Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
66-rasm. Fosforilaza faollanishining shalola mexanizmi
Aksincha, insulin (oshqozon osti bezi b-hujayralari gormoni) qonda glyukoza miqdorini ko‘payib ketmasligini ta’minlaydigan yagona gormondir. Glyukoza faqat jigar hujayrasi membranasidan yengil otib, boshqa to‘qima hujayra membranalaridan otolmaydi. Insulin esa turli to‘qimalarning hujayra memranadagi maxsus insulin retseptorlariga birikib, glyukozani deyarli hamma hujayralar membranasidan otishini osonlashtiradi. Insulinni ta’sir mehanizmi glyukokinaza fermentini faolligini oshiradi va natijada glyukozani glyukoza-6-fosfatga aylanishini tezlashtiradi, insulin glyukoza sintezini tezlatuvchi fermentlar, ayniqsa, glyukoza-6-fosfatni (glyukoza va fosfat kislotasiga) parchalanishini tezlatuvchi ferment glyukoza-6-fosfatazani faolligini pasaytiradi. Bu esa hujayrada glyukoza-6-fosfatni miqdoran ko‘payishiga olib keladi. Bunda glyukoza-6-fosfat hujayrada parchalanib, oxirgi mahsulotlar va energiya hosil qiladi yoki glikogenga aylanadi. 225 glyukoza-6-fosfat allosterik regulyatsiya yoli bilan glikogensintetaza fermentining faolligini oshiradi, bu esa glikogen sintezlanishini tezlashtiradi; glyukozani to‘qimalarda parchalanishini tezlashtiradi; glyukozani aminokislota va yog‘ kislotalariga aylanishini tezlashtiradi; glikogenfosforilazaning faolligini pasaytiradi, chunki uning fosforlanishi toxtaydi. Glikogenoliz ham pasayadi; insulin adenilsiklazaning faolligini pasaytiradi (aniqrogi, sAMF ni parchalovchi fosfodiesteraza fermentining faolligini oshiradi va u sAMF ni AMF ga aylantiradi, parchalaydi). Natijada proproteinkinaza faol holatga otmaydi va glikogensintetaza «B» nofaol (fosforlangan) formasi kamayib, glikosintetaza «A» faol (fosforlanmagan) formasi miqdori ko‘payadi. Bunda glyukozadan glikogen sintezi tezlashadi. Uglevodlar almashuvida insulinning glyukozaning glikogenga aylanishidagi molekulyar ta’sir etish sxematik mexanizmi quydagicha: sAMF (-) kamayib, glikogenni glyukozaga parchalanishi kamayadi; sGMF (+) chunki glikogenfosforilaza «A» (faol) glikogenfosforilaza «B» ga o‘tadi.Glikogensintetaza «B» (nofaol) esa glikogensintetaza «A» ga (faol) aylanadi va glikogen sintezlanishi tezlashadi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling