Biofizika kitob yangisi 2013. doc
Download 2.18 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOFIZIKA (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kichik to’lqinli terapiya.
Induktotermiya deb yuqori chastotali elektromagnit maydonlar yordamida
hayvon tanasida induksion toklar hosil qilish usuliga aytiladi. Diatermiyada elektrod qo’yilgan joyda katta tok zichligi yuzaga kelib kuydirishi mumkin, ikkinchidan tana va elektrod orasida havo bo’shlig’i qolsa uchqunlar chiqib noxush natijalarga olib kelishi mumkin. Induktoterapiyada bu kamchiliklar tugatiladi. Bu holda ajraladigan issiqlik to’qima solishtirma qarshiligiga teskari proporsionaldir. Demak, qancha solishtirma qarshiligi kichik bo’lsa shu qism shuncha ko’p issiydi (Masalan, qon, jigar). Diatermiyadan usulning ustunligi, ancha yuqori chastotali toklar, ya’ni 10 – 15 MGs, ishlatilganligi uchun tananing birday isishiga erishadi. Induktiv galtak bir necha o’ramdan iborat bo’lib, u isitiladigan qismlarga joylashtiriladi. O’YuCh terapiyada chastotasi 30 – 300 MGs bo’lgan elektr maydonlari ishlatiladi. Hayvon yoki uning organi tebranish konturidagi kondensator orasiga joylashtiriladi. O’YuCh terapiyada suyak, to’qimalar, yog’ to’qimalari, qon aylanuvchi tugunlarga qaraganda (limfa tugunlari) kuchliroq isiydi. O’YuCh terapiyada teri maydon uchun shaffof hisoblanadi. Bu holda issiqlik effektlar uncha kuchli emas. O’YuCh elektr maydoni fermentlarni aktivlashtiradi. Katta O’YuCh maydon qaytmas jarayonlarga ham olib kelishi mumkin. Masalan, kalamushlarni katta intensivlikdagi O’YuCh maydon bilan nurlantirganda ularning lablari va burunlarining shishishi kuzatilgan. Yana kattaroq maydonlarda kalamushlar halok bo’lib, o’lishigacha olib kelgan. Veterinariyada O’YuCh terapiyadan bo’g’inlardagi shamollashlar, mastit, gaymorit, furunkul kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Kichik to’lqinli terapiya. Bu holda o’ta yuqori chastotali elektromagnit to’lqinlar ishlatiladi, ya’ni santimetr va desimetrli to’lqinlar diapazoni elektromagnit to’lqinlarni magnetron generatorlar hosil qiladi. Bu to’lqin tananing kerakli qismiga yuboriladi. U organizmga, santimetrli diapazonda 2 – 6 sm, millimetrli diapazonda 7 – 9 sm kiradi. Asosiy energiya dielektriklarda sarflanadi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 157 Suvning dielektrik kirituvchanligi katta, shu sababli endogen issiqlik suvi ko’p to’qimalarda yuzaga keladi (qon, muskullar). Hayvonlar uchun to’qimalar intensivligining chegaraviy qiymati SMT uchun 10Vt/sm 2 , DMT uchun 40 mVT/sm 2 . Kichik to’lqinlar ta’sirida biologik aktiv moddalar hosil bo’ladi. Veterinariyada, bu usuldan nerv tizimini, ginekologik kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Download 2.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling