§ 7.9 Magnit maydonining asosiy fizik xarakteristikalari
Qadim zamonlardan temir birikmasi (FeO. Fe 2 O 3 ) boshqa temir jism-larni tortishi ma’lum bo’lgan. Yerning xam magnit xossalari mavjudligi aniq bo’lgan va o’tkir uchga qo’yilgan magnit sterjen o’z-o’zidan meridian bo’ylab joylashishi aniqlangan. Kompas Xitoyda bundan 3000 yil ilgari kashf qilingan. Doimiy magnitlarni dastlab 1600 yilda Gilbert o’rgangan. Ularning ikkita qutbi, ya’ni, temir buyumlarni katta kuch bilan tortuvchi chekka sohalari va ular orasida tortmaydigan neytral sohalari mavjuddir. Qutblarning biri doim shimolga, ikkinchisi esa doimo janubga qaragan bo’ladi va shuning uchun shimoliy va janubiy qutblar deyiladi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 147 Turli ismli qutblar o’zaro tortishadi, bir xillari esa itarishadi. Xuddi zaryadlangan jismlar elektr maydoni orqali ta’sirlashgani kabi magnit jismlar ham bir-biri bilan magnit maydoni orqali ta’sirlashadi. Faqat xarakatlanayotgan elektr zaryadlarigina (va o’zgarayotgan elektr maydonlarigina) magnit ta’siriga egadir. Magnit maydon materiyaning maxsus turi bo’lib, u orqali xarakatlanayotgan zaryadlangan zarrachaga boshqa magnit momentga ega bo’lgan jismlarning o’zaro ta’siri o’rganiladi. Tabiatda magnit zarrachalari yo’q. Magnitni qancha bo’lakchalarga bo’lsak ham alohida shimoliy qutb va alohida janubiy qutbga ega bo’lgan magnitni olib bo’lmaydi. XVIII asrda Daniyalik fizik Ersted chaqmoq nazariyasini o’rgandi, chaqmoq ta’sirida temir buyumlarning magnitlanishi va kompasning magnitsizlanishini aniqladi. Bu esa magnit va elektr xodisalar o’zaro bogliq ekanligini ko’rsatadi. Ersted metall o’tkazgichdan tok oqayotganda uning atrofidagi magnit strelkasining yo’nalishi o’zgarishini tajriba orqali aniqladi. Keyinchalik fransuz fizigi Amper tokli ikki o’tkazgichning o’zaro magnit ta’sirini aniqladi. 7.15-rasm. Doimiy magnitning qutblari ko’rinishi. Magnit maydonni grafik usulda tasvirlash uchun magnit kuch chiziqlari degan tushuncha kiritiladi. Magnit maydon kuch chizig’i deb uning ixtiyoriy nuqtasiga o’tkazilgan urinma magnit maydonining shu nuqtasidagi shimoliy magnit qutbiga ta’sir etuvchi kuch bilan bir xil yo’nalgan xayoliy chiziqqa aytiladi. Magnit kuch chiziqlari doimo berk bo’ladi. Tokli o’tkazgich atrofida hosil bo’ladigan magnit maydon yo’nalishi burg’u qoidasiga asosan aniqlanadi. Unga binoan agar burg’u ilgarilanma harakat yo’nalishi tok yo’nalishi bilan mos kelsa, burg’u dastasining harakat yo’nalishi magnit maydon yo’nalishini ko’rsatadi. 7.16-rasm. Aylanma tok va doimiy magnitda magnit induksiya kuch chiziqlarining joylashuvi. S S S PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 148 Demak, aylanma tok va doimiy magnit maydoni induksiya kuch chiziqlari joylashuvi bir xil. Shuning uchun 1820 yil Amper doimiy magnitning sababchisi aylanma toklar ekanligi haqidagi gipotezani ilgari surdi. Aylanma toklar esa elektronlarning o’z o’qi va yadro atrofida aylanishi natijasida hosil bo’ladi. Magnit maydonni miqdoriy tomondan baholash uchun magnit induksiya vektori degan tushuncha kiritiladi. Bir jismli magnit maydon induksiyasi birlik momentiga ta’sir etuvchi maksimal magnit momentiga son jihatidan teng bo’lgan fizik kattalikdir. m P M B max = (7.28) Mikrotoklar magnit maydonini magnit maydon kuchlanganligi ifoda-laydi, V - esa ham makro, ham mikrotoklar magnit maydonini xarakterlaydi. U holda ular orasida quyidagi bog’lanish mavjud. H B 0 µµ = (7.29) 0 µ – magnit doimiysi, 4 ⋅ ⋅ π 10 -7 Gn/m µ – o’lchamsiz kattalik bo’lib magnit kirituvchanlik deyiladi. U makrotoklar maydoni, mikrotoklar maydoni hisobiga qanchaga kuchayishini ko’rsatadi. Magnit maydoni ham superpozisiya prinsipiga amal qiladi. ∑ = = n i i B B 1 (7.30) Magnit induksiyasi birligi qilib tesla (Tl) qabul qilingan. 1 Tl – bu shunday bir jinsli magnit maydon induksiyasiki, unda bir amper tok o’tayotgan 1m 2 yuzali konturga 1 м н ⋅ aylantiruvchi moment ta’sir qiladi. Amperning aniqlashicha magnit maydonidagi d l o’tkazgichga maydon tomonidan ta’sir etadigan dF kuch undan o’tuvchi tok kuchiga, Ι d l element uzunligiga va magnit maydon induksiyasiga proporsionaldir. dF = I [ d l , B ] (7.31) Ta’sir etuvchi kuch yo’nalishi chap qo’l qoidasiga asosan topiladi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 149 7.17-rasm. Magnit maydon kuchining yo’nalishini aniqlashning chap qo’l qoidasi. Agar chap qo’limiz shunday qo’yilsaki, unga qo’limiz kaftiga magnit maydon kuchlanganlik vektori kiradigan va yozilgan to’rtta barmog’imizni esa tok bo’ylab yo’naladigan qilib joylashtirsak, u holda bosh barmog’imiz bu tokka ta’sir etuvchi kuch yo’nalishini ko’rsatadi. Amper kuchi moduli quyidagi formula bilan ifodalanadi. α IBdlSin dF = (7.32) α - d l va B orasidagi burchak. Ikkita parallel tok uchun Amper qonuni quyidagicha bo’ladi. dl R I I dF o ⋅ = 2 1 2 4 π µµ (7.33) Harakatlanayotgan zaryadlangan zarrachaga magnit maydon tomonidan ta’sir etuvchi kuch Lorens formulasi orqali ifodalanadi. α υ sin B q F = (7.34) α - υ va B orasidagi burchak, q-zarracha zaryadi, ϑ - uning tezligi, Β - magnit maydoni induksiya vektori kattaligi. Download 2.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling