Bioinformatika va biomexanika
Download 44.38 Kb.
|
2- mustaqil ta\'lim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Тabiat borliqi
Borliq va mavjudlik. Atrofimizdagi odam, olam, tabiat, jamiyat, tafakkur, G`oyalar, uy-xayollarimiz barchasi birday mavjuddir, ular turli tarzda va shakllarda namoyon bo`lib, hammasi mavjudlik belgisi ostida umumlashib, borliq tushunchasiga kiradi.
Materialistik mazmundagi borliq tushunchasi ta’rifiga faqat ob’ektiv real olam, ongdan tashqaridagi, unga bog`liq bo`lmagan jismoniy mohiyatga ega bo`lgan narsalargina kiritiladi. Borliqning ideal, virtual, potensial, abstrakt, ma’naviy shakllari bu ta’rifdan tashqarida qoladi. Aslida esa, borliq kategoriyasi umumiy abstraksiya bo`lib, mavjudlik belgisi bilan barcha narsa va hodisalarni o`ziga qamrab oluvchi uta keng tushunchadir. U o`ziga nafaqat ob’ektiv reallikni, balki sub’ektiv reallikni ham qamrab oladi. Borliq mavjudlik va reallik tushunchalariga qaraganda ham kengrok tushunchadir. Mavjudlik — borliqning hozirgi paytda namoyon bo`lib to`rgan qismi bo`lib, o`tgan va mavjud bo`ladigan narsa va hodisalar ham borliq tushunchasiga kiradi. Reallik esa, mavjudlikning hammaga ayon bo`lgan, ular tomonidan tan olingan qismi. Borliq o`ziga reallikni ham, mavjudlikni ham qamrab oladi. An’anaviy falsafiy qarashlarda borliqning uchta soxasi ajratib ko`rsatiladi. Ularga: tabiat borliqi, jamiyat borliqi, ong borliqi kiradi. Bo`lar uchun eng umumiy belgi, ularning mavjudligidir. Shuningdek, falsafiy adabiyotlarda tabiat borliqi va jamiyat borliqining quyidagi shakllari ham farqlanadi. Тabiat borliqi odatda tabiatdagi narsalar (jismlar), jarayonlar, holatlar borliqi sifatida tushuniladi. U ikkiga bo`linadi: azaliy tabiat borliqi (yoki tabiiy tabiat borliqi, u insondan ilgari va uning ishtirokisiz ham mavjud bo`lgan) va odam mehnati bilan ishlab chiqarilgan narsalar borliqi («ikkinchi tabiat» borliqi, ya’ni madaniyat). Ikkinchi tabiat borliqi esa, o`z navbatida, quyidagi ko`rinishlarda uchraydi: - inson borliqi (insonning narsalar olamidagi borliqi va odamning o`ziga xos bo`lgan insoniy borliqi); - ma’naviy borliq (individuallashgan va ob’ektivlashgan ma’naviy borliq); - sotsial borliq (ayrim odamning tarixiy jarayondagi borliqi va jamiyat borliqi), u ijtimoiy borliq ham deb ataladi. Download 44.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling