Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
59-rasm. Glyukogenez sxemasi.
214 Glikoliz va glyukoneogenezning allosterik boshqarilishi Glikoliz va glyukoneogenezning tezligi: 1. Birlamchi substratning konsentratsiyasiga. 2. Hujayraning energetik zaryadiga (ATF, ADF, AMF lar miqdori). 3. Ba’zi substrat va metabolitlarga bog‘liqdir. Glikoliz va glyukoneogenezning allosterik fermentlari bo‘lib, ular maxsus faollashtiruvchi va ingibitorlar ta’sirida bu ikki jarayonni regulyatsiya qilib turadilar. Glyukozaning parchalanishi va sintezlanishida qatnashadigan hujayra regulyatorlariga quyidagi substrat va metabolitlar kiradi: hujayrada glyukoneogenezning tezligi oksaloatsetatni konsentratsiyasiga bog‘liq. Alanin piruvatkinaza fermentining manfiy allosterik modifikatori bo‘lib, FEP hosil bo‘lishini sekinlashtiradi. Sitrat fosfofruktokinaza fermentini manfiy allosterik modifikatori, glikolizning boshlang‘ich bosqichlarini sekinlashtiradi. Atsetil-KoA piruvatkinazani faolligini susaytiradi va glyukoneogenezni tezlashtiradi. Yuqori molekulali yog‘ kislotalari Glyukoneogenezni tezlashtiradi (chunki fruktoza-difosfotaza fermentining allosterik modifikatoridir) va glikolizni to‘xtatadi (chunki piruvatkinaza hamda fosfofruktokinazalarning faolligini pasaytiradi). Fruktoza-1,6-difosfat glikolizni tezlashtiradi, chunki piruvatkinaza fermentining musbat allosterik modifikatoridir. 60-rasm. Glikoliz va glyukoneogenezning hujayra energetik bilan idora etilishi 215 Adenilnukleotidlar AMF, ADF, ATF allosterik regulyatorlik vazifasini o‘taydi, hujayrada ATF-ning miqdori kamayib, ADF va AMF larning miqdori ko‘payganda glikoliz tezlashadi: glyukoneogenez esa sekinlashadi. Chunki, AMF va ADF ning miqdori ko‘payishi fosfofruktokinaza fermentining faolligini oshiradi; ATFning miqdorining ko‘payishi esa piruvatkinaza fermentlarining faolligini pasaytiradi. Shunday qilib, hujayrada energiyaning kamayishi glyukoneogenezni to‘xtatadi va glikolizni tezlashtiradi; aksincha, hujayrada energiyaning ko‘payishi esa glikolizni to‘xtatib, glyukoneogenezni tezlashtiradi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling