Biokimyo pmd
-rasm. Fruktoza almashinuvi sxemasi 220 64-rasm
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Glikogenning fiziologik ahamiyati va metabolizmi
63-rasm. Fruktoza almashinuvi sxemasi
220 64-rasm. Galaktoza metabolizmi Galaktoza-1-fosfat uridiltransferaza fermenti ona suti bilan oziqlanadigan bolalarning jigarida bo‘ladi. Katta yoshli insonlar jigarida UDF- galaktozapirofosforilaza fermenti bo‘lib, u UTF ishtirokida UDF- galaktoza hosil bo‘lishini katalizlaydi. Ba’zan organizmda galaktoza almashinuvini tartibga solib turuvchi fermentlar sintezlanishini ta’minlaydigan genlarni mutatsiyaga uchrashi roy berib, bu fermentlar sintezini toxtashiga sabab bo‘ladi. Natijada galaktoza almashinuvi ham buziladi. Bunda deyarli hamma vaqt Galaktozani fosforlanib (galaktolinaza fermenti ta’sirida va ATF sarflanishi bilan) Galaktoza- 1-fosfatga aylanishi katalizlovchi ferment galaktoza-1- fosfaturidiltransferazani sintezlanishi buzilishi natijasida galaktozani miqdori qonda ortishi galaktozemiya deyiladi. 221 Galaktozemiya bola organizmini rivojlanishini buzilishga, sariq kasalligi, jigar sirrozi, aqliy zaiflikka olib keladi. Bu kasallik yosh bolalarda (1-2 yoshgacha) uchrab, bunda galaktozemiyaning ogir oqibatlarini bartaraf etish uchun bolani kundalik ovqati tarkibiga sut qoshmaslik lozim. Galaktozemiyani aniqlash uchun eritrotsit tarkibida spetsifik fermentni faolligini aniqlash lozim. Glikogenning fiziologik ahamiyati va metabolizmi Glikogen (hayvon kraxmali) glyukoza qoldiqlaridan tashkil topgan polimer bo‘lib, bunda glyukozalar ozaro 1-4 va 1-6 glikozid bog‘lar yordamida bog‘lanadilar va natijada shoxlangan glikogen molekulasi hosil bo‘ladi. Qonda glyukozaning miqdori iste’mol qilingan uglevodlar hisobiga ortganda, glyukozadan glikogen sintezi tezlashadi. Muskul to‘qimasining glikogeni esa jigar glikogeniga nisbatan kechroq parchalanadi. Glikogen deyarli hamma to‘qimalarda (hatto yog‘ to‘qimasida) uchrab, uning parchalanishi va sintezlanishi toxtovsiz davom etadi. Shu glikogenning miqdori jigarda ma’lum turg‘unlikka ega. Och qoldirilgan hayvonlar jigarida 24 soat ichida hamma jigar glikogeni parchalanib ketadi, chunki u asosiy energetik manbadir. Hayvonlar organizmidagi deyarli hamma to‘qimalar glikogen sintezlay oladi, ammo glikogen biosintezi asosan jigar va skelet muskullarida boradi. Bunda glyukoza fosfoglyurokinaza fermenti ta’sirida, ATF ishtirokida (fosforlanish reaksiyasi borib) glyukoza- 6-fosfatga aylanadi: u fosfoglyukomutaza ta’sirida glyukoza-1- fosfatga, so‘ng glyukoza-1-fosfat-uridiltransferaza ta’sirida va UTF ishtirokida (pirofosfat ajratib), UDF glyukozaga: bu esa glikogen sintetaza fermenti ta’sirida va hali sintezlanib bo‘lmagan glikogen ishtirokida (UDF ajratib) glikogenga aylanadi: Toqimalar faoliyati uchun energiya talab etilganda glikogen glyukozaga parchalanadi. Bunda avvalo glikogen glikogenfosforilaza fermenti ta’sirida (H 3 RO 4 ) biriktirib, glyukoza- 1-fosfatga: so‘ng u fosfoglyukomutaza ta’sirida glyukoza-6-fosfatga, keyin glyukoza-6-fosfataza ta’sirida (H 2 O biriktirib, H 3 RO 4 ajratib) glyukozaga aylanadi. 222 65-rasm. Glikogen metabolismi va balansi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling