Biofizika kitob yangisi 2013. doc
Download 2.18 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOFIZIKA (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektroterapiya.
м
Вт − ga tengdir. Oxirgi vaqtlarda texnikaning rivoji, bu maydonning oshishiga olib keldi. Hayvonlar bilan o’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki, barcha jonivorlar shu jumladan odamning ham ko’p organlariga elektromagnit maydon ta’sir qilar ekan. Elektromagnit maydon bioobyekt bilan ta’sirlashganda u asosan organizmni isitadi. Chastota 10 MGs atrofida bo’lganda hamma to’qimalarni o’tkazgich deb olish mumkin. UVCh va SVCh to’lqinlarda to’qimalarni o’tkazgich deb olib bo’lmaydi. Elektromagnit maydon to’qimaga yarim to’lqin uzunlikgacha masofaga kirishi mumkin. To’qimada ajraladigan issiqlik miqdori to’qimaning elektr kattaliklariga, chastotaga, intensivlikka bog’liqdir. Elektromagnit maydon odamda yurak faoliyati ish rejimining buzilishi qon bosimi oshishiga, modda almashinuvi buzilishiga, ko’rish qobiliyatining pasayishiga, eshitish qobiliyatining pasayishiga olib kelishi mumkin. Hayvonlarda emosional holatining o’zgarishiga, ya’ni o’ta agressiv yoki charchagandek hollarga olib kelishi mumkin. Tirik organizm tabiiy elektromagnit maydonidan qo’shimcha ma’lumotlar olish mumkin. Odam, qurbaqa, hashoratlardagi xususiy elektromagnit maydonlarni o’lchashga imkon bo’ldi. Masalan, asalari 300 Gs chastotali tok impulsi hosil qiladi va unda 10 sm masofada uning qiymati 10 µ V/ м ga teng ekan. Tashqi va xususiy eletromagnit maydonlarning o’zaro ta’siri baliqlar to’planishi, qushlar va hashorotlar migrasiyasiga ham ta’sir qiladi. Elektroterapiya. Elektromagnit maydondan terapiya va jarroxlik amaliyotida foydalanishda ularning chastotasi va intensivligi muhim ahamiyatga egadir. Darsonvalizasiya deb chastotasi 200 – 500 kGs, kuchlanishi 20 kV, tok kuchi 15 – 20 mA bo’lgan impulsli toklar bilan davolash usuliga aytiladi. Bu usulni 1892 yilda fransuz fizigi va fiziologi J.A.D.Arsonval taklif qilgan. Veterinariyada uzunligi 100 mikrosekund vaqt oralig’ida 0,02 sekund impuls hosil qiladigan Iskra-1 va «Ultratan» apparatlari ishlatiladi. Impuls generatordan hayvonga maxsus vakuum shisha quvurlar yordamida uzatiladi. Tok kuchi kichik bo’lgani sababli darsonvalizasiya vaqtida to’qimalarning isishi unchalik sezilarli bo’lmaydi. Qutblanuvchanlik sababli hujayra membranasida ancha sezilarli o’zgarishlar bo’lishi mumkin. Bu usulning asosida tok ta’sirida reflektiv hodisalar yuz berishi yotadi. Mahalliy darsonvalizasiya vaqtida – reseptorlarni kichik uchqunlar bilan uyg’otiladi. Buning natijasida ichki organlarning unga reaksiyasi kuzatiladi. Elektrod ta’siri zonasida arterial kapillyar tomirlar kengayadi va qonning aylanishi tezlashadi. Mahalliy darsonvalizasiya yara va lat yegan joylarning bitishini tezlashtiradi, og’riqni kamaytiradi. Umumiy darsonvalizasiyada hayvon yuqori chastotali generatorga ulangan to’r ichiga joylashtiriladi. Bu to’r solenoidga o’xshash magnit maydon impulslarini hosil qiladi. Hayvon tanasida impuls toklari yuzaga keladi. Bu usuldan itlardagi o’lat kasalligidan keyingi diasez vaqtida, ekzemadan davolashda qo’llaniladi. Diatermiya deb to’qimaning ichki qismlarini endogen issiqlik bilan isitish usuliga aytiladi. Bu usulda chastotasi 1 – 1,5MGs, kuchlanishi 200 – 250 V va tok PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 156 kuchi 1-3 A bo’lgan toklar yordamida tananing aniq bir qismi isitiladi. Diatermiyada biror to’qima haroratini 2 – 5 0 S gacha isitish mumkin. Hayvon tanasiga mexanik elektrod o’rnatiladi va bu elektrod harorati tok o’tganda o’zgarmaydi. Hayvon tanasidagi ajraladigan issiqlik miqdori tok kuchi kvadratiga to’g’ri proporsionaldir. Solishtirma qarshilikka qarab issiqlik qon, muskullar, jigar, quruq teri, o’pka, yog’ to’qimalari, suyakda ajralib chiqadi. Ichki organlarga qaraganda terida ko’proq isiydi. Ana shu diatermiyaning kamchiliklaridan biri hisoblanadi. Terining ko’proq isishi, ya’ni elektrod ostida tok zichligi ko’proq bo’ladi, chunki ichkariga kirgandan so’ng tok tarmoqlanadi. Bu tarmoqlanish ham bir jinsli bo’lmaydi, chunki tananing turli qismlari solishtirma qarshiligi turlichadir. Eng kam qarshilik qonda bo’lgani uchun diatermiyada elektrodlarni qon tomirlariga perpendikulyar joylashtirgan ma’quldir. Diatermiyada fiziologik effektning mohiyati shundaki, tana ichki qismlari harorati oshadi va u tashqi manba uzilgandan keyin ham bir necha soat saqlanib turadi. Diatermiyada qon harakati oshadi va biokimyoviy reaksiyalarning aktivlashuviga olib keladi. Veterinariyada diatermiyadan nafas organlarini, nefritlarni, artritlarni, jigar kasalliklarni, jinsiy organlarini va boshqalarni davolashda qo’llaniladi. Download 2.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling