Biokimyo pmd
Yog‘larning so‘rilishi va ichak devorida resintezi
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yog‘larning qondagi transport shakllari
- 20-jadval Odam qoni lipoproteidlari tarkibi (%)
Yog‘larning so‘rilishi va ichak devorida resintezi
Yog‘lar so‘rilishi ichak devorida roy beradi. Bunda yog‘lar hazmlanishidan hosil bo‘lgan yog‘ kislota va glitserin o‘t kislotalar bilan mitsellalar hosil qilib pinotsitoz yoli yoki diffuz yo‘li bilan enterotsitlarga so‘riladi. Ichak devorida so‘rilgan glitserin va yog‘ kislotalaridan qayta triglitseridlar sintezlanadi va bu reaksiya ketma-ketligi resintez deb nomlanadi. Ichak epiteliy hujayralarida yog‘ning resintezi asosan quyidagicha bo‘ladi: dastlab yog‘ kislota faollashib atsil-KoAga 242 aylanadi, glitserin 3-fosfoglitseringa aylanadi. Ulardan dastlab monoglitserid so‘ng di- va triglitseridlar hosil bo‘ladi. Monoglitserid + R-CO-S-KoA → Diglitserid + HS-KoA Diglitserid + R 1 -CO-S-KoA → Triglitserid + HS-KoA Yog‘liq ovqat iste’mol qilingandan so‘ng 4-5 soatdan so‘ng qonda yog‘lar miqdori maksimal me’yoriga yetadi va 10-12 soatdan so ng yog‘lar miqdori me’yor darajasiga qaytadi. Yog‘larning qondagi transport shakllari Qayta sintezlangan triglitseridlar, fosfolipidlar va xolesterin oqsil bilan birga xilomikron hosil qiladi. Xilomikronlarning zichligi juda past (0,95 dan kam) va diametri katta bo‘lib, ular kapillyarlarga o‘ta olmaydi va shuning uchun limfa orqali tashiladi. Limfa tomirlari yigilib limfa tugunlaridan o‘tadi va retikulyar hujayralar aro o‘tib umumiy limfa tomiri orqali yuqori kovak venaga quyiladi. Qon tarkibidagi yog‘larning transport shakli murakkab oqsillar guruhiga kirib lipoproteinlar deb nomlanadi. Lipoproteinlar ozaro zichligi va tarkibiga binoan farqlanadi: 20-jadval Odam qoni lipoproteidlari tarkibi (%) Lipoproteinlar Oqsillar Triatsilglitserinlar Xolesterin Fosfolipidlar Zichligi g/ml Efirlar Erkin xilomikronlar 2 85 4 2 7 0,95 ZJPL (pre β) 10 50 15 7 18 0,95-1,0 ZPL ( β) 25 7 40 7 21 1,0-1,06 ZYL ( α) 45 5 20 5 25 1,06-1,21 ZYL jigarda hosil bo‘ladi. To‘qimalardagi ortiqcha xolesterinni biriktirib oladi. Undagi LXAT (lesitin-xolesterol-atsil-transferaza) fermenti ta’sirida erkin holesterin xolesteridga aylanadi. ZYL qon plazmasida yashash muddati 4 kunga teng va bu LP almashinuvi nefrotik sindromda, gipertriglitseridemiyada va uglevodlarga boy bo‘lgan ovqat iste’mol qilinganda tezlashadi. ZYL vazifalari: Toqimalardan xolesterinni olib chiqib, ularning to‘planishiga yo‘l qo‘ymaydi. Toqimalarning ZPLni yutib olishiga manfiy ta’sir etadi va shu bilan to‘qimaga kam xolesterin tushadi. 243 Qon tomiridagi triglitseridlar almashinuvida ishtirok etadi. ZYL miqdori ortishi quyidagi holatlarda bo‘ladi: ayollarda yuqori bo‘ladi; estrogenlar ta’sirida oshadi; jismoniy harakatchanlikda; alkogol iste’mol qilinganda. ZYL miqdori kamayishi quyidagi holatlarda bo‘ladi: erkaklarda past bo‘ladi; progesteron ta’sirida; semizlikda; uglevodlar ko‘p miqdorda bo‘lgan taomlar iste’mol qilganda; qandli diabetda; chekish natijasida. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling