Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Steroidlar Steroidlar
Fosfoglitseridlar fosfatid kislota hosilalari bo‘lib, ular glitserin,
yog‘ kislotalar, fosfor kislota va odatda bironta azot tutuvchi birikmalardan tarkib topgan: Bir necha xil fosfoglitseridlar guruhi mavjud: Fosfatidilxolin (letsitin); Fosfatidiletanolamin; Fosfatidilserin; Plazmalogen; Fosfatidilinozitol; Kardiolipin. Sfingolipidlarning uch guruhi mavjud: Sfingomiyelinlar, serebrozidlar va gangliozidlar. Sfingolipidlar tarkibiga ikki atomli to yinmagan aminospirt sfingozin kiradi. Sfingomiyelinlar hujayra membranalarida, nerv to‘qimasi, buyrak, jigar to‘qimalarida ko‘p miqdorda uchraydi. Serebrozidlar tarkibida fosfor kislota ham, xolin ham bo‘lmaydi. Uning tarkibida geksoza sfingozinning gidroksil guruhi bilan efir bogi orqali birikkan, yog‘ kislota qoldig‘i esa sfingozinning aminoguruhi orqali birikkan: 237 Gangliozidlar tarkibida yuqori yog‘ kislota, spirto-sfingozin, D- glyukoza, D-galaktoza va N-atsetilglyukozamin yoki N-atsetilneyramin kislota mavjud. Gangliozidlar ko‘proq miyaning kulrang moddasida, nerv va glial hujayralarning plazmatik membranalarida ko‘p miqdorda bo‘ladi. Steroidlar Steroidlar tabiatda keng tarqalgan birikmalar bo lib, siklopentanopergidrofenantren halqasini tutadi. Buyrak usti bezining po‘stloq qismida sintezlanuvchi gormonlar, jinsiy gormonlar, xolesterin steroidlar guruhiga mansub. Odam organizmida steroidlar guruhiga mansub bo‘lgan sterinlar (sterollar), yani steroidning spirt shakllari alohida ahamiyatga ega. Ularning eng muhimi xolesterin (xolesterol): 238 Xolesterin molekulasidagi gidroksil guruhi yog‘ kislotasi bilan birikib xolesterin efiri xolesteridni hosil qiladi. Mumlar yuqori molekulali yog‘ kislotalari va yuqori molekulali bir yoki ikki atomli spirtdan tarkib topgan murakkab efirlardir. Teri, yung, patlar ustini qoplovchi yog‘ moddalarning tarkibida mumlar bor. Osimliklar bargi, mevasini qoplovchi lipidlarning 80% ini mumlar tashkil etadi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling