Biokimyo pmd
Yog‘lar hazm bo‘lishiga o‘t kislotalarning ta’siri
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
Yog‘lar hazm bo‘lishiga o‘t kislotalarning ta’siri
O‘t kislotalar xolan kislotasining hosilasidir. Xolan kislotadan quyidagi o‘t kislotalar hosil bo‘ladi: xolat (3,7,12 trioksixolan kislotasi); dezoksixolat (3,12 dioksixolan kislotasi); xenodezoksixolat (3,7 dioksixolan kislotasi). 240 O‘t tarkibida shu kislotalarning glitsin (NH 2 -CH 2 -COOH) va taurindan (NH 2 -CH 2 -CH 2 -SO 3 H) bilan birikishi natijasida juft ot kislotalari: glikoxolat, glikodezoksixolat, glikoxenodezoksixolat; tauroxolat, taurodezoksixolat, tauroxenodezoksixolatlar hosil bo‘ladi. O‘t kislotalarining ta’siri: yog‘ va suvning yuzasini (sirtini) tarang kuchini pasaytirib yog‘larni emulsiya (mayda tomchi shakli)ga aylantiradi; lipaza fermentini faollaydi; o‘t kislota yog‘ kislota va monoglitserid bilan mitsellalar kompleksi hosil qilib ularning so‘rilishiga imkoniyat yaratadi. Triglitseridlar parchalanish reaksiyasining ketma-ketligi: Bu reaksiya ketma-ketligida ta’sir etuvchi fermentlar har xil joylashuvga ega. Triglitseridlipaza va diglitseridlipaza fermenti o‘n ikki barmoqli ichakga me’da osti bezidan quyiladi. Monoglitseridlipaza esa ichak shilliq qavatida hosil bo‘ladi. Fosfolipidlar parchalanishi fosfolipazalar ta’sirida roy beradi. Fosfolipid molekulasidagi glitserin qoldig‘ining birinchi uglerodiga 241 to‘yingan yog‘ kislota birikkan bo‘lsa, ikkinchi uglerodiga to‘yinmagan yog‘ kislota birikkan. Glitserin molekulasining uchinchi uglerod atomiga fosfat kislota qoldig‘i, so‘ngra azot asosli radikal birikadi. Fosfolipaza A 1 fosfoglitserid tarkibidagi glitserin birinchi uglerod atomidagi yog‘ kislotaning efir bogini uzadi. Fosfolipaza A 2 fosfoglitserid molekulasining ikkinchi holatidagi yog‘ kislotani uzib lizofosfatid hosil qiladi. Ko‘pincha bunday fosfolipaza ilon zahri, qora-qurt zaharida bo‘lib, ularning ta’sirida hosil bo‘lgan lizofosfatidilxolin eritrotsitlarning gemoliziga olib keladi. Fosfolipaza C fosfoglitserid molekulasi tarkibidagi glitserin qoldig‘idagi uchinchi uglerod atomi va fosfat kislota orasidagi bog‘ni uzadi. Fosfolipaza D fosfoglitseridning fosfat kislota va azotli asosi orasidagi bog‘ni uzadi: Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling