Biokimyo pmd
Uglevodlarning aerob yo‘l bilan oksidlanishi va uning fiziologik
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vodorodning (H 2 ) sitoplazmadan mitohondriyaga o‘tish «mokki» mexanizmi
Uglevodlarning aerob yo‘l bilan oksidlanishi va uning fiziologik
ahamiyati Aerob (kislorod ishtirokida) parchalanishning oxirgi mahsuloti CO 2 , H 2 O va energiya bo‘lib, yig‘indi tenglamasi quyidagichadir: C 6 H 12 O 6 + 6O 2 = CO 2 +38ATF + 6H 2 O Aerob yo‘l glyukozaning asosiy parchalanish yo‘li bo‘lib, u uch bosqichda (stadiyada) boradi: I bosqich – Glikolitik bosqich – glyukozaning pirouzum kislotasiga parchalanishi; II bosqich – Piruvatning oksidlanish yo‘li bilan dekarboksillanishi va atsetil KoA hosil bo‘lishi; III bosqich – Krebsning uch karbon sikli va elektronlar o‘tkazish zanjiri. Birinchi bosqich glyukoza katabolizmining individual parchalanish yo‘li bo‘lib, II va III parchalanish bosqichlari «modda almashuvining 208 umumiy yo‘llari» deb yuritiladi. Modda almashuvinig umumiy yo‘llari avval mukammal o‘tilgan. I bosqich sitozolda, II va III bosqichlar mitoxondriyalarda kechadi. Aerob oksidlanish glyukozaning asosiy parchalanish yo‘li, chunki inson va hayvonlar aerob organizmlardir; hamda energetik nuqtai nazardan bu yo‘l eng samaralidir. Bir molekula glyukoza aerob oksidlanishida 38 molekula ATF hosil bo‘ladi. Buning 8 molekulasi – glikolitik (I) bosqichda; 6 molekula – piruvatning oksidlanish yo‘li bilan dekarboksillanish (II) bosqichda; 24 molekulasi esa – Krebs sikli (III) bosqichda yuzaga keladi (57-rasm). Vodorodning (H 2 ) sitoplazmadan mitohondriyaga o‘tish «mokki» mexanizmi Glyukozaning aerob oksidlanishida degidrogenaza fermentlari ta’sirida ajralib chiqqan vodorodni (NAD·H 2 ni) to‘qima nafas olish zanjirida oksidlanishi uchun u avvalo sitoplazmadan mitoxondriyaga o‘tish lozim. Bu 2 xil «mokki» mexanizmlar yordamida amalga oshiriladi: 1) Glitserofosfat «mokki» mexanizmi. 2) Malat «mokki» mexanizmi. Glitserofosfat «mokki» mexanizmida sitoplazmatik NAD·H 2 ning vodorodi sitoplazmadagi dioksiatsetonofosfat bilan birikib, glitserofosfat hosil qiladi: u esa mitoxondriya membranasidan oson o‘tadigan xususiyatga ega. Bu reaksiya NAD.H 2 sitoplazmatik glitserofosfatdegidrogenaza ta’sirida kechadi. Glitserofosfat (mitoxondriyaning ichida) mitoxondrial FAD tutuvchi degidrogenaza (DG) fermenti ta’sirida oksidlanadi va qaytadan dioksiatsetonfosfat hamda FAD.H 2 hosil bo‘ladi. Dioksiatsetonfosfat oson mitoxondriyadan sitoplazmaga o‘tadi, FAD.H 2 esa mitoxondriyada to‘qima nafas olish zanjiri da oksidlanadi. Malat «mokki» mexanizmida esa elektronlarni sitoplazmadan mitoxondriyaga o‘tish uchun NAD·H 2 sitoplazmadagi SHUK (oksaloatsetat) bilan birikib oksidlanadi. Malat mitoxondriya membranasidan osongina o‘tib, mitoxondriyaning ichida MDG (malatdegidrogenaza) fermenti ta’sirida oksidlanadi va qaytadan SHUK hamda NAD·H 2 ga parchalanadi; SHUK sitoplazmaga o‘tadi, NAD·H 2 esa mitoxondriyadan to‘qima nafas olish zanjirida oksidlanadi. 209 57-rasm. Glyukozaning aerob va anaerob oksidlanish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling