Bioinformatika va biomexanika


Fazo va vaqtning xususiyatlari


Download 44.38 Kb.
bet8/8
Sana19.06.2023
Hajmi44.38 Kb.
#1604306
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2- mustaqil ta\'lim

Fazo va vaqtning xususiyatlari. Fazo va vaqt borliq miqdoriy va sifatiy jixatlarni ifodalashiga qarab, metrik va topologik xususiyatlarga ega. Fazo va vaqtning metrik xususiyatlari borliqning miqdoriy munosabatlarini aks ettirib, ulchanadigan, ko`zga tashlanadigan va nisbiy tabiatli xususiyatlaridir. Ularga qulam, bir jinslilik, izotroplik (anizotroplik) kabi xususiyatlar kiradi.
Fazo va vaqtning topologik xususiyatlari esa, borliqning tub sifatiy jixatlarini ifodalaydi. Bunday xususiyatlarga o`zuksizlik, bog`langanlik, ulchamlilik, kompaktlik, tartiblanganlik singari xususiyatlar kiradi. Vaqtning topologik xususiyatlariga orqaga kaytmaslik, bir ulchamlilik kabi xususiyatlar qo`shiladi.
Fazo (vaqt) ning metrik o`zgarishlari borliq strukturasini jiddiy o`zgartira olmaydi, topologik o`zgarishlar esa borliqning sifatiy o`zgarishiga sababchi bo`ladi. Masalan, bir bog`langan sistemaning ko`p bog`langan sistemaga o`tishi fazo topologiyasini tubdan o`zgartiradi, ya’ni fazoning ikki nuqtasini tutashtiruvchi turlicha yo`llar paydo bo`ladi. Bunday fazoda katta idishning ichiga kichik idishni sig`dirish mumkin bo`ladi. Ulcham darajasi ko`p bo`lgan sistema ulchov darajasi kam bo`lgan sistemaga nisbatan ko`rinmas va murakkab bo`ladi. Shuningdek, fazo va vaqtning metrik xususiyatlarini kuchli o`zgarishi topologik xususiyatlarining o`zgarishiga olib kelishi mumkin. Masalan, fazoning egrilik darajasi kuchli o`zgarsa, bir bog`langan fazo ko`p bog`langan fazoga aylanishi mumkin.


Xulosa
Xulosamning qisqacha mazmuni shundan iboratki, Materialistik mazmundagi borliq tushunchasi ta’rifiga faqat ob’ektiv real olam, ongdan tashqaridagi, unga bog`liq bo`lmagan jismoniy mohiyatga ega bo`lgan narsalargina kiritiladi. Borliqning ideal, virtual, potensial, abstrakt, ma’naviy shakllari bu ta’rifdan tashqarida qoladi.
Aslida esa, borliq kategoriyasi umumiy abstraksiya bo`lib, mavjudlik belgisi bilan barcha narsa va hodisalarni o`ziga qamrab oluvchi uta keng tushunchadir. U o`ziga nafaqat ob’ektiv reallikni, balki sub’ektiv reallikni ham qamrab oladi.
Borliq mavjudlik va reallik tushunchalariga qaraganda ham kengrok tushunchadir. Mavjudlik — borliqning hozirgi paytda namoyon bo`lib to`rgan qismi bo`lib, o`tgan va mavjud bo`ladigan narsa va hodisalar ham borliq tushunchasiga kiradi. Reallik esa, mavjudlikning hammaga ayon bo`lgan, ular tomonidan tan olingan qismi. Borliq o`ziga reallikni ham, mavjudlikni ham qamrab oladi. An’anaviy falsafiy qarashlarda borliqning uchta soxasi ajratib ko`rsatiladi. Ularga: tabiat borliqi, jamiyat borliqi, ong borliqi kiradi. Bo`lar uchun eng umumiy belgi, ularning mavjudligidir.
Shuningdek, falsafiy adabiyotlarda tabiat borliqi va jamiyat borliqining quyidagi shakllari ham farqlanadi. Тabiat borliqi odatda tabiatdagi narsalar (jismlar), jarayonlar, holatlar borliqi sifatida tushuniladi. U ikkiga bo`linadi: azaliy tabiat borliqi (yoki tabiiy tabiat borliqi, u insondan ilgari va uning ishtirokisiz ham mavjud bo`lgan) va odam mehnati bilan ishlab chiqarilgan narsalar borliqi («ikkinchi tabiat» borliqi, ya’ni madaniyat). Ikkinchi tabiat borliqi esa, o`z navbatida, quyidagi ko`rinishlarda uchraydi:
inson borliqi (insonning narsalar olamidagi borliqi va odamning o`ziga xos bo`lgan insoniy borliqi);
ma’naviy borliq (individuallashgan va ob’ektivlashgan ma’naviy borliq);
sotsial borliq (ayrim odamning tarixiy jarayondagi borliqi va jamiyat borliqi), u ijtimoiy borliq ham deb ataladi.
Adabiyotlar ro`yxati

  1. "Borliq va undagi g`oyalar" (Ervin Shredinger)

  2. "Borliq va ichki sharoitlarining nazariy asoslari" (David Bohm)

  3. "Kvarklar va leptonlar" (Richard Feynman)

  4. "Borliq tushunchasi. Asoslar va ilmiy jihatlar" (Anthony Zee)

  5. "Borliq nazariyasi va kosmologiya" (Stephen Hawking va Roger Penrose)

Download 44.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling