Biofizika


– Mavzu: Biologik jarayonlar kinetikasi


Download 0.85 Mb.
bet12/54
Sana18.10.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1708544
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54
Bog'liq
Биофизика маърузалар матни Позилов (3)

3 – Mavzu: Biologik jarayonlar kinetikasi


Reja:

  1. Fermentativ jarayonlar kinetikasi.

  2. Biologik jarayonlarni matematik modellashtirish.

  3. Avtotebranmali jarayonlar

Hayotiy jarayonlarning boshqarilishida hujayra va to’qimalarda biokimyoviy o’zgarishlar tezliklari hal qiluvchi ahamiyatga ega.


Mahlumki, kimyoviy kinetika- reaktsiyaga kirishuvchi moddalar kontsentratsiyalari, rN,bosim,harorat va katalizatorlar singari tashqi omillarning kimyoviy o’zgarishlar tezliklariga tahsirini o’rganadi.
Demak, Kimyoviy kinetika kimyoviy jarayonlar kechishini belgilovchi qonuniyatlarni va ularning mexanizmini o’rganadi.
Biologik jarayonlar kinetikasi
Biologik jarayonlar kinetikasi-biologik jarayonlar asosida yotuvchi biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etuvchi substratlar kontsentratsiyasi, fermentlar va ularning aktivator va ingibitorlari, muhit rN darajasi, harorat singari omillarning biokimyoviy reaktsiyalar tezliklari orqali biologik jarayonlar tezliklariga tahsirining qonun-qoidalarini o’rganadi.
Kinetikada kimyoviy reaktsiyalar birinchi, ikkinchi, uchinchi, nolinchi va kasr tartibli reaktsiyalarga bo’linadi. Reaktsiya tartibi reaktsiya tezligini ifodalovchi tenglamadagi reakgentlar kontsentratsiyasi darajalarining yig’indisidan iborat kattalik hisoblanadi. Agar reaktsiyaga tezligi reaktsiyaga kirishuvchi bitta moddaning kontsentratsiyasiga bog’liq bo’lsa,
vq d’/dtq k [A] 1, bu reaktsiyaga birinchi tartib-dagi reaktsiya deb ataladi.
d’/dtq k [A] 2, bu reaktsiyaga ikkinchi tartibdagi reaktsiya deb ataladi.
Kinetik tenglamada kontsentratsiya ko’rsatilmagan bo’lsa, d’/dtq k 0, bu reaktsiya nolinchi tartib reaktsiya deb ataladi.
Reaktsiyada ishtirok etuvchi moddalar kontsentratsiyalari hajm birligidagi modda miqdorini ifodalaydi va molg’ l bilan o’lchanadi.
Reaktsiya tezligi esa, reaktsiyaga kiri-shuvchi modda kontsentratsiyasining vaqt birligi davomida o’zgarishlari bilan belgilanadi.
Reaktsiyaga kirishuvchi boshlang’ich mod-dalar kontsentratsiyasi to’g’ri reaktsiyada vaqt davomida kamayib boruvchi qiymatga, hosil bo’luvchi moddalar kontsentratsiyasi ortib boruvchi qiymatga ega bo’ladi.
Kimyoviy reaktsiyada haqiqiy va o’rtacha tezlik qiymatlari farqlanadi.Agar modda kontsentratsiyasining cheksiz qisqa vaqt dt davomida o’zgargan cheksiz kichik miqdorini dS bilan belgilasak, unda reaktsiyaning haqiqiy tezligi quyidagicha ifodalanadi:
vq + dS/ dt .
Kimyoviy reaktsiyada moddaning kontsentratsiyasi t1 qiymatdan t2 qiymatga qadar mahlum bir vaqt ichida C1dan C2 gacha o’zgarganda, kimyoviy reaktsiyaning o’rtacha tezligi quyidagicha ifodalanadi:
vq + S1S2/ t2 –t1 .
Bunda kimyoviy reaktsiya tezligi musbat (+) qiymatga ega bo’ladi. Agar reaktsiya tezligi dastlabki moddalardan birining kontsentratsiyasi kamayishi bilan aniqlansa,
dS/ dt tenglik oldiga manfiy ishora (-) qo’yiladi. Agar reaktsiya tezligi reaktsiya mahsulotlaridan birining o’zgarishlari bilan aniqlansa tenglik oldiga musbat (+) ishora qo’yiladi.
Kimyoviy reaktsiya tezligiga reaktsiyaga kirishayotgan dastlabki moddalar xususiyatlari, kontsentratsiyasi,harorat,bosim,katalizator va ingibitor moddalar, yorug’lik, muhitning rN-ko’rsatkichi kabi omillar kuchli tahsir ko’rsatadi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling