Biokimyo pmd
Glikogen almashuvini adrenalin va insulin ta’sirida
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
Glikogen almashuvini adrenalin va insulin ta’sirida
regulyatsiyasining molekulyar mexanizmi Glikogen almashuvining reaksiyasida qatnashadigan asosiy gormonlar adrenalin va insulin bo‘lib, ular glikogenning parchalanish va sintezlanish jarayonlarini asosiy fermentlari (glikogenfosforilaza va glikogensintetaza) faolligiga ta’sir ko‘rsatadilar. Toqimalarning glyukozaga bo‘lgan talabi oshganda glikogenoliz, yani glikogenni glyukozaga parchalanishi tezlashadi. Bunda adrenalinni (buyrak usti bezi mag‘iz qismi gormoni) ajralishi tezlashib, u hujayra membranasidagi adrenalinga xos retseptorlar orqali membranadagi adenilatsiklaza fermentining faolligini oshiradi: harakatdagi adenilatsiklaza ATF dan sAMF hosil bo‘lishini tezlashtiradi. sAMF nofaol proproteinkinazani faol proteinkinazaga aylantiradi: bu kam aktiv glikogenfosforilaza «B» ni aktiv glikogenfosforilazaga «A» ga aylantiradi. Bu vaqtda glikonegfosforilaza «B» proteinkinaza ta’sirida va 4 molekula ATF ishtirokida (4 mol ADF ajratib) fosforlanadi; fosforlangan glikogenfosforilaza «A» faoldir. Glikogenfosforilaza «A» glikoliz uchun glyukoza qoldiqlarini tayyorlovchi ferment bo‘lib,u 2 xil shaklda bo‘ladi: 1. Glikogenfosforilaza «A» faol, fosforlangan 2. Glikogenfosforilaza «B» nofaol, fosforlanmagan. Glikogenfosforilaza «A» glikogenni glyukoza-1-fosfatga (H 3 RO 4 biriktirib) aylanishini tezlashtiradi; u esa fosfoglyukomutaza ta’sirida glyukoza-6-fosfataza ta’sirida glyukoza va H 3 RO 4 ga parchalanadi. Shunday qilib, adrenalinning glikogen parchalanishidagi sxematik molekulyar mexanizmi quyidagicha boradi (65-rasm). Maxsus fosfataza fermenti ta’sirida esa faol fosforilaza «A» (4N 2 O ishtirokida) 4H 3 RO 4 ajratib nofaol glikogenfosforilaza «B» ga aylanadi. Glikogenfosforilaza «B» ning faolligi allosterik modulyator sAMF ta’sirida oshadi, aksincha ATF bu ferment uchun manfiy modulyator bo‘lib glikogenfosforilazaning faolligini pasayishiga sabab bo‘ladi. Shunday qilib glikogenfosforilaza fermentining faolligi AMFning ATFga bo‘lgan nisbati bilan belgilanadi. Muskul to‘qimasi tinch holatida deyarli hamma glikogenfosforilaza fermenti nofaol formada bo‘ladi. Chunki bunda ATFning miqdori AMFning miqdoridan ancha yuqoridadir. Glikogen almashinuvi reaksiyasida glyukagon (oshqozon osti bezi hujayralari), glyukokortikosteroidlar (buyrak usti bezi po‘stloq qavat), jinsiy gormonlar (erkak va ayollar jinsiy bezlarining gormonlari) 224 ham qatnashadilar. Bu gormonlar ham qonda, ham to‘qimada glyukozaning miqdori ko‘payishiga sabab bo‘ladilar. Shuning uchun bu gormonlarni diabetogen gormonlar deydilar. Ular glyukozani glikogendan emas, balki aminikoslotalarning azotsiz qoldiqlari va yog‘ moddalarini parchalanish mahsulotlaridan hosil bo‘lishini faollashtiradilar. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling