Biokimyo pmd
Glikoprotein, proteoglikan, glikolipidlarning uglevod qismini
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
Glikoprotein, proteoglikan, glikolipidlarning uglevod qismini
tuzilish va funksiyalari Inson organizmida glyukoza, glikogenlar bilan bir qatorda uglevod- oqsilli va uglevod-lipidli birikmalar uchrab, ularni glyukokonyugatlar deyiladi. Glyukokonyugatlar 3 ta gruppaga bo‘linadi: 1. Glikoproteinlar. 2. Proteoglikanlar. 3. Glikolipidlar. Glikoproteinlar murakkab oqsil bo‘lib, taxminan 15% uglevod va 85% oqsildan tashkil topadi. Inson va hayvon organizmida bir qancha onlab glikoproteinlar uchrab, bular qatoriga a 1 - , a 2 - va g- globulinlar, transferin, seruloplazmin, fibrinogen, protrombin, qonning gruppa spetsifik moddasi, gipofiz gormonlari, bir nechta ferment va boshqalar kiradi. Glikoprotein molekulasi tashkil topishida polipeptid zanjiri a-spiral hosil qilib, uglevod qismi esa shu a-spiral atrofida ikkinchi spiral holatida oraladi. Glikoproteinlarni uglevod qismiga (tarkibiga) sial kilotasi, N- atsetilgalaktozamin, galaktoza, mannoza, fruktoza, glyukozamin va boshqalar kiradi. Glikoproteinlar kollagen komplekslari, plazmatik membranalar tarkibida uchraylilar. Deyarli hamma glikoproteinlarni uglevod qismlarida sial kislotasi qatnashib, ular neyramin kislotasining unumi hisoblanadilar. Turli patologik holatlarda glikoproteinlarning biriktiruvchi to‘qima va boginlarning yuzasi zararlanganda, masalan, qattiq yalliglanishi va buzilishi roy berganda, to‘qimalar va qonda turli uglevodlar jumladan, sial kislotalarining miqdori oshadi. Sial kislotasining qondagi miqdorini 230 aniqlash diagnostik ahamiyatga egadir. Normada (sog‘lom kishilarning qonida) sial kislotasining miqdori 55-79 mg% yoki 100- 195 shartli birlikka teng bo‘ladi.Xulosa qilib aytganda glikoproteinlar (va glikolipidlar) katta ahamiyatga ega va ular quyidagi vazifani o‘taydilar. Masalan: 1. Ular hujayra membranasida turli gormonlar, mediatorlar, viruslar, toksinlar va boshqa fiziologik faol moddalar uchun retseptorlik rolini bajaradilar. glikoproteinlarning (hujayralarning) ozi tuzilishi va xossalariga ko‘ra gormon yoki fermentdir. 2. Hujayra yuzasida joylashgan glikoproteinlar hujayralarning ozaro bir-birlarini topish va immunitet holatini yuzaga kelishini ta’minlaydilar va ular hujayralararo kontakt hosil bo‘lishi va bir xil hujayralarni ozaro biriktiruvchi moddalardir. 3. Eritrotsitlar yuzasida joylashgan glikoproteinlar va glikolipidlar insonlarning qon gruppasi spetsifikligini yuzaga keltiradi va shuning uchun ularni spetsifik antigenlar deyiladi. Bunda qonning har bir 4 gruppasi (A, B, H, (O)) tarkibida spetsifik uglevodlar: N-atsetil-D-galaktozamin, N-atsetil-D-glyukozamin, D- galaktoza, D-fukozalar bo‘lib, ularning miqdori har xil gruppada turlicha bo‘ladi. Qon gruppasining spetsifikligini yuqoridagi uglevodlar va ularning miqdori belgilaydi. 4. Bir qancha glikoproteinlar mexanik vazifa bajarib, organlarni va suyuqliklarni harakatini osonlashtiradi. Bularga boginlardagi sinovial suyuqliklar, oshqozon va ichak mutsinlari va boshqalar misol bo‘ladi. 5. Glikoproteinlar tayanch va muhofaza vazifani o‘taydilar. Glikolipidlar uglevod va lipidlardan tashkil topgan birikmalar bo‘lib, 3 gruppaga bo‘linadi. I. Serebrozidlar lignotserin, serebron va nevron yog‘ kislotalar bilan galaktoza yoki glyukoza birikishidan hosil bo‘ladilar. Birinchi marta bosh miya tarkibida topilgani uchun ham ular serebrozidlar deb atalgan. II. Sulfolipidlar bular serebrozidlarning sulfatli unumlari bo‘lib, bunda sulfat galaktozaning 3 «C»ga biriktiradi. Sulfolipidlar nerv to‘qima va hujayralarining membranalari orqali turli kationlarni transport qilishda qatnashadilar. 231 III. Gangliozidlar uglevod qismida (boshqa glikolipidlardan farqi) turli monosaxaridlardan tashkil topgan oligosaxaridlarni tutadi (masalan, glyukoza-galaktoza-N-atsetil-neyramin kislotasi). Glikozidlarni molekulyar massasi va komponentlari turlichadir. Proteinglikanlar (muko‘proteinlar) yuqori molekulali uglevod va oqsillardan tashkil topgan birikma bo‘lib, ular tarkibida uglevod mavjud bo‘lib, unumlarini miqdori hattoki 95% yetadi. Proteinglikanlar biriktiruvchi to‘qimalarning hujayralararo matriksining asosiy substansiyasini hosil qiladilar (biriktiruvchi to‘qimalarning quruq og‘irligining taxminan 30% proteinglikanlardir). Proteinglikanlarning uglevod (polisaxarid) qismi glyuko- zaminglikanlar (yoki kislota xossali muko‘polisaxaridlar) deb nomlanadi. Tuzilishiga ko‘ra proteinglikanlar chotkaga (butilkani tozalaydigan) oxshatish mumkin bo‘lib, ularga yopishgan mayda tolachalar glyukozaminglikanlarga taqqoslanadi. Proteinglikanlar sxematik ravishda quyidagicha korinishga ega: Glikozaminglikanlar shoxlanib ketmagan, bir necha marta ketma- ket qaytalanuvchi disaxaridlardan tashkil topgan polimerlar bo‘lib, ular doimo oqsil bilan birikkan holda bo‘ladilar: erkin holatda uchramaydilar. Ular tarkibida glyukozamin (yoki galaktozamin) va D-glyukuron (yoki iduron) kislotasilari qatnashadilar. Glyukozaminglikanlar geteropolisaxaridlar hisoblananib, asosan quyidagi gruppalarga bo‘linadilar: 1. Gialuron kislotasi. 2. Xondriotinsulfatlar. 3. Dermatansulfatlar. 4. Keratansulfatlar. 5. Geparin va geparin sulfatlar. Gialuron kislotasi hujayralararo asosiy modda bo‘lib, ko‘p marta ketma-ket qaytariluvchi D-glyukuron kislota va N-atsetil-D- glyukozamindan tuzilgan. Gialuron kislotasi quyidagi funksiyalarni bajaradi: 1. Bir hujayralarni ozaro bog‘lanishlarini mustahkamlovchi (sementlovchi) moddadir. 2. Boginlarni moylovchi amortizatorlardir. 3. Suv, mineral tuzlar almashinuvini regulyatsiyasida qatnashadi. Biriktiruvchi to‘qimalarda suv bog‘lanishini ta’minlaydi. 232 4. Hujayra membranalari orqali turli mikroorganizmlarni otishini oldini oluvchi «barer» hisoblanadi. Ba’zi mikroblar (patogen) ishlab chiqaradigan ferment gialuronidaza gialuron kislotasining glikozid bog‘larini gidroliz qiladi va bakteriyalarni hujayralarga kirishi osonlashadi. Shunday hodisa yana uruglanish vaqtida ham yuz beradi. Bunda glikoza- minglikanlardan tashkil topgan tuxum hujayrasining tashqi pardasi umurtqalilarning gialuronnidazasi ta’sirida gidrolizlanadi va spermatozoidning otishini osonlashtiradi. Xondriotinsulfatlar glyukuron kislotasi, N-atsetilgalaktozamin va sulfat kislotasidan tashkil topgan. Bulardan ikkitasi, yani xondriosulfat A (xondriotin-6-sulfat) va xondriotinsulfat C (xondriotin-6-sulfat) ko‘p tarqalgandir. Bular sulfat kislotasini N- atsetilgalaktozamin bilan 4-yoki 6-karbon atomlari o‘rtasida sulfat efiri bog‘larini hosil qilishi bilan farqlanadilar. Xondriotinsulfatlar togay to‘qimasi, yurak klapanlari, chiganoq, biriktiruvchi to‘qima tuzilishida asosiy moddalar hisoblanadi: yana suyaklarda kalsiyning to‘planishiga yordam qiladilar. Dermatansulfatlar a-iduron kislotasi N-atsetil-D-galaktozamin sulfatdan tuzilgan bo‘lib, xondriosulfatlardan tarkibida a-iduron kislotasi tutishi bilan farq qiladi. Keratansulfatlar - D-galaktozil-N-atsetil-D-glyukozamin-6- sulfatlarni ketma-ket qaytarilishidan hosil bo‘ladi. Bular polipeptidlar zanjiri bilan birikib, togay to‘qimasining asosiy moddasini hosil bo‘lishida qatnashadilar. Geparin-N-atsetilglyukozamin, glyukuron kislotasi va sulfat kislotalarining ketma-ket takrorlanishidan hosil bo‘ladi. Geparin tabiiy antikougulyantdir (qonni ivishini qaytaruvchi). Geparin fibrinolizin bilan qonni ivishini oldini oluvchi sistema tarkibiga kiradi. Geparin qon ivish faktoriga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. U gialuronidaza fermentining faolligini pasaytiradi. Geparinni turli tromboembolik kasalliklarini oldini olish (profilaktika), davolashda qollaniladi.Masalan, miya, ko‘z, yurak qon-tomirlarining tromboz va emboliyalarida va boshqalarda. Geparin yana ateroskleroz va yurak ishemik kasalliklarida gipolipedemik modda sifatida ham ishlatiladi; u qonda xolesterin va ZPLP ( β−lipoproteid) miqdorini pasaytiradi. Chunki geparin qondagi lipoproteinlipaza fermentining faolligini oshiradi, natijada qonda xilomikronlarning miqdori kamayadi. 233 Proteoglikanlarni uglevod qismlarni (dermatansulfat, geparansulfat va boshqalar) to‘qimalarda yigilib ketishi (parchalanmasligi) irsiy kasallik hisoblanib, ularni muko‘polisaxaridozlar deb yuritiladi. Bu kasalliklar ma’lum fermentlar faolligini aniqlash bilan diagnostika qilinadi. Bunga sabab, proteinglikanlarni uglevod qismlarni parchalovchi bir yoki bir nechta lizosomal fermentlarning sintezi buzilishidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling